Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.51 Mb.
bet5/8
Sana25.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1229849
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3215 31.01.2020

4-bob. Test sinovlarini o‘tkazish
25. Muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash, shuningdek ularning bilim darajasini tekshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda DTM deb yuritiladi) tomonidan har bir harbiy qismda test sinovlari o‘tkaziladi.
Test sinovlariga barcha muddatli harbiy xizmatchilar kiritiladi.
26. Test sinovlarini o‘tkazish muddati tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan DTM bilan kelishilgan holda belgilanadi.
27. Test sinovlari o‘tkazilishidan bir oy avval tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan DTM bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qo‘shin turlaridagi jangovar-xizmat vazifalarning xususiyatlarini inobatga olgan holda muddatli harbiy xizmatchilarning tayyorgarlik dasturlariga mos namunadagi test savollari tuziladi.
28. Matematika va fizika fanlari bo‘yicha hamda mantiqiy test savollari DTM tomonidan tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ishtirokida umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi o‘quv dasturlarini inobatga olgan holda tuziladi.
29. Test savollari muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda har yili tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan DTM bilan hamkorlikda qaytadan ko‘rib chiqilishi lozim.
30. Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 ta bo‘lib, ularning 40 tasi — jangovar tayyorgarlik, 20 tasi — ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 tasi — matematika fani, 10 tasi — fizika fani bo‘yicha test savollaridan, shuningdek qolgan 20 tasi — mantiqiy test savollaridan iborat bo‘ladi.
Har bir to‘g‘ri javob uchun: jangovar tayyorgarlik bo‘yicha — 1,2 ball, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha — 1,1 ball, matematika bo‘yicha — 1 ball, fizika bo‘yicha — 1 ball, mantiqiy savollar bo‘yicha — 1 ball beriladi.
31. Test sinovlarini o‘tkazishning umumiy vaqti 3 soatni tashkil etadi. Bunda, test sinovi uchun 2 soat 30 daqiqa, javoblar varaqasini to‘ldirish uchun 30 daqiqa ajratiladi.
32. DTMdan test sinovlarining natijalari haqida rasmiy ma’lumotlar olinganidan so‘ng, har bir harbiy qismda test sinovlarining natijalari va muddatli harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat mobaynida to‘plagan ballari ko‘rsatilgan, mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Yakuniy jadval tuziladi.
Yakuniy jadval to‘plangan ballarning pasayib borish tartibida tuziladi hamda muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.
33. Yakuniy jadval nusxasi harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i (unga tenglashtirilgan shaxs) tomonidan imzolanadi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda DTMdan olingan test natijalariga oid rasmiy hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi.
34. Harbiy qismlarning saf bo‘limida mazkur Nizomning 1 — 4-ilovalariga muvofiq shaklda tuzilgan jadvallar ro‘yxatga olinadi va ularning qat’iy hisobi yuritiladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling