Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/49
Sana13.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#999700
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
Bog'liq
8-sinf 1-qism

■ ■ U \ ( ) I I, h'l.NMM. J A A i O I . S M , ВО к ! «!B!)I!K...» i.'\7.M.\
Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur, Jahon husnin borin sizga beribdur.
Pari-yu odami mundoq xo'b ermas, Farishta go'yiyo ko'ktin enibdur.
Quyosh Oydek yuzungning xijlatidin, Qochib, to'rtinchi ko'k uzra chiqibdur.
Yuzung nogah ko'rib Oydek sog'indim, Magar' hush-u xirad
2
mendin ketibdur?
Xirad ketmay netar mendek gadodin, Qoshimg'a ul shahi xo'bon kelibdur?
Qilur da'voyi nur ul sham'i majlis, Magar parvona shomimdin olibdur.
Necha bu Lutfi(y) qulg'a javr etarsen, Vafo qilkim, jafo haddin oshibdur!
«M'! BO'I.LRSAV. R ■ ■ ■ ! : ■ ■ ■ ■ ■ ■ ■ . V/'\i.
Ey odami(y)lar joni, parig'a ne bo'lursan? Bu jism ila gulbargi tariyg'a ne bo'lursan?
Sendin manga nazzora tegar ul daxi gah-goh, Sen charxi falakning qamarig'a
1
ne bo'lursan?
Raftor ila bir yo'li muningdek dog'i o'xshash, Ey sarvi sihi, kabki dariyg'a ne bo'lursan?
Yusuf kebi shirindurur asm harakoting, Sen Misr nabot-ushakarig'a ne bo'lursan?
Sendek saname
N
ko'rman Lutfi(y) chig'atoyda, Chin so'yla, Xito xo'blarig'a ne bo'lursan?
■^.;ил;'лы» нлпп-'Li <.;■ s/.м
Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg'ali, Ko'zgudek qildi seni o'zini paydo qilg'ali.


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
Qosh-u ko'zungdin qaro ko'rguzdi bildirmay o'zin, Fitnae ul boshladi olamni yag'mo qilg'ali.
«Kof»u «nun» naqshi yo'q erdi andakim ushshoq uchun, Ishq ila husning birikti sho'r-u g'avg'o 
qilg'ali.
Gavhari yak
1
dona qildi zoti bahrinda seni, Ahli dillar ko'zini hasratta daryo qilg'ali.
Og'zing-u yuzung sabab bo'ldi azal naqqoshina, Olami g'aybiy shahodatni huvaydo qilg'ali.
Siz o'tarsiz Oydek ko'z tungluki yonida rah, -O'lturur har go'shadin sizni tamosho qilg'ali.
Gar qaro qayg'u nasibim bo'lmasa yuz soridin, Men kim erdim jon bila zulfungni savdo qilg'ali.
Sensiz emgakdin manga bo'ldi o'lum jon rohati, Qaydadur, yo Rab, ajal, borsam taqozo qilg'ali.
Chun saloting'a alik bermas ko'zung nazzorasi, Lutfi(y) qui kimdur visolingni tamanno
2
qilg'ali.
«NOZUKLIK ICHRA BELICHA YO'Q TOR! GJSUYI...» G'AZALl
Nozuklik ichra belicha yo'q tori gisuyi
1
, O'z haddini bilib, belidin o'lturur quyi.
Zulfi shikastasinda u kun ongladi o'zi, Oylarda sinmadi bu ko'ngulning bir orzuyi.
Mundoqki yaxshi yerga tushubtur topib qabuJ, Shak yo'qki, muqbil ul dudog'ing xoli hinduyi.
Qush og'zi tegsa la'l o'la minqori to'tidek, Yoqutung uchun onda ko'roqsa ko'zum suyi.
Ko'rguzmading tushumda biror zulfi orazin, Ey baxt, dedikim senga kim, tun-u kun uyi.
Javr etsa, mehr umidi tutarmen hanuzkim, Bir tavr qolmas odamining xislat-u xo'yi.
Lutfiy boshin evurdi sochi inichka bcl ila, Ul hindu rishta birla magar qildi jocluyi?
«SLRATINGDAXOMAYI SUN' ERDI TAIIRIR I SPINA...»
G'AZALl
Suratingda xomayi sun'
2
erdi tahrir ustina, Chunki etti ko'zunga, sehr etti tasvir ustina.
Garchi bosh birla tikildi vasfi zulfungda qalam, Ul qaro tillik ko'rar o'zini taqsir
3
ustina.
Husnungiz oni ne teb kirsun iboratqaki, aql Dam-badam bexud bo'lur sharhinda taqrir
4
ustina.
Ish agar afsunga yetsa ko'zlaring ashkol ila, Yuz xatoni yuklagay joduyi 
Kashmir ustina.
Qosh-u ko'z-u kirpugungning fitnasidin yo'q kalom

Ul balodin, netayin, kelmasa bir-
bir ustina.
Chiqmadi zulfung savodindin ko'ngul yo'l bor uchun, Muncha umr etib uzun tunlarda 
shabgir
2
ustina. Lutfi(y)ni o'lturma sensiz o'lmagan jurmi uchun, -Kim yurumas bandaning 
farmoni taqdir ustina.
TUYUQLAR
Ko'ngluma har yonki boqsam, dog'i bor, Har necha dardimni desam, dog'i bor. 
Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo'ldi firoqing, dog'i bor.
Tuyuqni tushunib, undan zavq olish uchun, avvalo, mis-ralar zamiridagi ma'nolarni obdon anglab 
olish lozim. Chunki qofiyalarda kelgan bir shakldagi so'zlar yoxud so'zlar turkumi anglatgan raa'nolar 
bir-biridan farq qilgani sababli tajnis yuzaga kelgan. Agar o'quvchi aynan bir xil shakldagi so'zlar yoxud 
so'zlar turkumidagi ma'nolarni ajratib ola bilmasa, asar o'z vazifasini o'tamagan, muallifning maqsadi 
amalga oshmay qol-gan bo'lib chiqadi.
Shu jihatdan ushbu tuyuqning qofiyalarida quyidagi ma'nolar
yashirin:
- dog'i bor dog'i bor; 
- dog'i bor otashi bor; 
- dog'i bor у ana (tag'in) bor. 
Natijada tuyuqdan mana bunday talqin kelib chiqadi: Ko'nglimga har tarafdan boqsam, dog'i bor,

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling