Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
«qand», «tog'», «tor» kabi so'zlardan tashkil topadi. Masalan, asardagi: Biliglik, bilig-siz, chiqay
bar ya bay, Uqushliq, uqushsiz, otun bir gaday, -bayti mutaqoribi musammani mahzuf, ya'ni «faulun-fau-lun-faulun-faul» ( V - - / V - - / V - - / V - ) vaznida bitilgan bo'lsa, mana bu qo'shmisra mutaqoribi musammani maqsur, ya'ni «faulun-faulun-faulun-faol» (V --------- /V ---------- / V - - / V ~) vaznida yozilgan: Qayu begda bo'lsa bu arquq qilinch, Ishi barcha tetru sevinchi saqinch. Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asar-lar, davrlar mobaynida shakllangan an'anaga ko'ra, asosan, shu vaznda bitilgan. Masalan, Firdavsiyning «ShohnomaVsi, «Xam-sa» turkumining Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy) hayoti va faoliyatini asos qilib olib yaratilgan oxirgi dostonlari, jumladan, Abdurahmon Jomiyning «Xiradnomayi Iskandariy» («Iskandar aqlnomasi»), Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» asarlari ham aynan shu vaznda yozilgan. «Qutadg'u bilig» kam nusxada saqlanib qolgan bo'lsa ham, muallif uning o'z davrida ancha mashhur ekani haqida faxrlanib so'z yuritadi. Chinliklar uni «Adab ul-muluk» («Podshohlar odobi»), mochinliklar «Amin ul-mamlakat» («Mamlakat omon-liklari»), Sharq elining ulug'lari «Ziynat ul-umaro» («Amir-lar ziynati»), eronliklar esa «Shohnoma»yi turkiy» («Turkiy «Shohnoma»), turonliklar «Qutadg'u bilig», ba'zilar esa «Pand-nomayi muluk» («Podshohlar pandnomasi») deb atayotganini alohida qayd etadi. «Qut» - baxt, saodat, «bilig» esa bilim degani. Shunga ko'ra, asarning nomini «Baxtga eltuvchi bilim» yoki «Saodatga yo'llovchi bilim» deb tarjima qilish mumkin. Abdurauf Fitrat uni «Baxtliklanish bilimi» deb o'girgan. www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan Albatta, XI asrga qadar ham tilimizda dostonlar bitilgan bo'lishi kerak. Lekin hozircha bizgacha yetib kelgan ilk turkiy doston - aynan ana shu «Qutadg'u bilig». Dostonda to'rt asosiy qahramon bor. Ularning har biriga ramzan muayyan bir ezgu tushuncha - ma'naviy qadriyat-ning timsoli yanglig' qaralib, alohida ma'no-mazmun yukla- tilgan. Kuntug'di (chiqqan Quyosh) - elig, ya'ni hukmdor. U adolat ramzi bo'lib kelgan. Oytoidi (to'lgan Oy) - vazir. U baxt va davlat ramzi hisoblanadi. O'gdulmish (aqlga to'lgan) -vazirning o'g'li. U aql va zakovat ramzi yanglig' tasvirlangan. O'zg'urmish (uyg'ongan) - vazirning qarindoshi. U asarda qanoat, ofiyat, ya'ni sog'lomlik ramzi sifatida qalamga olingan. Men shu to'rt tushuncha ustida fikr yuritdim, deydi shoirning o'zi: Bu to'rt nang uza so'zladim men so'zug, O'qisa ochilg'ay yetig qil ko'zug www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan (So'zni shu to'rt narsa ustida yuritdim, Uni o'qib, tushunilsa, ro'shnolik bo'ladi, ko'zingni och.) Doston - sof badiiy asar. Bunday deb urg'u berib aytishimiz bekorga emas. Adabiyot tarixida Kaykovusning forsiy tilda yozilgan «Qobusnoma»si kabi nasihatnomalar ham, Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»si singari tarixiy-memorial asarlar ham mavjud, ularning ham badiiy ahamiyati - juda kat-ta. Biroq «Qutadg'u bilig» - pandona (didaktik) ruhdagi, ta'lim-tarbiya, odob-axloq mavzusiga bag'ishlangan tipik badiiy asar. Unda, shaxs tarbiyasi, uning jamiyatdagi o'rni, komillik shart-lari, umrni bekorga o'tkazmaslik, turli ijtimoiy tabaqaga mansub kasb-kor egalarining ma'naviy-axloqiy mezonlari, davlatchilik qat'iyat va tamoyillari asosiy yo'nalishga aylangani bilan, bu g'oyalarning bari badiiy bo'yoq va timsollarga burkangan holda taqdim etilgan. Asar, nasriy hamda she'riy muqaddimadan tashqari, 71 max-sus bobdan tashkil topgan. Boblarda ko'proq savol-javob, muno-zara olib boriladi. Shu tariqa shoir oldiga qo'ygan masalalarga o'z hissiy munosabatini bildirib boradi. Ko'tarilgan masalalar-ning barida aynan qanday bilim kishini baxt-saodat sari yetak-lashi oydinlashadi. Bu esa asar nomi naqadar oqilona tan-langanini ko'rsatadi. Yalpi olib qaraganda, bu doston orqali XI asrda xalqimiz-ning qanday yuksak ma'naviy mezonlarni ulug'lab yashaganini ham to'liq tasavvur qilish mumkin. (Elig aytdi: mening so'raydigan so'zlarim Ushbular edi, endi shularni so'rayman). To'rutti ara o'qlanin bir Bayat, Uluq bir, kichig bir, esiz edi at. (Odam bolasini yolg'iz Xudo yaratdi, Ular orasida ulug', kichik, yomon, yaxshi bor). Biliglik, biligsiz, chiqay bar ya bay, Uqushliq, uqushsiz, otun bir gaday. (Dunyoda ilmli-yu ilmsiz ham, qashshog'-u boy ham, Uquvli-yu uquvsiz ham, nochor-u gadoy ham bor). Nekutek kerak beg muni baglasi? Javi barsa ati, ishin ishlasa. (Bularga bosh bo'lish uchun bek qanday bo'lmog'i kerak? Toki uning ovozasi yoyilsa, ishlariga rivoj bersa). Etilsa edi qam, bayusa budun, Ati edgu bo'lsa, ul artar budun. (Eli yashnasa hamda xalq boyisa, Ezgu nom chiqarsa, ulus ko'paysa). Xazina urunsa kumush ham ag'i, Yag'i boyni yanchsa, ketarsa chog'i. (Xazinani kumush-u javohirlar bilan to'ldirsa, Yov bo'ynini yanchsa, adovatga barham bersa). Yumutsa, erat bo'lsa kuchlug alig, Yuritsa to'r-u tuz, yetursa bilig. (Lashkar to'plasa, qo'li baland bo'lsa, To'g'ri siyosat olib borsa, bilimga amal qilsa). ayniqsa ajunda, yadilsa ati Bedusa kuninga ko'tursa quti. (Jahonga ovozasi, nomi yoyilsa, taralsa, Kundan-kunga yuksalsa, davlati ziyoda bo'lsa). Erajin avinsa, yesa el uzun, Butun jan uzulsa, yesa ul ajun. (Rohat-farog'atda yashasa, uzoq yillar elga bosh bo'lsa, Bor joni uzilgach, u dunyoligini topsa). 0-C,l>LL;\IISH JAVABi II ICkA (O 'gdulmishning Elikkajavobi) Yanut berdi O'gdulmish aydi elig, Edi ters aytitti menga bu bilig. (O'gdulmish javob berib: «Elig mendan Juda qiyin so'zlarni so'rardi», - deb aytdi). Bu beglik ishin barcha beglar bilir, To'r-u, o'ndi, qilq yang ulardin kelir. (Beklikning ishini beklargina yaxshi biladi, Siyosat, nizom va qoidalarni ham ular chiqaradi). Bayat kimka bersa bu beglik ishi, Berur o'g ko'ngul ko'r ul ishka tushi. (Xudo kimniki beklikka loyiq ko'rsa, Unga bu ish uchun idrok va ko'ngil ham beradi). Kimi beg to'rutmak tilasa Bayat, Berur ashn-u qilq, yang uqush yug qanat. (Xudo kimni bek qilib yaratishni istasa, Oldin unga aql-u uquvdan qanot beradi). Bu beglik ishi bo'ldi beglar ishi, Bu beglar ishin bildi beglig kishi. (Beklar yumushi bu - mamlakat ishi, Beklik neligin bilar bek kishi). П.К' ! WABI 04,M.L\IlSHkA Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling