Mualliflik huquqi obyektlari va ularning himoya qilinishi


Mualliflik huquqining buzilishi shou-biznesda ham tez-tez uchrab turadigan hodisalardan hisoblanadi. Bunga misol qilib shoir Yo`lchi Ro`ziyevning


Download 224.11 Kb.
bet10/12
Sana07.03.2023
Hajmi224.11 Kb.
#1246656
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
фуқаролик курс иши финал

Mualliflik huquqining buzilishi shou-biznesda ham tez-tez uchrab turadigan hodisalardan hisoblanadi. Bunga misol qilib shoir Yo`lchi Ro`ziyevning


Taniqli san‘atkor Yulduz Usmonova ustidan O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik sudiga Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risidagi qonunning buzilishi yuzasidan tushgan da`vo arizasi va ko`rilgan sud ishini keltirshimiz mumkin. Yulduz Usmonova sud qaroriga ko‘ra “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’ri muallifiga 185 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi.18
Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev Yulduz Usmonovadan “Xasta bo‘lma” she’ri uchun 3 yildan buyon qalam haqini ololmayotgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar sudlarining ma’lum qilishicha, 20-sentabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’r muallifidan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi kelib tushgan.
Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi qo‘zg‘atilib, sud majlisi 2021-yil 13-oktabrga tayinlangan. 13-oktabr kuni sud majlisiga da’vogar kelgan, javobgar kelmagani sababli sud majlisi 22-oktabrga qoldirilgan.22-oktabr kuni sud majlisiga taraflar va uchinchi shaxs Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi vakili kelgan, sud majlisida ko‘rsatmalar olingan. Javobgar vakili ularga nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun muddat berishni so‘ragani va da’vogar tomoni norozi bo‘lmagani sababli sud majlisi 29-oktabrga qoldirilgan va belgilangan kuni taraflar sud majlisiga kelgan.
29-oktabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyevga 50 million so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida (135 million so‘m) yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.
Jinoyat kodeksining 149 - m o d d a. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish.
Tafakkur mulki obyektiga nisbatan mualliflik huquqini oʻzlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulk obyektlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ular rasman roʻyxatdan oʻtkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ilmiy va texnik ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi (42-modda) va bu esa ijodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni qoʻriqlash zaruratini keltirib chiqaradi.
2. Jinoyat obyekti fuqaroning oʻz tafakkur mulkini himoyalash boʻyicha konstitutsiyaviy huquqi, jumladan, mualliflik yoki kashfiyotchilik huquqi hisoblanadi.
3. Obyektiv tomondan jinoyat tafakkur mulki obyektiga nisbatan mualliflik huquqini oʻzlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulki obyektlari toʻgʻrisidagi ma‘lumotlarni ular rasman roʻyxatdan oʻtkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qi-lishda ifodalanadi.
4. Har qanday asar – ilmiy maqola, badiiy, musiqiy yoki boshqa ijod namunalari muallif aqliy faoliyatining mahsulidir. Ularni e’lon qilish muayyan shaxsning mualliflik huquqini mustahkamlaydi. Mualliflikning boshqa shaxs tomonidan oʻzlashtirilishi uning oʻzgalar yozgan asarni oʻzining nomi bilan (plagiat yoʻli bilan) toʻla yoki qisman har qanday usulda chop etish bilan e’lon qilishda ifodalanadi.
5. Ilmiy, adabiy, musiqiy yoxud boshqa turdagi asardagi om-malashtirish mazkur asarni nashr etish, koʻrgazmada namoyish qilish, televideniye orqali koʻrsatish, radio orqali oʻqish yoki hikoya qilib berish va boshqalardan iborat.
6. “Mutlaq huquq obyekti boʻlgan intellektual mulkdan boshqa shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilangina foydalanishlari mumkin. Shuning uchun intellektual mulkdan har qanday qonunsiz foydalanish bu huquqning qoʻpol buzilishi hisoblanadi. Jumladan, tadbirkorlik subyektlarining intellektual faoliyati natijalarini oʻzlashtirib olish Jinoyat kodeksining 149-moddasi bilan tavsiflanishi mumkin. Agar in-tellektual mulk obyektlari moddiy qimmatlikka ega boʻlsa, aybdorning qilmishlari talon-toroj sifatida baholanadi”1.
7. Hammualliflikka majbur etish deganda, tafakkur mulki ob’yekti muallifiga turli yoʻllar bilan ta’sir oʻtkazish, ya’ni aybdorning oʻzi tomonidan hamda uning talabi bilan tafakkur mulki obyektini yaratishda bevosita ishtirok etmagan boshqa shaxslar tomonidan ta’sir oʻtkazilishi tushuniladi.
Hammualliflikka majbur etish muallifdan aybdorning talabi bilan uning oʻzini yoki boshqa shaxslarni tafakkur mulki ob’yektini yaratishda birgalikda qatnashgandek mualliflar jamoasi tarkibiga qoʻshishga roziligini talab qilishdir.
8. Tafakkur mulk obyektlari deganda, ilmiy, badiiy, musiqiy, adabiy asarlar yoki ixtirochilik va ishni oqilona tashkil etishga oid takliflarni tushunmoq zarur.
9. Muallifning roziligisiz tafakkur mulki obyekti toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oshkor etish deganda, tafakkur mulki rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilguniga yoki e’lon qilinguniga qadar uning toʻgʻrisida muallifning roziligisiz oshkor qilingan har qanday axborotni tushunish kerak.
10. Jinoyat kodeksi 149-moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan har qanday harakatlardan biri sodir etilgan vaqtdan boshlab sharhlanayotgan jinoyat tugallangan deb topiladi.
11. Subyektiv tomondan jinoyat toʻgʻri qasddan sodir etiladi.
12. Oʻn olti yoshga toʻlgan shaxs sharhlanayotgan jinoyatning subyekti boʻlishi mumkin.

Download 224.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling