Dekanat kotib-ish yurituvchi lavozim vazifalari
yuqori organ va bo‘limlardan keladigan buyruq, farmoyish va xatlarni qabul qilib olish, ro‘yxatdan o‘tkazish;
fakultetga tegishli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda tegishli bo‘limlarga yetkazish;
dekanatga tegishli bo‘lgan hujjatlarni chop etish, ko‘paytirish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
dekanatga keluvchi fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish va murojaatnomalarni qabul qilish;
o‘zi ishlayotgan dekanatning sanitariya-gigiyena holati va tozaligini saqlash.
Bilishi kerak:
Malaka talablari:
Kompyuterda ishlash, matn kiritish, imlo-uslub qoidalari, hujjatlarni chop etish vaqtida materialni joylashtirish tartibi, namunaviy shakllardan foydalangan holda ishga oid xat va hujjatlarni chop etish qoidalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi;
kamida o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.
V. Fakultet faoliyatini to‘xtatish
Fakultet faoliyati Akademiya Kengashining qarori asosida rektor buyrug‘i bilan qayta tashkil etiladi (qo‘shish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish, qayta tashkil etish) va tugatiladi.
VI. Ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
Ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Akademiya Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli tartibda tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |