Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
Savol va topshiriqlar
1. Xalq dostonlari haqida nimalar bilasiz? www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan 2. Dostonchilik maktabini yaratgan qaysi mashhur baxshilarni bilasiz? 3. Dostonchilik maktablari qachon paydo boigan va qaysi asr uning juda rivojlangan davri bo'lgan? 4. Yurtimizda dostonchilikni rivojlantirish, baxshilar ijodini qo'llab-quvvatlash uchun nima ishlar qilinyapti? 5. «Kuntug'mish» dostonini ko'proq qaysi baxshilar ijro etganlar? 6. Siz tanishgan «Kuntug'mish» dostoni qaysi baxshidan yozib olingan? Baxshi haqida nimalar bilasiz? 7. Kuntug'mish o'n to'rt yoshgacha nimalar bilan shug'ullandi, o'n to'rt yoshdan so'ng qaysi amallarni egalladi? 8. Xolbeka kimning farzandi? Uning kamolga yetguncha boigan hayotini batafsil gapirib bering. 9. Kuntug'mish va Xolbeka g'ayritabiiy sharoitda (tushda) tanishadilar. Shunga o'xshash holatlarni (tush, ko'zgu, uzuk orqali tanishish) yana qaysi dostonlarda uchratgansiz? 10. Zangar shahri podshosi Xolbekaga oshiq bo'lib, o'z niyatiga erishish uchun qanday «choralar» ko'rdi? 11. Kuntug'mishning Xolbeka suratini ko'rib, hushidan ketib yiqilishi holatini tasvirlashda Ergash Jumanbulbul qaysi badiiy unsurni qo'llagan, deb o'ylaysiz? 12. Qosim Kuntug'mishni halokatdan saqlab qolish uchun qanday chora ko'rdi? 13. «Shirxo'ra» so'zi qanday ma'noni anglatadi? Izohlang. 14. Kuntug'mish asarda yana qaysi nom bilan eslanadi? 15. Azbarxo'ja Kuntug'mishni halok qilish uchun qanday hiyla ishlatdi? 16. Kuntug'mish o'g'illari ismlarining ma'nosi: Gurkiboy va Mohiboy so'zlari nimani anglatadi? Sababini tushuntiring. 17. Adabiyot daftaringizga shevaga oid so'zlarni yozib oling va ularni adabiy tildagi shakli bilan taqqoslang. 18. Doston matnidan hikmatli so'zlar, maqollar darajasidagi yoki ularga yaqin iboralarni toping. Ularning ma'nosini tushuntirishga harakat qiling. 19. Dostondagi qahramonlarning qaysi sifatlaridan ibrat olish mumkin, deb o'ylaysiz? 20. Ishqiy-qahramonlik dostonlari deganda qanday asarlarni tushunasiz? 21. O'zbek dostonlarining yakunlovchi qismiga xos xususiyat nima? 22. Ishqiy-sarguzasht va ishqiy-qahramonlik dostonlarining farqi nimada ekanligini tushuntiring. Yusuf Xos Hojib XI asrda yashab, tur-kiy tilda ijod etgan buyuk shoir hisobla-nadi. Yusuf - asl ismi. Aynan «Qutadg'u bilig» dostoni zamon hukmdori tahsiniga sazovor bo'lgani uchun muallifga «xos hojib», ya'ni eshik og'asi rasiniy lavo-zimi berilgan. Shoir buni o'ziga tax alius qilib olgan. Yusuf qadimiy Bolosog'un shahrida tug'ilgan. Bolosog'uniy deyili-shi - shundan. Ba'zi manbalarda bu shahar Quzo'rda deb ham tilga olinadi. Bizga Yusuf Xos Hojibning birgina «Qutadg'u bilig» asari yetib kelgan. Shoir hayotiga oid ma'lumotlarni ham faqat shu dos-tondangina topamiz. Asar hijriy 462, ya'ni milodiy 1069-1070-yili Koshg'arda yozib tugallangan. Hajmi - 6 ming 409 baytdan iborat. Muallifning o'zi uni bir yarim yil mobaynida bitganini aytadi: Tegurdi menga algi ellik yoshim, Qug'u qildi quzg'un tusitek boshim. Oqir ellik emdi mengar kel teyu, Pusug' bo'lmasa, bordim emdi nam. (Ellik yoshim menga qo 7 tegizdi, Qora quzg'un tusidek boshimni oq (qush) qildi /ya'ni sochim oqardi/. Ellik /yosh/ endi men tomon kel, deb chorlamoqda, Pistirma /ya 'ni nogahoniy о 'lim/ bo 'Imasa, endi и tomon boraman.) Shu misralarga tayanib, olimlar, Yusuf Xos Hojib bu kitobini ellik yoshlarida yozgan, deb hisoblashadi. Doston yaratilgan XI asr Qoraxoniylar davlatining eng gulla-gan davri edi. Yuqori Chindan Kasbiy dengiziga qadar bo'lgan juda katta hudud shu saltanat hukmi ostida edi. Koshg'ar (ik- kinchi nomi O'rdukent) shu ulug' saltanatning poytaxti edi. Bolosog'un mamlakatning muhim markazlaridan biri hisobla-nardi. Yusuf Xos Hojib dostonini tugallagach, uni zamon hukmdori (elig) Tavg'achxon Ulug' Bug'ra Qoraxonga taqdim etadi. Asar garchi XI asrda yaratilgan bo'lsa-da, u haqida o'zbek adabiyotining keyingi asrlardagi namunalarida hech qanday ma'lumot uchramaydi. Hatto, turkiy tildagi har bir asarga alo-hida mehr va e'tibor bilan munosabatda bo'lgan buyuk Ali-sher Navoiy, shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur ham «Qutadg'u bilig» yoki uning muallifini mutlaqo tilga olmagan. Shundan kelib chiqib, bu bobokalon shoirlarimiz «Qutadg'u bilig» www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan haqida bilgan-bilmagani borasida bir narsa deyish qiyin. Bunga sabab - asarning bor-yo'g'i quyidagi uch nusxasigina saqlanib qolganligi: U milodiy 1439-yili (Alisher Navoiy ta-valludidan ikki yilgina oldin) Hirotda uyg'ur yozuvi bilan ko'chirilgan. (Uyg'ur yozuvi arab alifbosi asosida shakllantiril-gan sof turkiy yozuv edi.) Kitob Turkiyaning Tugot shahriga, 1474-yili esa Istanbulga keltirilgan. Uni keyinchalik Istanbulda mashhur sharqshunos Hammer Purgshtall sotib olib, Venadagi Saroy kutubxonasiga keltiradi. 1823-yili fransuz sharqshunosi Jaubert Amadee bu buyuk asar haqida ma'lumot e'lon qilib, uni ilm ahliga tanishtiradi. 1896-yili asarning arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko'chirilgan nusxasi Qohirada topildi. Sharqshunos Valizoda 1914-yilning 20-aprelida Qozon universiteti qoshidagi Arxeologiya, tarix va etnografiya jamiyatiga Farg'ona ekspeditsiyasi haqida yozgan hisobotida namanganlik Muhammad hoji Eshon Lolaresh de-gan kishining qo'lida «Qutadg'u bilig»ning yana bir nusxasi mavjudligi haqida ma'lumot beradi. Atoqli adabiyotshunos Abdurauf Fitrat 1924-yili Muhammad hoji Eshon Lolareshdan shu qo'lyozmani olishga muyassar bo'ladi. «Qutadg'u bilig» zamonning ijtimoiy-siyosiy ehtiyoji yanglig' yaratilgan. Ya'ni Qoraxoniylar davlati va bu mamlakat xalqining bir g'oyaviy-mafkuraviy, ma'naviy-axloqiy dasturga, o'ziga xos milliy ta'limotga katta zarurati bor edi. Shoir ana shu buyuk va sharafli vazifani bajarishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Asarning tub mohiyatida markazlashgan davlatni idora qilish, yana-da mustahkamlash, turli xon va beklar o'rtasida o'zaro og'iz birchilikka erishish, adolatli va oqilona siyosat yuritish, umrning o'tkinchiligi, ma'naviyat, yashash tartib-tamoyillari bi-lan bevosita bog'liq g'oyalarni badiiy tarzdagi bir qomusiy das-tur sifatida ilgari surish niyati yotadi. Unda qaysidir ma'noda xalqning maqsad-muddaolari, orzu-intilishlari, maslak-g'oyalari ifodalangan. Shu nuqtayi nazardan u qoraxoniylar davrining mafkuraviy ta'limoti sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Doston masnaviy, ya'ni o'zaro qofiyalangan ikki misradan iborat baytlar yo'li bilan yozilgan. Vazni - mutaqoribi musam-mani mahzuf, ya'ni «faulun-faulun-faulun-~faul»\ (V - - / V - - / V - - / V - ) yoki maqsur, ya'ni «faulun-fau-lun-faulun-faol» (V - - / V - - / V - - / V ~). Mutaqoribi musammani maqsur vazniga tushadigan misralarda oxirgi hijo o'ta cho'ziq - «sabr», Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling