Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stoxastik fraktallar
- Fraktallardan foydalanish
- Fraktallar nazariyasi asosida tasvirlarni tanib olish
Algebraik fraktallar
– mazkur tipdadagi fraktallarni n-o’lchovli fazoda chiziqli bo’lmagan jarayonlar yordamida hosil qilinadi. Ikki o’lchovli jarayonlar eng ko’p o’rganilgandir. Nochiziqli iterativ jarayonni diskret dinamik tizim sifatida talqin qilishda ushbu tizimlar nazariyasining terminologiyasidan foydalaniladi: fazaviy portret, barqaror holat jarayoni, attraktorlar va boshqalar. Stoxastik fraktallar - agar iterativ jarayonda uning parametrlarini tasodifiy o’zgartirsa, mazkur tipdagi fraktallar hosil qilinadi. Bu tabiiy narsalarga juda o’xshagan ob’ektlarni ishlab chiqaradi - assimetrik daraxtlar, qirg’oq chiziqlari va boshqalar. Ikki o’lchovli stoxastik fraktallar er sirti va dengiz yuzasini modellashtirish uchun ishlatiladi. Manbalar [1, 2] da fraktallarni boshqa ko’rinishdagi tasniflarini ham uchratish mumkin masalan, fraktallarni deterministik (algebraik va geometrik) va deterministik bo’lmagan (stoxastik). Fraktallardan foydalanish . Birinchidan, tasvirlarni fraktal tarzda siqish, ikkinchidan, peyzajlar, daraxtlar, o’simliklarni qurilish va fraktal to’qimalarni yaratish. Shuningdek, fraktallar matematikada ham qo’llaniladi. Tasvirlarni fraktal siqish yordamida fayl hajmini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Mexanika va fizikada fraktallar ko’plab tabiat ob’ektlarining konturlarini takrorlashning noyob xususiyati tufayli qo’llaniladi. Fraktallar daraxtlar, tog’ sirtlari va yoriqlarini segmentlar yo ki ko’pburchaklar to’plamlari ko’rinishida berilgandan ko’ra yuqori aniqlikda olish imkonini beradi. Fraktallar nazariyasi asosida tasvirlarni tanib olish . Tasvirlarni tanib olish olingan ob’ektni qaysi sinfga o’tkazish mumkinligi haqidagi savolga aniqlik kiritib belgilanadi. Ta’kidlash mumkinki, tanib olish muammosi ko’plab vazifalarni qamrab oladi. Bular sinflar alifbosi va belgilar lug’atini qurish, shuningdek, tanib olish jarayonlarini matematik va kompyuterda modellashtirish hamda axborotlarni qayta is hlash usullari. Amaliyotda har qanday masalaning o’ziga xos xususiyati ishlatiladigan axborot turiga qarab belgilanadi. Radarni tanib olish belgilarining ishchi lug’ati har doim imzolarni ishlatadi. Ular radar ob’ektlarning koordinatalari bilan bevosita bo g’liq bo’lmagan aks ettirilgan signallarning fazoviy, vaqtinchalik, spektral va polarizasiya tuzilishini o’z ichiga oladi. Ishchi lug’at tarkibi bo’yicha yakuniy qaror ob’ektlarni sinflarga bo’lingan holda tasniflash vazifasidan tashqarida qabul qilinishi mumkin emas. Sinflar alifbosi va belgilarning so’z birikmalarini topish vazifalari tanib olish va saralash uchun u yoki bu hal qiluvchi qoidalar- algoritmlardan foydalanish bilan bevosita bog’liq. Hozirgi vaqtda tanlab olingan signallar yoki maydonlar topologiyasi va fraktal primitivlar tushunchalarini ishlatib tasvirni aniqlashga yangi integrasiyalashgan yondashuv taklif qilingan [3, 4]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling