Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Namunali harbiy intizom uchun ballarni hisoblash


Download 0.51 Mb.
bet4/8
Sana25.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1229849
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3215 31.01.2020

3-bob. Namunali harbiy intizom uchun ballarni hisoblash
16. Har bir harbiy qismdagi harbiy intizom holati xolisona qayd etib borilishi zarur. Namunali harbiy intizom uchun harbiy xizmatchilarga ballarni chiqarishda xolisona qaror qabul qilish mas’uliyati guruh, vzvod, batalon va harbiy qism komandirlarining zimmasiga yuklanadi.
17. Agar muddatli harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida ko‘zda tutilgan tartibda namunali harbiy intizom uchun rag‘batlantirilsa (oldin berilgan intizomiy ta’zirni bekor qilish hollari bundan mustasno), harbiy qism komandiri tomonidan unga qo‘shimcha 10 ball qo‘yiladi.
18. Muddatli harbiy xizmat davomida necha marta rag‘batlantirilganidan qat’i nazar, muddatli harbiy xizmatchilarga namunali harbiy intizomi uchun 10 balldan ortiq ball qo‘yilmaydi.
Namunali harbiy intizom uchun beriladigan ball mazkur Nizomning 3-ilovasi tegishli ustuniga kiritiladi.
19. Muddatli harbiy xizmatchilarning barcha rag‘batlantirilishlari harbiy qism komandirlarining buyruqlari bilan e’lon qilinadi.
Har bir muddatli harbiy xizmatchini rag‘batlantirish masalasi uning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda bevosita harbiy xizmatchi komandirining bergan tavsiyasiga asosan ko‘rib chiqiladi.
20. Muddatli harbiy xizmatchi uchun berilgan rag‘batlantirishlar haqidagi ma’lumotlar uning xizmat varaqasiga qayd etib boriladi.
21. Test sinovlari o‘tkazilishidan besh kun oldin mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Reyting natijalarining yig‘ma jadvali tuziladi. Reyting natijalarining yig‘ma jadvali bevosita komandirlar, komandir o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi hamda harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
22. Reyting natijalarining yig‘ma jadvali harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng berilgan rag‘batlantirishlar uchun ball qo‘yilmaydi.
23. Reyting natijalari yig‘ma jadvalining nusxasi harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i (unga tenglashtirilgan shaxs) tomonidan imzolanadi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda test sinovlari boshlanishidan uch kun oldin bo‘linmalarda ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi.
24. Reyting natijalarining yig‘ma jadvali muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling