Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
tuman.
Baytning birinchi misrasida «tuman» so'zi raqamni angla-tib kelgan. Eski tilimizda bu hozirgi tushunchadagi o'n ming ni bildirgan, «ming tuman» esa aynan o'n millionni anglata-di. Ikkinchi satrda kelgan «tuman» so'zi bo'lsa tabiat hodisasi bo'lgan tuman (zulmat, qorong'ilik) ma'nosida kelgan. Shuning uchun bu bayt mazmuni quyidagicha bay on etildi: «Erdan ezgu xulq va ming tuman hunar lozim, U shu hunarlari bilan elni boshqarib, zulmatni ko'taradi». Shu tahlillardan ham ko'rinib turibdiki, «Qutadg'u bilig» dostoni o'z davrining badiiy mahsuli hisoblanadi va unda o'sha zamondagi turkiy she'riyatning eng muhim xususiyatlari har taraflama aks etgan. Savol va topshiriqlar 1. Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodi haqida mavjud ma'lumotlarni aytib bering. 2. «Qutadg'u bilig»ning yozilish tarixi, sabablari, unga asos bo'lgan haqiqiy omillar haqida so'zlang. 3. Dostonning nusxalari, ularning topilish tarixi va qayerda saqlanayotgani haqida nimalarni bilasiz? 4. Asarning vazni, nomlari, bundagi an'anaviylik, o'z zamonasidagi shuhrati to'g'risida fikr yuriting. 5. Dostondagi asosiy qahramonlar, ularning ramziy ma'nolari, ularga yuklatilgan badiiy vazifalarni izohlang. 6. «Qutadg'u bilig»ning mavzu yo'nalishiga ko'ra tipi, ichki tuzilishini tahlil eting. 7. Beklik shart va talablari bayon qilingan bobning asardagi o'rni, hozirgi paytdagi ahamiyatini izohlang. 8. Bu bobda aynan qanday ma'naviy fazilatlar ulug'lanib, aynan qanday illatlar qoralanganini misollar asosida tushuntirib bering. 9. Dostonning tili, qofiya va radif qo'llashdagi o'ziga xosliklari, shoirning badiiy mahorati xususida fikr yuriting. 10. Bobdagi hikmatli so'z kabi jaranglaydigan baytlarni ko'chirib olib, yodlang. Nazuriy ma 'lumot DIDAKTIK ADABIYOT HAQIDA TUSHUNCHA «Didaktika» - yunoncha «didakticos», ya'ni «ibratli» degan so'zdan olingan. Demak, «didaktik adabiyot» deganda nasi-hat, о'git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi. Bu Sharqda ham, G'arbda ham bo'lgan. Sharq so'z san'atida pand-nasihat ruhi ustunroq, ochig'i, u shunisi bilan G'arb adabiyotidan farq qiladi ham. X asrdayoq buyuk Abu AH ibn Sino Sharq ko'proq nasi-hat yo'li bilan, G'arb esa hayotni real ko'rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd etib o'tgan edi. Og'zaki va yozma adabiyoti, axloqiy-diniy merosi pand-hik-matga o'ta boyligi uchun ham Sharqni jahonda donishmand deb bilishadi. Bizda she'riyatning bu darajada ravnaq topib, xalq orasida katta mavqe egallashiga sabab bo'lgan omillardan biri ham - shu. O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov: «Sharqqa she'riyatni o'rgatib bo'lmaydi», - deganida ham aynan shu jihatlarni ko'zda tutgan. Shunga qaramay, Sharq, jumladan, o'zbek mumtoz ada-biyotini, tamoman pand-nasihat ruhidagi asarlardan iborat, deb tushunish - mutlaqo xato. Sharqda maxsus didaktik adabiyot yuzaga kelgan. Uni, adabiy shakliga ko'ra, quyidagicha nisbiy tasnif qilish mumkin: 1. Nasriy didaktik asarlar. Masalan, milodiy IV asrda Hindistonda Sanskrit tilida mash-hur «Panchatantra», ya'ni keyinchalik «Kalila va Dimna» nomi bilan mashhur bo'lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga kela-di. Uning butun Sharq, qolaversa, jahon adabiyotiga katta ta'siri bor. Bu kitob asrlar mobaynida bir necha tillarga tarjima qi-lingan. Arab ertaklari asosida shakllangan «Ming bir kecha»da ham mohiyatan didaktik rah juda ustun turadi. Keyinchalik Kaykovusning mashhur «Qobusnoma»si yozildi. XVI asr o'zbek adibi Xoja (Podshoxoja binni Abdulvah-hobxoja)ning «Gulzor» hamda «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti») asarlari ham sof nasriy yo'lda bitilgan didaktik adabiyot namu- nalari hisoblanadi. 2. Nasriy-she'riy didaktik asarlar. Shayx Muslihiddin Sa'diy Sheroziyning bag'oyat mashhur «Guliston» asari aynan shu guruhga mansub. U ham nasriy, ham she'riy, ya'ni aralash yo'lda bitilgan. www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan Alisher Navoiy ham pandnoma ruhidagi «Mahbub ul-qulub» asarini aynan nasriy-she'riy shaklni o'zaro omixta qilib yozdi. Garchi majoziy timsollar, hayvonlar, asosan, qushlar mi-solida bitilgan bo'lsa ham, Gulxaniyning «Zarbulmasal»i ham didaktik adabiyotning ana shunday nasriy-she'riy, ya'ni aralash turiga kiradi. 3. She'riy didaktik asarlar. Sharqda faqat nazmiy usulda yaratilgan maxsus didaktik she'riyat ham shakllangan. Aytaylik, o'zbek mumtoz she'riyatida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Haydar Xorazmiy- ning Nizomiy Ganjaviy «Maxzan ul-asror»ini erkin tarjima qilish asnosida bitgan «Gulshan ul- asror», Alisher Navoiyning «Xamsa»ga birinchi asar sifatida kiritilgan «Hayrat ul-abror» dostonlari aynan o'zbek didaktik she'riyatining yorqin namuna-lari hisoblanadi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» dostonida axloqiy-ma'naviy fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlil-xulosalar orqali berilishi, birinchidan, muallif nuqtayi nazarini ni-hoyatda tiniqlashtirib ifodalash imkonini beradi, shu tariqa uning aynan qanday g'oyani ilgari surayotganini aniq bilib turasiz, ik-kinchidan, bu ta'sirchanlikni sezilarli darajada oshiradi, uchinchi-dan, ko'tarilgan masala-muammolar bugun uchun ham o'z ahami-yati, ya'ni dolzarbligini aslo yo'qotmaganidan dalolat beradi. Zamonaviy o'zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asarlar yaratilib turadi. Masalan, O'zbekiston xalq shoiri Shukurullo qalamiga mansub «Javohirlar sandig'i» aynan shunday asarlar sirasiga kiradi. U nasriy yo'l bilan bitilgan. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling