Муассасасннинг факультети тугрисида низом
Download 48.78 Kb.
|
IIXM nizom 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malaka talablari
- V. Fakultet dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining lavozim vazifalari
- Bilishi kerak
Bilishi kerak:
fakultet faoliyatiga tegishli O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, Akademiya rektori buyruqlarining mohiyati, Akademiya yillik va istiqbolli rejalarini. Malaka talablari: Akademiya boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga; namunaviy shaxsiy fazilatlar – intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, fakultet strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi; fakultet yo‘nalishlaridan birortasi bo‘yicha ko‘p yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur. V. Fakultet dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining lavozim vazifalari: fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish; talabalarning o‘quv kartochkalarini to‘ldirishni tashkil etish; talabalarning shaxsiy jadvallari hamda reyting sinovi varaqalarini tuzishni tashkil etish; talabalarning hujjatlarini tayyorlash hamda nusxasini ko‘paytirishni tashkil etish; fakultet talabalarining soni haqidagi 3-NK shaklidagi hisobotni tuzishni tashkil etish; birinchi kursga qabul qilingan talabalarning o‘quv hujjatlarini tayyorlashni tashkil etish (reyting daftarchalari, talabalik guvohnomalari va o‘quv kartochkalarini yuritish va nazorat qilish); talabalar hujjatlarini muntazam ravishda tekshirib borish hamda fanlar bo‘yicha qarzlarni topshirish haqida eslatuv xatlarini jo‘natish; talabalar soni, o‘zlashtirishi va harakati bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini tayyorlash; talabalarni kursdan kursga o‘tkazish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzishda qatnashish; talabalarni malakaviy amaliyotiga yuborish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzishda qatnashish; talabalar davomati, o‘quv darslarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini tashkil qilish va nazoratini olib borish; o‘quv dars jadvallarini tuzishni tashkil etish va unga muvofiq darslarning olib borilishini nazorat qilish; reyting nizomiga rioya etilishini ta’minlash; talabalarni DAK sinovlarini topshirishga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga qo‘yish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzish; talabalarni so‘rov xatlariga javob xatlarini yozishni tashkil etish; dekanat faoliyati uchun zarur bo‘lgan hujjatlar uchun buyurtmalar berishni tashkil etish; fakultet dekanatidagi barcha hujjatlarning saqlanishini ta’minlash; Akademiyani tamomlagan hamda undan chetlashtirilgan talabalar shaxsiy hujjatlarini tayyorlash va ularni Akademiya arxiviga topshirishni tashkil etish. Bilishi kerak: o‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnoma va meyoriy hujjatlar, Akademiya ichki tartib-qoidalari, meyoriy hujjatlarni. Download 48.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling