Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- CISCO TARMOQ TEXNOLOGIYASI VA KOMPYUTER TARMOQLARINI O ’QITISHDAGI O’RNI VA SAMARADORLIGI
Adabiyotlar.
1. “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora- tadbirlari to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Toshkent sh., PF-5099-son 30.06.2017. 2.“Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtiris h to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Toshkent sh., 2005 yil 2 iyun, PQ-91-son. 3. Yakovlev A.I. “Информационно-коммуникационные технологии в образовании” 2005-125b. 4. Vyatkina I.V. “Информационно-коммуникативные технологии как способ интенсификации образовательного процесса бакалавров в технологическом университете” Вестник казанского технологического университета. 2014. -b. 224-229. 5. “Новые педагогические и информационные технологии в системе образования: учебное пособие” S. Polat, M. Y. Buxarkina, М. V. Moiseyeva, a. Y. Petrov –1999–2005. 6. “Роль инновационных методов подготовки студентов в повышении конкурентоспособности выпускников вузов страны. Актуальные вопросы образования и науки” Konkova O.M. 2014. 57–62b. 178 CISCO TARMOQ TEXNOLOGIYASI VA KOMPYUTER TARMOQLARINI O ’QITISHDAGI O’RNI VA SAMARADORLIGI Burxonova M.M. 1 , G’aniyev S.F. 1 1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali burhonova88@mail.ru Taraqqiyotning tez rivojlanayotgan hozirgi davrida ko’pgina sohalarni kompyuterlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kompyuterlar xalq xo’jaligining barcha sohalariga kirib keldi va keng qo’llanilmoqda. Oldingi yaratilgan xisoblash mashina lari faqat xisoblash ishlarini bajargan bo’lsa, hozirgi kompyuterlarning imkoniyatlari juda katta va bir necha yuzlab amallarni bajaradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot- kommunikatsiya tizimini yanada rivojl antirish choratadbirlari to’g’risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli qaroriga muvofiq, unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ular tomonidan interaktivdavlat xizmatlari ko’rsatish, elektron tijorat va elektron to’lovlar tizimini yanada ravojlantirish, tijorat faoliyati va tadbirkorlikda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni rivojlantirish, Internet tizimi orqali kommunal va boshqa to’lovlarni yo’lga qo’yish, mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorda realizatsiya qilish maqsadida elektron tijorat infratuzilmasini yaratish borasida ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Ma’lumki hozirgi vaqtda telekommunikatsiya texnologiyalarida lokal kompyuter tarmoql ar ko’pgina tashkilotlar kompyuterlarining ichki aloqasini ta’minlash uchun keng foydalanishmoqda. Birinchi mahalliy tarmoqlar paydo bo`lgan vaqtdan beri yuzlab turli xil tarmoq texnologiyalari yaratildi, lekin keng miqyosda tanilib, tarqalgan tarmoqlar bir nechagina xolos. Taniqli firmalar bu tarmoqlarni qo`llab-quvvatlashlariga va yuqori darajada ularni ish faoliyatini tashkiliy tomonlarini standartlashganiga nima sabab bo`ldi. Bu tarmoq qurilma va uskunalarini ko`p ishlab chiqarilishi va ularning narxi pastligi, boshqa tarmoqlarga qaraganda ustunligini ta'minladi. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishni ta’minlash va ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoyalangan holda axboro tdan jamoa bo’lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o’rtasida ma’lumotlarni uzatishnining qulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Umumiy axborotlash davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Shularni inobatga olgan holda hozirgi kunda dunyo miqyosida tan olingan Cisco kompaniyasi tarmoq texnologiyalari bo'yicha dunyodagi yetakchi hisoblanadi. Kompaniyaning faoliyati beshta asosiy texnologik yo'nalishlarga qaratilgan: • magistral yo'nalish, kommutatsiya va xizmat ko'rsatish; • hamkorlik yechimlari; 179 • ma'lumotlar bazasini virtualizatsiya qilish va bulutli hisoblash; • video texnologiyasi; • biznesni qayta qurish uchun arxitektura. Cisco kompaniyasi 1984 yil dekabr oyida Stenford universitetining bir guruh xodimlari tomonidan tashkil etilgan. Kompaniyaning birinchi mahsuloti 1986 yilda chiqarilgan. Cisco bosh ofisi San-Xose (Kaliforniya), Amsterdam (Niderlandiya) va Bangalore (Hindiston) shaharlarida joylashgan. Kompaniyada 400 dan ortiq idoralar mavjud bo'lib, ularning umumiy soni 63 465 kishini tashkil qiladi. Cisco Tarmoq Akademiyasi mavjud bo’lib u kompyuter tarmoqlarini loyihalash, yaratish, talabalarga tarmoqni loyihalashni o’rgatish, kompyuter tarmoqlarini yaratish, sozlash va himoya qilishni o'rgatadigan global ta'lim dasturidir. Tarmoq Akademiyasi talabalarni deyarli har qanday turdagi sohada imtihonlarga tayyorlanishiga va onlayn bilimini yaxshilashga yordam berish uchun on-layn kurslar, interaktiv vositalar va laboratoriya amaliyotini taqdim etadi. Akademiyadagi sinovlar Cisco sertifikatini olish uchun olinadi. Cisco sertifikati o'quv jarayonida erishilgan bilimlar uchun o'lchash vositasidir. Barcha cisco sertifikatlari uchta darajaga bo'linadi (to'rtinchisini, eng asosiysini ajratib ko'rsatadi): • Mutaxasiz (Associate): CCNA, CCDA sertifikatlari • Professional (Professional): CCNP, CCDP sertifikatlari • Ekspert (ekspert): CCIE sertifikatlari • (Yuqorida aytib o'tganimdek) CCENT sertifikatlari mavjud Agar siz Cisco sertifikatini olishni tanlasangiz, unda CCNA bilan boshlang. Cisco Certified Network Associate (CCNA) tarmoqni o'rnatish, sozlash, boshqarish va muammolarni bartaraf etish qobiliyatini tasdiqlaydi. CCNA ning o'quv dasturi xavfsizlikni kamaytirish, simsiz tizimlarning kontseptsiyalari va terminlariga kirish va amaliy ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Cisco kompaniyasi o’zining ishlab chiqargan uskunalari uchun dasturiy ta’minot ham ishlab chiqaradi. Shunday dasturlardan biri Cisco Packet Tracer dasturi bo’lib, u yordamida kompyuter tarmoqlarining imitatsion modelini yaratish mumkin. Imitatsion modellashtirish- bu sun’iy eksperiment bo`lib, u real qurilma ustida tabiiy sinov o`tkazish o`rniga matematik modellar ustida tajriba o`tkazishdir. Cisco Packet Tracer dasturi Cisco uskunalarida tarmoqlarni similyatsiya qilish uchun dasturiy ta'minot. Bu Cisco Networking Academy o'quv dasturining bir qismidir va talabalarga bepul taqdim etiladi. Murakkab kommutatsiya tizimlarining nusxalarini yaratishga imkon beradi, ammo uskunaning barcha imkoniyatlarini uzatmaydi. Amalliy jixatdan imitatsion modellashtirish kompyuterlarda amalga oshiriladi. Bunda kompyuterga matematik model va boshlangich shartlar kiritiladi, ular asosida kompyuter tekshirilayotgan protsessni turli xarakteristikalarini xisoblab topadi. Kompyuter tarmoqlarini qurishda real tarmoq qurilmalari o`rniga ularning dasturiy analoglari ishlatiladi. Cisco Packet Tracer dasturida tarmoq qurishga kerak bo’ladigan barcha qurilmalarning analog dasturlari mavjud. 180 Biror bir tarmoqni loyihalashtirihda quyidagi omillarni hisobga olish mumkin bo`ladi: • Kerakli tarmoq o`lchamlari (yaqin kelajakka va prognoz bo`yicha uzoq kelajakka). • Talab qilinadigan tarkibi, ierarxiya va tarmoqlarni asosiy qismlari (korxonani bo`limlari bo`yicha, shuningdek xonalar, qavatlar va korxona binolari bo`yicha). • Asosiy yo`nalishlari va axborotli oqimning intensivligi (yaqin va uzoq kelajakda). • Jixozlarnin g texnik tavsiflari (kompьyuterlar, adapterlar, kabellar, repiterlar, konsentratorlar, kommutatorlar) va ularning narxi. • Xonalarda va ular orasida kabel tizimlarni joylashtirish, shuningdek kabelni butunligini ta’minot choralari. • Tarmoqga xizmat qilishni ta’minot va uning buzilmasdan ishlashini va xavfsizligini nazorat qilish. • Tarmoqning ruxsat yetilgan o`lchamlari, tezligi, yegiluvchanligi, kirish huquqlarni chegaralash, narxi, axborot almashinuvini nazorat qilish imkoniyatlari va x.k. bo`yicha talablar. Xulosa qilib aytish mumkinki kompyuter tizimlari va tarmoqlarini o’rganishda Cisco tarmoq texnologiyasini qo’llash talabalar bilimini oshirishda va ularda fanga bo’lgan qiziqishni kuchaytirishga yordam beradi. Zero ushbu texnologiyani butun dunyo tarmoq mutahasislari o’rganib, amalda qo’llab kelmoqdalar. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling