Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/49
Sana13.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#999700
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
8-sinf 1-qism

lekin it arslonlarga yetakchilik qilsa, arslonlar Mar kabi bo'lib qoladi».
Beklik mustahkam bo'lishi uchun to'rt narsaga - birinchi-si, kuchli lashkarga; ikkinchisi, 
kuchli lashkarni saqlash uchun ko'p boylikka; uchinchisi, ko'p boylikni to'plash uchun badavlat 
xalqqa; to'rtinchisi, boy-badavlat xalqqa ega bo'lish uchun adolatli siyosat yuritishga katta 
ehtiyoj bor.


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
Век, o'zida shunday ko'p fazilatlarni kamolga yetkazishi bilan birga, mana bu besh illatdan 
ehtiyot bo'lmog'i zarur: birinchisi -shoshqaloqlik, ikkinchisi - ochko'zlik, uchinchisi - jaholat (aql 
bilan emas, jahl bilan ish ko'rish, bilimsizlik), to'rtinchisi - bu-zuq fe'llilik, beshinchisi - 
yolg'onchilik.
Yuqorida qayd etilgan sifatlarni o'zida shakllantirgan, sanal-gan illatlarni o'zidan forig' 
aylagan kishigina sarvar, ya'ni bosh-liq, yetuk va komil bo'ladi. Rahbar har taraflama 
boshqalardan ustun bo'lmog'i darkor.
Bobning tub mohiyatida yotgan masala - bugun uchun ham juda dolzarb. Hozirgi zamonda 
boshqaruv ilmi, rahbarga qo'yiladigan talablar mukammal bir ilm darajasiga ko'tarilgan. Bu 
masalalar o'zbek adabiyotida bundan o'n asrlar ilgari shu darajada tahlil etilganining o'zi jahon 
tamadduniga xalqimiz nechog'li buyuk hissa qo'shganini yana bir karra isbotlab tu-ribdi.
Shuning uchun ham G'arb dunyosi Sharq didaktik adabiyoti-ga juda-juda qiziqadi. Shuning 
uchun ham «Qutadg'u bilig»ni Yevropa olimlari atroflicha o'rgangan, o'z tillariga tarjima qil-
gan. Bunday ilmiy-adabiy qiziqish hamon qizg'in davom etyapti.
Asarning tili bugungi o'quvchi uchun to'la tushunarli emas, albatta. Shuning uchun filologiya 
fanlari nomzodi Qayum Ka-rimov uni baytma-bayt bugungi o'zbek tiliga ilmiy tabdil qil-gan. 
Filologiya fanlari doktori, professor Boqijon To'xliyev esa dostonni she'riy yo'l bilan ommabop 
qilib o'zbekchalashtirgan. Adabiyotdan 8-sinf uchun darslik-majmua (2001) tuzgan filologiya 
fanlari doktori, professor Akrom Kattabekov, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy 
Yo'ldoshev, filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyevlar ham doston matnini 
soddalashtirib tushuntirishga tutungan.
Biz muhtaram o'quvchilarimiz manfaatlarini hisobga olib, baytlar mazmunini bugungi tilda 
bayon etishda ana shu nasriy bayonlardan ijodiy foydalandik.
Dostonning tili shoir badiiy mahoratidan dalolat beradi.
Asarda aruz vazni qoidalariga qat'iy amal qilinadi. Jami 6 ming 409 baytli katta bir asarni 
boshdan-oxir bir vaznga solib yaratish XI asrning turkiy adabiyoti uchun juda ulkan jasorat va 
yangilik edi. Chunki bu borada hali unchalar katta aruziy an'analar shakllanib ulgurmagan edi.
Qofiyalarda, asosan, turkiy so'zlar qo'llanishi ham dostonning butun o'zbek adabiyoti 
tarixidagi o'ziga xos badiiy o'rni borligidan dalolat beradi. Misol uchun quyidagi baytlar qofi-
yalariga diqqat qilaylik:
Bu beglik iginga o'ti o'g bilik, Uqush birla emla, ey qilqi silig.
Biliglig uqushlug' kerak beg tetig, Anin qilsa o'tru iginga etig.
Biliglig uqushlug' bo'gu elchi beg, Ekigun ajunda bo'lur o'rni у 
eg.
Biroq dostonda shu singari to'q qofiyalar ko'p uchrasa-da, bu borada, o'zbek xalq og'zaki 
she'riyatida bo'lgani kabi, qu-yidagilarga o'xshash och qofiyalar ham bemalol qo'llanaveradi:
Eki neng turur elka bag'i beki, Biri saqliq ul, bir to'ru el ko'ki, -yoki:
Bu erdi, ey elig, mening bilmishim, Munuqi o'tundum senga uqmishim, 
yoki:
engilig qayu ul, menga ay vera, Kishi qutlug'i kim kishilar ara?
yoki:
Yuraklig yuraksizka bo'lsa bashi, Yuraklig bo'lur o'tru tekma kishi.
Ba'zan hatto, vaznning mukammal, ya'ni bcxato saktasiz qo llangamgagma suyanib, 
misralarni vazn jihatida, mos u 7
vldl 
аГ
° °
hangd0Sh
b
°'
lmagan
S
°'
Z,ar
ЬН-п ham Xlay."
Qiling edgu erdam kerak ming luman, Ati edgu bo'lsa, tutunsa bodug', -
Kishi yalg'aninda tilama vafa,
Bu bir so'z sinamish o'kush yilqi ul,
Ukush, o'g, bilig kimda bo'lsa tugal, Yavuz ersa, kad te, kichik ersa, 
o'g.
Holbuki, mumtoz she'riyatimizning keyingi davrlarida bun-day och qofiyalar ishlatilmaydigan 
bo'la bordi.
Radif qo'llaganda ba'zan shoir, shu ohangdoshlik bayt uchun yetarli, deb hisoblab, radifdan oldin 
qofiya keltirib o'tirmaydi:
yoki:
yoki:


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
Aqi bo'l, bag'ishla, ichur ham yetur, Qali eksusa ur yana al yetur.
Turkiy tilimiz shakldosh (omonim) so'zlarga boyligi bilan ajralib turadi. Yusuf Xos Hojib shu 
imkoniyatdan ham unumli foydalangan. Masalan:
Qilinch edgu erdan kerak ming tuman, Aning tutsa el kend, ko'tursa 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling