Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.51 Mb.
bet6/8
Sana25.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1229849
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3215 31.01.2020

5-bob. Tavsiyanomalarni berish
35. Tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi yakuniy qarorni qabul qilish maqsadida guruh (bo‘linma), batalon, vzvod komandirlari, shuningdek harbiy qism komandiri va uning o‘rinbosarlari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida yakuniy yig‘ilish o‘tkaziladi. Yakuniy yig‘ilish davomida har bir muddatli harbiy xizmatchining xizmat faoliyati baholanadi, test sinovlarining natijalari, namunali harbiy intizomi va o‘quv fanlaridan qo‘yilgan yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi uchun berilgan ballarining (agar mavjud bo‘lsa) umumiy yig‘indisi jamlanadi hamda muddatli harbiy xizmatchilarga e’lon qilinadi.
36. Yakuniy yig‘ilish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish to‘g‘risida xolisona qaror qabul qilish mas’uliyati shaxsan harbiy qism komandirining zimmasiga yuklanadi.
37. Beriladigan tavsiyanomalarning umumiy soni harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatida bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar sonining 40 foizidan oshmasligi kerak, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Bir nechta harbiy xizmatchilar teng miqdorda ball to‘plashi natijasida 40 foizli cheklovga amal qilishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ballarning pasayib borish tartibi bo‘yicha cheklov doirasiga kirishi lozim bo‘lgan oxirgi muddatli harbiy xizmatchi bilan teng miqdorda ball to‘plagan harbiy xizmatchilarning barchasiga tavsiyanoma berilishi lozim.
38. Xizmat mobaynida Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan muddatli harbiy xizmatchilar test sinovlarining natijalaridan qat’i nazar tavsiyanoma olish huquqiga ega bo‘ladi.
39. Muddatli harbiy xizmatni o‘tash mobaynida qo‘pol intizomiy xatti-harakatlar sodir etgan muddatli harbiy xizmatchilarga, agar ular bo‘yicha xizmat surishtiruvlari o‘tkazilgan va harbiy qism komandirlarining tegishli buyruqlari mavjud bo‘lsa, to‘plagan yakuniy ballari miqdoridan qat’i nazar tavsiyanoma berilmaydi.
40. Harbiy qism komandirining tavsiyanoma berilgan muddatli harbiy xizmatchini harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i quyidagi mazmundagi band bilan to‘ldiriladi:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z harbiy burchini vijdonan ado etgan _____________ga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zi to‘plagan ballining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz, shuningdek oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun tegishli o‘quv yiliga tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqini beruvchi tavsiyanoma berildi.”.
41. Harbiy guvohnomaning “Alohida qaydlar” bo‘limiga quyidagi mazmundagi jumla yozib qo‘yiladi:
“O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zi to‘plagan ballining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga, shuningdek oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun tegishli o‘quv yilida tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lish uchun 20 __ yil “___” ______ kuni ___ seriyali, ______ raqamli tavsiyanoma berildi.”.
42. Tavsiyanoma harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilayotgan muddatli harbiy xizmatchiga tantanali ravishda topshiriladi.
43. Tavsiyanoma blankasi qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanib, hisobga olish seriyasi va raqami hamda himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Tavsiyanoma blankalari mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi.
44. Tavsiyanoma blankalarining hisobini yuritish va ularning butligini ta’minlash hamda ulardan maqsadli foydalanish mas’uliyati harbiy qism komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha (soha yo‘nalishi bo‘yicha) o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.
45. Har yili mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatchilarga berilgan tavsiyanomalar soni, ularning seriya va raqamlari ko‘rsatilgan hisobotlar, shuningdek tavsiyanomalarni olgan harbiy xizmatchilar ro‘yxati va yakuniy yig‘ilishi bayonnomalarining nusxalari vazirlik, davlat qo‘mitalari va idoralarning tegishli bo‘linmalariga taqdim etiladi.
46. Muddatli harbiy xizmatchiga berilgan tavsiyanomalarning koreshoklari harbiy qism arxivida besh yil davomida saqlanadi.
47. Tavsiyanoma egasining arizasiga asosan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma o‘rniga harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan uning dublikati beriladi. Tavsiyanoma egasi tavsiyanomani yo‘qotganligi haqida davriy nashrda e’lon qilishi hamda harbiy qismga nashr nusxasini taqdim qilishi kerak. Yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma harbiy qismga qaytarilishi va o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinishi zarur.
48. Tavsiyanomaning yuqori o‘ng burchagida “Dublikat” degan shartli yozuv bo‘lgan yangi blankada, asl nusxasida (koreshokda) ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgan holda rasmiylashtiriladi. Dublikatning orqa tomoniga “20__ yil “___” __________da berilgan _____-sonli tavsiyanoma o‘rniga berilgan” degan so‘zlar yoziladi va harbiy qism gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling