Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov


«Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatni ertangi kunini


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/49
Sana13.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#999700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
8-sinf 1-qism

«Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatni ertangi kunini 
o'ylab, odamlarni ezgulik, insof-diyonat, mehr-oqibat va bag'rikenglikka da'vat etishga 
qara-tilgan haroratli so'zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ya'ni, 
yozuvchi: «Ey odamzod, ko'zingni och, sen nima uchun yashayapsan, inson degan yuksak 
nomga munosib bo'lish uchun nima qilyapsan?» degan savollarni kitobxon oldida, 
jamiyat oldida qat'iy qilib qo'ya olsagina, o'ylaymanki, o'zining insoniy va ijodiy
burchini bajargan bo'ladi» (Islom Karimov. Adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga e'tibor.
Т.: «O'zbekiston», 2009, 12-bet).
Albatta, adabiyot hayotdan quruq nusxa ko'chirish, «hayot-dagiga o'xshatib yozish» degani 
emas. Agar shunday bo'lganida so'z san'atining qadri ham, qiymati ham bo'lmas edi. Hayot 
haqiqati (hayotda yuz bergan voqea-hodisalar) badiiy ha-qiqat (chinakam badiiy asar)ga 
aylanishi uchun ijodkor tug'ma iste'dodga ega bo'lishi lozimligini Siz yaxshi bilasiz. Bunga 
qo'shimcha, o'sha ijodkor hayot sirlarini tez ilg'ashi, yuza-ki qaraganda bir-biriga aloqasi 
yo'qdek ko'rinadigan voqealar o'rtasidagi bog'liqlikni anglay bilishi, eng muhimi, inson de-gan 
murakkab mavjudot ko'nglini faqat o'zigagina xos nigoh bilan kashf eta olishi lozim. Buning 
uchun esa, ijodkor tinimsiz o'qib-o'rganishi, odamlar xarakteriga xos bo'lgan eng muhim ji-
hatlarni erinmay kuzatishi, ko'rib-bilganlarini umumlashtira olishi darkor.
Bu jarayonda yozuvchi-shoirning ijodiy fantaziya kuchi-dan mohirona foydalanishi muhim 
ahamiyatga ega. 6-sinfda o'qiganimiz G'afur G'ulomning mashhur «Shum bola» qissasi 
yodingizdami? O'ta injiq, ziqna, ezma Sariboyni mot qoldirgan aslida Shum bolaning emas, 
uning «ma'naviy otasi» - yozuv-chining ijodiy kuchi emasmidi? «Dandon sopli pichoq»dan 
boshlangan gapni chuvalab kelib, boyning turmushga chiqmagan qizi - Adol opaning «o'g'il 
tug'ib bergani»ga ulash uchun faqat G'afur G'ulomgagina xos ijodiy fantaziya kerak edi!
Bu yilgi adabiy saboqlar davomida bunday badiiy mo'jizalarga yana ko'p marotaba duch 
kelishingiz aniq.
Har bir zamonning o'z qahramonlari, har bir avlodning o'xshashga intiladigan badiiy 
obrazlari bo'ladi. Agar o'tgan asr-lar kishilari Tohir va Zuhra, Romeo va Julyetta, Farluul vu 
Shi-rin munosabatlaridan qattiq ta'sirlangan bo'lsalar, XX asr bosh-laridagi o'zbek kitobxoni 


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
«O'tkan kunlar» romiinini o'qib behad ruhlangan. Yigitlarga Otabekning imirdligi, to'g'riso'/ligi, 
mil-latsevarligi, qizlarga esa Kumushbibiniiig illnli., go'zal odobi namunali jihatlar hisoblangan. 
Shu jihatdan qaraganda, bugungi kirn yigit-qizlari ham o’z qahramonlarini kashf qilgan 
bo’ladi. 
etishlari, ularga o'xshab yashashga intilishlari, ulardan o'raak olishlari qanchalar 
muhimligini his qilamiz.
Hayotni turli muammolarsiz tasavvur etib bo'lmaydi, albatta. Muammolarning esa katta-
kichigi, muhim va nomuhimi bor. Har qanday muammoni badiiy asar mavzusiga aylantirish 
mum-kindek tuyulsa-da, bu ishning e'tibor berilishi lozim bo'lgan muhim jihatlari ham bor.
Gap nima haqda ketmoqda? Yuqorida eslatganimizdek, hayotda yuz bergan yoki yuz 
berayotgan voqealar ko'pchilik qa-tori yozuvchi-shoirlarni ham o'ziga jalb qilmasligi, tezroq ular 
to'g'risida yozishga undamasligi mumkin emas. (Ijodkor hayotiy hodisalarga nisbatan faol 
munosabatda bo'lishi, xalqona pozitsi-yani egallashi lozimligi to'g'risida o'zimiz ham gapirdik.) 
Bu-larning barchasini inkor qilmagan holda esda tutishimiz kerak bo'lgan jiddiy bir masala bor. 
U ham bo'lsa, o'sha - «ham-mani qiziqtirib qo'ygan» voqea-hodisa, zamon masalasi qanchalar 
badiiy voqea-hodisaga, abadiyat masalasiga aylantirildi, de-gan muammodir. Bu borada 
adabiyot tarixi juda ko'p ijobiy va undan-da ko'proq afsuslanarli tajribaga ega.
Uzoqqa bormay, yetmish yillik tarixni o'z ichiga olgan sho'ro davri o'zbek adabiyotiga nazar 
tashlash kifoya. Bu davr-da milliy adabiyotimizning oltin xazinasidan munosib o'rin olgan o'nlab 
badiiy durdonalar yaratilishi bilan birga, o'z davri siyosati singari vaqt sinoviga dosh berolmagan 
minglab zaif asarlar ham yozilgan edi. (E'tibor bering: biz bu o'rinda «yara-tilgan edi» degan 
iborani ishlatishga istihola qilyapmiz.)
Demak, yana o'sha qoida: ijodkor zamonaning o'tkinchi gaplariga berilmay, hayotda yuz 
berayotgan voqealarning tub zamiriga nazar tashlashi, mana shu chuqurlikda yotgan asl sabab-
mohiyatni ko'rishi va uni mukammal obrazlar hamda vositalar orqali badiiy hodisaga aylantira 
bilishi lozim. Zero, adabiyotshunoslik fanida «abadiy muammolar» degan tushun-cha mavjud. 
Bu shunday muammolarki, zamonlar o'tishi, bir-ikki davr kishilarining sa'y-harakatlari bilan ular 
yechilib, yo'q bo'lib ketmaydi. To odamzod bor ekan, bu muammolar unga doimiy va ajralmas 
hamroh bo'lib qolaveradi. Odamzodni qizi qtiraveradi, o'ylantiraveradi, qiynayveradi.
Muhabbat va nafrat, adolat va adolatsizlik, imonlilik va nal's-ga qullik, haqiqat va yolg'on, 
mardlik va qo'rqoqlik, sadoqat va sptqinlik, vatanparvarlik va qullik tuyg'ularini o'z ichiga 
qamra-gan abadiy muammolarni yoritgan asarlargina umrboqiylik kasb etadi. Xuddi shu tufayli 
ham Tohir tilga olinganda Qorabotir («Tohir va Zuhra» dostoni), Farhod eslanganda Xusrav 
(«Far-hod va Shirin» dostoni), Kumush yodlanganda Zaynab («O'tkan kunlar» romani), Yo'lchi 
to'g'risida gap ketganda Mirzakarim-boy («Qutlug' qon» romani) esga keladi, kishini 
o'ylantiradi. Bu asarlar va ularning qahramonlari yuqorida sanalgan o'lmas insoniy tuyg'ularni 
o'zida kuchli aks ettirgani bilan ham abadi-yatga daxldor.
Badiiy mukammal asarlarning yana bir muhim xislati shun-dan iboratki, ularda muayyan 
millatning tili butun jozibasi bilan namoyon bo'ladi. Bu asarlar adabiy til normalarini 
mustahkam-labgina qolmay, balki uning boyishi, yana-da sayqallanishi, ta'sir doirasining 
kengayishiga ham sezilarli turtki beradi.
Navoiy o'z asarlari bilan turkiy til qaddini qanchalar yuk-sakka ko'targanidan xabardorsiz. 
Xuddi shu singari bizning ona tilimiz «Kuntug'mish» dostonida o'nlab, Lutfiy tuyuqlarida yuz-
lab, Nodira g'azallarida yana minglab yangi qirralarini ko'z-ko'z qiladi. G'afur G'ulom she'rlari va 
nasriy asarlari o'zbek tilining naqadar boyligini yana bir bor isbotlasa, Muhammad Yusuf 
she'rlaridagi xalqona ohang bu she'rlarning millionlab muxlislar qalbida qo'shiq bo'lib yangrab 
qolishiga sabab bo'ladi.
Demak, bugundan boshlab yana adabiyot atalmish ulkan xazinalar bog'iga kirib boramiz. 
Uning dur-u gavharlaridan ko'zimiz yashnab, yam-yashil yaproqlaridan, xandon ochilgan gul-u 
chechaklaridan ko'nglimiz yayraydi. Eng muhimi, ruhi-yatimiz kundalik hayotning nisbatan 
rangsiz tuyuladigan o! ami-dan bir muddat uzilib, xuddi shu hayotning badiiy bo'rttirilgan, 
ranglari tiniqlashtirilgan manzaralariga oshno tutinadi. Bu mo'jizalarga to'la bog'dan nimalar olib 


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
chiqish, qanday xazina-larning egasiga aylanish endi faqat o'zingizga, nafls adabiyotga bo'lgan 
e'tiboringizga bog'liq, aziz o'quvchi!

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling