Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- LUTFIY (1366-1465)
Savol va topshiriqlar
1. Didaktik adabiyot nima, u qanday o'ziga xosliklarga ega? 2. Didaktiklik xususiyatiga ko'ra, Sharq va G'arb adabiyotlari o'rtasidagi o'xshashlik va farqli tomonlar nimalarda ko'rinadi? 3. Sharq, jumladan, o'zbek mumtoz adabiyotida didaktik asarlarning qanday turlari bor? 4. O'zbek didaktik adabiyotida qaysi asarlar mashhur? 5. Didaktik asarlarning qanday afzalliklari mavjud? 6. «Qutadg'u bilig» didaktikasining bugun uchun ahamiyatini aytib bering. 7. «Qutadg'u bilig»dagi bekka qo'yilgan talablarda qanday shartlilik mavjud? 8. Zamonaviy o'zbek adabiyotidagi qaysi didaktik asarlarni bilasiz? LUTFIY (1366-1465) Lutfiy - o'zbek adabiyotining XV asr ikkinchi yarmigacha bo'lgan davrlardagi eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham za-monasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya'ni «so'z podshosi» deb e'zozlagan. Manbalarda taxallusi ol-didan «ulug' ustod» ma'nosidagi «Mavlono» sifatining qo'shib tilga olinishi ham - shun-dan. Obro'yi va shuhrati juda yuksak daraja-ga yetgan edi. Alisher Navoiy uni o'zining ustozlaridan biri deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasidagi bu ulug' shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so'zlar ham isbot-laydi: «Mavlono Lutfiy o'z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo'q erdi... va turkcha devoni ham mashhurdur». Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuv-vat» degan tasavvuf vakillari - shayx-avliyolar to'g'risidagi taz-kirasida esa Lutfiyning uzoq umr ko'rgani va qabri haqida ham qimmatli ma'lumot beriladi: «...To'qson to'qqiz yoshida olamdin o'tdi. Qabri Dehikanordadur, oz maskani erdi». Bundan shoir Hirotda tug'ilib-o'sgani, o'zi yashagan De-hikanor degan qishloqda dam etilganini bilib olamiz. Bi-roq Mirzo Ulug'bek davrida Samarqandda yashab, ijod etgan o'zbek adabiyotshunosi Ahmad Taroziyning keyingi yillarda Amerika Qo'shma Shtatlaridan topilgan adabiyot nazariyasiga bag'ishlangan «Funun ul-balog'a» asarida bu shoir «Lutfiyi Sho-shiy» deya tilga olinganiga asoslanib, olimlar uning Toshkentda tavallud topgan bo'lishi mumkinligini ham aytishyapti. Chunki Shosh hozirgi Toshkentning qadimiy nomi bo'lganini yaxshi bi-lasiz. Lutfiy milodiy 1366-yili tug'ilib, 1465-yili vafot etgan. Bu ustoz shoir dunyodan o'tganda Alisher Navoiy 24 yoshda edi. XV asrning birinchi yarmida o'zbek tilida yaratilgan «Gul va Navro'z» dostoni sho'rolar davrida uzoq yillar Lutfiyning asari sifatida xato taxmin etib www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan kelingan edi. Ammo keyingi tad-qiqotlar bu doston o'sha davrda yashab, ijod etgan shoir Hay- dar Xorazmiy qalamiga mansub ekanini ko'rsatdi. Lutfiy - lirik shoir. Alisher Navoiy uni o'zigacha bo'lgan o'zbek she'riyatining eng kuchli, eng taniqli shoiri sifatida ba-holaydi. U Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqimiy, Ya-qiniy, Amiriy, Gadoiy kabi o'zbek shoirlarini sanay turib, o'zbek she'riyatida «mashhur forsiy shoirlar muqobalasida (qar-shisida) kishi paydo bo'lmagan»ini aytadi. Ammo ular orasida Lutfiyni alohida ajratib ko'rsatadi: «... Bir Mavlono Lutfiydin o'zgakim, bir necha matla'lari borkim, tab' ahli (nozik didli adabiyotchilar) qoshida o'qusa, bo'lur». Bundan anglashiladiki, Lutfiy Navoiygacha bo'lgan davrning eng oldi o'zbek shoiri edi. U fors-tojik tilida ham go'zal she'rlar bitgan zullisonayn (ikki tilli) ijodkor edi. Bizgacha Lutfiy turkiy (o'zbekcha) devonining XVI - XX asrlar mobaynida ko'chirilgan jami 33 nusxasi yetib kelgan. Bu qo'lyozmalar dunyoning turli shaharlaridagi e'tiborli kutubxona va qo'lyozmalar xazinalarida saqlanadi. Olimlarning hisob-kitobiga ko'ra, shoir merosining umumiy miqdori 2 ming 774 baytdan ortiq. Buning 2086 baytini, ya'ni 60 foizga yaqinini g'azal janri namunalari tashkil etadi. Shoir, g'azaldan tashqari, qit'a, ruboiy, tuyuq va fard janrlarida ham ijod qilgan. Lutfiy lirikasi faqat o'zbek she'riyati vakillarigina emas, boshqa turkiy xalqlar, jumladan, turkman, ozarboyjon, usmonli turk shoirlari ijodiga ham sezilarli ta'sir qilgan. Xalqaro Bobur jamg'armasi tashabbusi bilan 2006-yili Hi-rot yaqinida joylashgan Dehikanor qishlog'idagi Lutfiy qabri aniqlashtirilib, u yerda o'zbek milliy uslubida ayvonli yangi maqbara bunyod etildi. Shoirning, xususan, g'azal va tuyuqlari XV asr o'zbek liri-kasining go'zal namunalari hisoblanadi. Hozirgi paytda ham shoirning ko'plab g'azallari qo'shiq qilib kuylanadi. Ular xal- qimizning sevimli ashulalari safidan joy olgan. Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey Moh, Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma. Haqqoki, qilich kelsa boshimg'a, eshikingdin Yo'qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma. Usruk ko'zing ashkolina har gah nazar etsam, Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma. Yoqub bikin ko'p yig'idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. Oy yuzung'a ko'z solg'ali o'zga kishi birla, Yo'qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma. Ishq o'tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi, Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma. Bu g'azal tamoman turkona ruhda bitilgan. Tilimizda kelib chiqishi jihatidan sof o'zbekcha bo'lgan so'zlardan tashqari, fors-tojikcha hamda arabcha kalimalar ham ko'p uchraydi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling