Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0,99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
domi»)nmg «qaydi» bilan yana Ът(«1а 'li kalotni»)nmg «adosi», beshinchi baytda «moviy ko'nglak»
bilan «gul rangi qabo» (gulrang to'n), oltinchi baytda «javr» bilan «jafo», yettinchi baytda yana yorning «qoshi yosi» bilan «ko'zi qarosi» o'zaro baqamti qo'llanadi. Bir qarashda, g'azal boshqa ishqiy mavzudagi lirik she'rlardan keskin farq qilmagandek, oshiq ma'shuqaning, odatdagidek, chiroyini turli uzvlari, ya'ni qoshi, ko'zi, sochi, yuzi, labidan chiqqan so'zlar va kiyimi, ya'ni moviy ko'ylagi, gulrang to'ni ta'rifi orqali tasvirlab, ishqiy iztiroblarini bayon etayotgandek tuyuladi. Biroq, aslida, buyuk shoir qalamining qudrati bilan ana shu so'z va qiyoslar zamirida ajib bir badiiy go'zallik ya-shiringan. Bu o'quvchida ayricha zavq-shavq uyg'otadi. Savol va topshiriqlar 1. G'azal hajmi va mavzusi haqida ma'lumot bering. 2. Muhabbat darajasini bildirish uchun nega shoir aynan yor go'zalligi bel-gilarini ta'riflashni bosh masala qilib qo'ygan? 3. Asar vazni, qofiyasi va radifmi tahlil qilib bering. 4. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 5. G'azalda so'roqlarning ahamiyati, badiiylik darajasini ko'tarishdagi hissasini tushuntirib bering. 6. Maqta'dan tashqari baytlardagi birinchi misralarda mavjud ichki ohangdosh-likni misollar asosida tushuntiring. 7. G'azaldagi qiyoslarning badiiy vazifasini tushuntiring. 8. G'azalni yodlang. «Kecha kelgumdur», - debon ul sarvi gulro' kelmadi, Ko'zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo'lida intizor, Keldi jon og'zimg'a-vu, ul sho'xi badxo' kelmadi. Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot, Ro'zgorimdek ham o'lg'anda qorong'u kelmadi. Ul parivash hajridinkim, yig'ladim devonavor, Kimsa bormukim, anga ko'rganda kulgu kelmadi. «Ko'zlaringdin necha su(v) kelgay?!» - deb oiturmang meni, Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi. Tolibi sodiq topilmas, yo'qsa kim qo'ydi qadam Yo'lg'akim, avvalqadam ma'shuqe o'tru kelmadi. Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin, ' Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg'u kelmadi. «Badoye' ul-vasat»ning 608-g 'azali. G'azal ishqiy mavzuda, o'zbek tilidagi she'riyatda eng ko'p ishlatilgan ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya'ni «foilotun - foilotun - foilotun - foilun (yoki foilon)» vaznida yozilgan. Taqte'si: -V --------- / - V ---------- /-V ------------ / - V - (yoki - V ~). G'azaldagi ko'pchilik misralar ramali musammani mahzuf, ya'ni «foilotun - foilotun - foilotun - foilun» vazniga tushsa-da, ikkinchi baytning «intizor» so'zi bilan tugagan hamda to'rtinchi baytning «devonavor» so'zi bilan tugagan birinchi mis-ralari ramali musammani maqsur, ya'ni «foilotun - foilotun ~ foilotun - foilon» vaznida bitilgan. G'azal - an'anaviy yetti baytdbn iborat. Radifida o'zbekcha so'z («kelmadi») ishlatilgan va qofiyasi-dagi sakkiz (gulro' - uyqu - badxo'- qorong'u - kulgu - su(v) -о 'tru - qayg'u) so'zdan oltitasi - o'zbekcha, ikkitasi («gulro'» va «badxo'») - tojikcha. G'azalda badiiy jihatdan shunday qat'iy bir qoidaga amal qilinganki, har bir baytda kamida www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan bir tazod (zidlantirish, qara-ma-qarshi ma'nolardagi so'zlarni qo'llash) san'ati namunasiga duch kelamiz. Bu badiiy san'at g'azalda asosiy ifoda va tasvir vositasiga aylangan. Matla'da lirik qahramon, kecha (buni «kechasi» deb ham, «kecha», ya'ni bir kun oldin deb ham tushunish mumkin) «sar-vi gulro'» (gul yuzli sarv, ya'ni tik qomatli yor) kelaman deb, Download 0,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling