Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/49
Sana13.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#999700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
8-sinf 1-qism

Kuntug'mish, nihoyat, eng baland cho'qqiga chiqib, pastga qarasa, bir katta karvonga ko'zi 
tushadi. Sevinib quyiga tusha-di va bir kosa suv, bir поп so'rab karvonchilar yoniga bo-radi. 
Karvonboshi Azbarxo'ja degan xasis, xudbin, razil kimsa edi. U Kuntug'mishga bir kosa suv va 
bir поп evaziga buloqni egallab yotgan ajdahoni o'ldirish shartini qo'yadi. Kuntug'mish bu 
shartni ado etadi. Azbarxo'ja Qur'oni karimni o'rtaga qo'yib, Kuntug'mish bilan do'st tutinadi. 
Xolbeka va bolalarini ham topib kelishadi. Xolbekaning husni jamolini ko'rib, Azbarxo'janing 
fe'li ayniydi. Kuntug'mishni ziyofatda mast qilib, kigizga o'rab, ikki o'g'lini (go'dagini) ham shu 
sahroda qoldirib, Xolbekani bandi qilganicha Zangar yurtiga olib keta-di. Karvonda Qosim 
ismli yosh bir insofli, diyonatli yigit bor edi. U, agar Kuntug'mish zora o'ziga kelsa, bizning 
izimizdan yo'lga tushsa deb, bir kunlik-yarim kunlik yo'lga bir ko'za suv, ozroq ovqat qoldirib 
ketaveradi. Darhaqiqat, Kuntug'mish o'ziga kelib, ikki go'dagini olib, karvon izidan tushadi. 
Yo'lda bir daryoga duch keladi. Azbarxo'ja daryodan kechadigan qa-yiqlarni ham suvga 
cho'ktirib ketgan edi.
Shahzoda u yoq-bu yoqqa yugurib ko'rdi, kema-qayiq topol-madi. Oxir ilojini topmay, ikki 


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
bolasini yo'rgaklab, o'zin suvga chog'lab, daryodan yuzib o'tmoqchi bo'ldi. Bittasini og'ziga 
tishlab, u bittasini shu daryoning labiga qo'yib, daryoga kirib biror o'ttiz quloch urib edi. Endi 
baxti qaytgan to'rani ko'ring, «Davlat ham egiz, mehnat ham egiz», shu bachchani
1
qo'ygan 
yerning oldida bir tup g'isha bor edi, shuning ostida bir qizil iyak qari bo'ri pisib yotib edi. 
Shahzodaning daryoga tushganini ko'rib, to'ra uzagandan keyin, bachchaning belidan tishlab olib 
keta berdi. Bola qo'rqib: «Ota!» - dedi. Shahzoda qarasa, bo'ri tishlab olib borayotibdi. «Voh!» - 
deyman deb edi, og'zidagisi ham suvga tushib ketdi, bir baliq yutib o'ta chiqdi. Shahzoda aytdi: 
«Bu-ku o'ldi, ana usiga yetar ekanmanmi?» - deb suv-dan chiqib quvdi. Ikki oyoqliga to'rt oyoqli 
nega yetqizsin, u ham qutulib ketdi...
Shahzoda farzand dog'iga toqat keltirolmay, nolishiga osmon-yer tebranib, yig'lab turib edi. 
Shu vaqtda to'raning nolasini eshitib, bir cho'pon kelib qoldi. Qarasa, bir odam, sher haybat-li, 
yoibars sifatli bir kishi, falakdan shikoyat qilib yig'laganiga tog'-u toshlar suv bo'lib turibdi. 
Cho'pon bechora qo'yni qo'yib, to'raning oldiga kelib: «Nega muncha yig'laysan?» -deb bir so'z 
dedi:
E, yor, alam ko'rgan, qaydin kelasan, ayg'il, Ko'p ranj-u sitam ko'rgan, qaydin 
kelasan, ayg'il.
Kim erding guli so'lgan, shum paymonasi to'lgan Yoki bolasi o'lgan, qaydin 
kelasan, ayg'il.
Diyoridan ayrilgan, qanotidan qayrilgan, Yo yoridan ayrilgan, qaydin kelasan, 
ayg'il.
Sen muncha bo'lib shaydo, muncha qilib vovaylo, Yusufmisan Zulayxo, qaydin 
kelasan, ayg'il.
Sen muncha bo'lib purxun, ko'z yoshing oqar Jayhun, Yo Laylimisan Majnun, qaydin 
kelasan, ayg'il.
Yig'laysan bozi-bozi, ko'kka chiqar ovozi, Yo Zebomisan Yozi, qaydin kelasan, 
ayg'il.
Yoinki qalandarsan, yo mardi dilovarsan, Qilgin buni bovarsan, qaydin kelasan, 
ayg'il.
Ayg'il menga
1
otingni, bergil bayon zotingni, Qo'y endi uyotingni, qaydin 
kelasan, ayg'il.
Anda shahzoda dilovar cho'pondan xabari yo'q, o'z hollariga yig'lab turgan edi, ko'zlarini 
ochib qarasa, bir qo'y quvuvchi kelib, «Qaydan kelasan?» - deb so'z so'rab turibdi. Anda shah-
zodaning tutun-olovlari jo'sh qilib, ko'ngillari qaynab, bir dard-mand topolmay, ichi g'amga to'lib 
turgan emasmi, cho'ponni mungdosh bilib: «E bechora, beri kel», - deb cho'ponga qarab, 
boshidan o'tgan mashaqqatlarini aytib, bir-bir bayon qilib, bir so'z dedi:
No'g'ay yurti - o'sgan joyim, Ko'kka chiqar qilgan ohim, 
Qoraxon der qiblagohim, Otam elga sulton boidi.
No'g'ay dadir mamlakatim, Qayrilib sindi qanotim, 
Kuntug'mish der mening otim, To'ra nomi nishon bo'ldi.
Quloq solgin nolishima, Yo'q savdo tushdi boshima, Men 
kirdim o'n to'rt yoshima, Bir kuygur tushdi tushima, Xotirim 
parishon bo'ldi.
Qo'lyozmada meg'an.
Shul bo'ldi Haqning taqdiri, Ayrilmay manglayning sho'ri, 
Bittasin op ketdi bo'ri, Uni ko'rmak gumon bo'ldi.
Qarorim yo'q, turay desam, Madorim yo'q, yuray desam, Uyim 
yo'qdir, boray desam, Vatanim yo'q, kiray desam, Yorim 
yo'qdir, ko'ray desam, Qo'zim yo'q, o'rgilay desam, Ajal 
yetmas, о'lay desam, Cho'pon, boshim sarson bo'ldi.
Cho'pon: «E bechora», - deb o'tib ketdi. Anda shahzoda Xolbekani ham unutib, borayotgan 
yo'lini ham qo'yib, boshqa bir yomon yo'lga tushib, ko'ngli jo'sh urib: «Bor dunyongdan 
kechdim», - dedi.


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
Shahzodani keta bermoqda qo'ying, endi so'zni kimdan eshi-ting? To'raning qo'lidagi bolasini 
yutgan baliq mug'dor o'n gaz yer ham borgan yo'q edi. Olim sayyod degan qatag'anlik katta 
sayyod bir katta to'rni yozib o'tirib edi. Shu baliq boruvi bilan to'riga tushdi. Ko'tarib olsalar, bir 
katta baliq tushibdi. Ichini yordi, «Ota», - deb ichidan bir bola chiqa keldi. Olim sayyod hayron 
qolib: «Ajab qudratlaring bor», - deb bolani uyiga olib borib, farzandi yo'q edi, tarbiya qilib boqa 
berdi.
Endi bo'ri olib qochgan boladan so'zni eshiting.
Bo'ri to'raning bolasini olib qochdi, bir, ikki qirdan oshdi. O'nta cho'pon itiga osh pishirib 
yotib edi, bo'rining guzari usti-dan tushdi. Cho'ponlarning ko'zi tushdi, itni qo'shdi, bo'ri shosh-
di, bachchani tashlab qochdi. Cho'ponlar bolani tushirib olib, hayron qolib, birovi aytadi: «Qirga 
chiqqan xotinning bolasi.
Birovi aytadi: - Mo'ltonining bolasi.
Birovi aytadi: - Qozoqning bolasi.
Birovi aytadi: - Bir uyquchi befarq xotinning bolasi».
Shu yerda o'n bir cho'ponning qo'shi doyim bir edi. Kunda kechkisin ban yig'ilib kelar edi. 
Erta turib, qo'ylarni har tarafga haydab ketar edi. Kechkisin boyagi to'raga uchrashgan cho'pon
qo'yini hay dab kelsa, jo'ralari: «E birodar, bizlar bukun bo'ndan bir bola tushirib olib qoldik», - 
deb o'rtaga olib o'tiribdi. Cho'pon ko'nglida aytdi: «Haligi sho'rlining bolasi».
Oradan bir-ikki kun o'tmay ovoza bo'lib qoldi: «Olim say-yod qatag'an baliqning ichidan 
bitta tirik bolani topgan emish». Buni ham haligi cho'pon eshitdi. «Haligi sho'rlining bolasi», -
deb yurdi. Cho'ponlar bo'rini gurk der ekan, o'z oti o'zi bilan, bolaning otini Gurkiboy qo'ydilar. 
Baliqni sayyodlar mohi der ekan, unisining otini Mohiboy qo'ydilar. Bolalarni tarbiyatda qo'yib, 
endi so'zni Xolbeka oyimdan eshiting.
# * *
Shunday qilib, Gurkiboy va Mohiboy Zangar shahriga kirib boradilar. Ko'chada Xolmo'min 
yasovulboshiga duch keladi-lar. Xolmo'min ularni o'z uyiga xizmatkor qilib olib ketadi. 
Kuntug'mish ham shu shaharda, o'z niyatiga yetolmay, bir tadbir-chora topolmay, eski kuloh-
jandalarni kiyib yurgan edi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling