Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING (1)
Адабиётлар:
1. Tom Sito, Book Review: 'Moving Innovation: A History of Computer Animation', Cambridge, MA, The MIT Press, 2013, 362 p. 2. http://www.lex.uz/acts/42423 3. www.ziyonet.uz MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA MULTIMEDIALI VOSITALARIDAN FOYDALANISH Jiyanov О.P. 1 , Pаrimоv Х.А. 2 1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali katta o’qituvchisi, 2 Muhammad al- Xorazmiy nomidagi ТАТU Sаmarqand filiali tasarufidagi аkаdеmik litseyi O’IBDU Respublikamizda barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodning intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, ularni har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning – 2017-2021-yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risidagi qarorida maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta‘lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida ta‘lim-tarbiya olayotgan katta va maktabga tayyorlov guruhlarida aynan 5-7 yoshli bolalar tarbiyalanadi. Ulardagi intellektual salohiyatni shakllantirishning boshlang’ich davri ham xuddi shu yoshdan boshlanadi. O’zbekiston Respublikasining Ta‘lim to’g’risidagi Qonunning 11- moddasida: - Maktabgacha ta‘lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlanadigan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bu ta‘lim olti- yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‗chasida va mulk shaklidan qat‘iy nazar boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi deyilgan. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar 171 tayyorlash milliy dasturida - Barcha bosqichdagi ta‘lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi deb qayd etilgan. Bugungi kunda taraqqiyot darajasini axborot va kompyuter tehnologiyalari hamda telekommunikatsiya tarmoqlaridagi erishilgan yutuqlar belgilab bermoqda. Ushbu soha tez suratlarda rivojlanib bormoqda. Kundan-kunda yangi tehnologiyalar yaratilmoqda. Sh uning uchun ham ta‘lim jarayonini kompyuterlashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Shuningdek maktabgacha ta‘lim muassasalarida ham o‘yinlarni multimedia vositalaridan foydalangan holda tashkil etish yo‘lga qo‘yilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov-Ta‘lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg ’or yutuqlar nafaqat maktab, litsey, kollejlar, oliy o’quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug’dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim, – deya ta‘kidlagan edilar. Bu fikrlar MTM tarbiyalanuvchilarida kompyuter savodxonligini shakllantirish, ularni kompyuterdan elementar tarzda foydalanishga o’rgatish maktab ta‘limiga tayyorlashning dolzarb masalalardan biri ekanligini ko’rsatadi. Zamonaviy maktabgacha ta‘lim muassasalarida ta‘lim-tarbiya jarayonini multimedia vositalari asosida tashkil etishga alohida ahamiyat berilyapti. Multimedia vositalariga, birinchi navbatda, elektron darsliklar, kompakt disklar, video-audio tasmalar, turli taqdimotlar kiradi. MTMda multimedia texnologiyasidan foydalanishdagi masala lardan yana biri ta‘lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish metodikasini ishlab chiqish, unga mos ishlanmalar yaratish hamda amaliyotga joriy qilish zarurligidir. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularni o’rganish, texnologiyalarni tatbiq etishda bolalar yoshini hisobga olish va mos holda didaktik materiallarni tanlash, ta‘lim-tarbiya jarayonida bolalarga pedagogik va psixologik ta‘sir etish usullarini o’rganish va amaliyotga joriy etish kabi jihatlarga e‘tibor qaratish lozim. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida multimedia texnologiyasi yaratildi va turli sohalarda qo’llanila boshlandi. Maktabgacha ta‘lim muassasalari ta‘lim- tarbiya jarayonida multimedia texnologiyasidan foydalanishni amalga oshirish uchun, avvalo, multimedia to’g’risidagi asosiy tushunchalarga e‘tibor qaratamiz. Multimedia atamasining lug’aviy ma‘nosi-multum+medium yoki inglizcha – multum+media kabi ikki so’z yig’indisidan tashkil topgan bo’lib, - multi – ko’p, - media – muhit ma‘nosini anglatadi. Atama ilmiy va o’quv adabiyotlarida ko’p vositalilik; - multimedia muhiti; - ko’p qatlamli muhit. - ma‘lumot tashuvchi vosita kabi talqin qilinib kelinmoqda. Hozirgi davrda multimedia atamasi ko’p qirrali bo’lib, turli tushunchalarni ifodalashda qo’llaniladi. Masalan, multimedia texnologiyasi, multimedia mahsuloti, multimediali kompyuter, multimedia dasturi va boshqalar. Maktabgacha ta‘lim muassasalari ta‘lim-tarbiya jarayoniga multimedia texnologiyasini tatbiq 172 etish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarga mo’ljallangan, jumladan, multimediali kompyuter texnologiyasining asoslarini ishlab chiqish zarur. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga mo’ljallangan multimediali texnologiya an‘anaviy texnologiyalardan quyidagilar bilan farqlanadi: • bolalarning psixologik jihatlari; • bolalarning yoshi (6–7 yosh); • kompyuterli mashg’ulotning davomiyligi (15 daqiqa); • materialning bolalarga mosligi (multimedia shaklida); • materialning hajmi (30 daqiqaga mo’ljallangan); • materialning murakkablik darajasi (bolalar uchun sodda materiallar tanlanadi); Multimediaviy hujum natijasida bolaning o’zlashtirish darajasi rivojlanishiga va mashg’ulot samaradorligini oshirishga erishish mumkin. Har qanday pedagogik texnologiya o’ziga xos ma‘lum bir komponentga ega. Multimedia texnologiyasining ham ta‘limiy komponentlari mavjud: • nazariy va amaliy asoslar; • texnik va didaktik vositalar; • ta‘lim oluvchilarning olgan bilimini baholash mezoni; • ta‘lim manbalarini kiritish. Bolalar uchun q о‘llanma yoki darslik sifatida kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lumotlar va о‘quv materiallari, tarbiyachi (pedagog) uchun multimedia texnologiyasiga oid pedagogik, ilmiy-metodik adabiyotlar, metodik q о‘llanmalar, tavsiyalar va ularning elektron varianti ta’lim manbalari xisoblanadi. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga ta‘lim va tarbiya berishda bilish nazariyasiga asoslaniladi, jumladan, - jonli mushohada‖da didaktik materiallar, harflar, rasmlar, chizmalar namoyish qilinadi; - jonli kuzatish bolalarning fikrlash qobiliyati rivojlanishiga olib keladi. Masalan, multimediali slaydlarda predmetlar turli ranglarda beriladi. Bolalar monitor ekranida ularni ko’rishi bilanoq ranglar to’g’risida fikr yurita boshlaydi. Bola bilish nazariyasining mavhum tafakkur bosqichida monitor ekranida ko’rgan materiallariga e‘tibor qaratadi, mulohaza yurita boshlaydi, fikrlaydi hamda amaliyotga tatbiq eta boshlaydi. Kompyuterli ta‘limni amaliyotda qo’llash MTM tarbiyalanuvchilari tomonidan o’rganiladigan materiallarni kompyuterda bajarish asosida amalga oshiriladi. Multimediali kompyuter texnologiyasi MTMlardagi ta‘lim-tarbiya jarayonida yaqindan bosh lab qo’llanilayotgani uchun hozirgi kunda uning pedagogik- psixologik jihatlari, tamoyillari va o’ziga xos xususiyatlarini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling