Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.51 Mb.
bet3/8
Sana25.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1229849
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3215 31.01.2020

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga beriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagilarga:
respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga;
respublikaning oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]

2-bob. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik natijalari uchun ballarni hisoblash
4. Guruh (bo‘linma) komandirlari tomonidan o‘quv yili dasturi asosida muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik natijalari bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari yuritiladi.
5. Muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik natijalari bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari ularga o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash orqali aniqlanadi.
6. O‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi butun o‘quv yili davomida jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik jurnallarida qayd qilib boriladi.
7. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik jurnallarida muddatli harbiy xizmatchiga o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholar uning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblab chiqarish uchun asos bo‘ladi.
8. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik jurnallarida qayd qilingan baholar mazkur Nizomning tegishliligiga ko‘ra 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakllardagi jadvallarga kiritiladi hamda o‘quv fanlarining qo‘yilgan bahoning oylik yoki yillik (yakuniy) o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblab chiqariladi.
Bunda, barcha o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholar yig‘indisi o‘tilgan o‘quv fanlarining soniga bo‘linadi. Masalan, agar muddatli harbiy xizmatchi oy davomida otish tayyorgarligi mashg‘ulotlarida 4 baho, taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida 5 baho, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida 4 baho olgan bo‘lsa, o‘rtacha ko‘rsatkich quyidagicha hisoblanadi: 4+5+4=13; 13:3=4,3.
9. O‘quv yili yakunida test sinovlari o‘tkazilishidan oldin harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatida bo‘lgan hamda o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan yuqori bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarga ball beriladi.
Bunda, o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan yuqori bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarga quyidagi tartibda ball beriladi:
4,0 dan 4,3 gacha — 10 ball;
4,4 dan 4,7 gacha — 15 ball;
4,8 dan 5,0 gacha — 20 ball.
10. O‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan past bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchiga ball berilmaydi.
11. O‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi uchun berilgan ballar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Reyting natijalarining yig‘ma jadvaliga kiritiladi.
12. Oy yakunlari bo‘yicha har oyda muddatli harbiy xizmatchilarning o‘quv fanlaridan qayd etgan ko‘rsatkichlari umumlashtirilib, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq pasayib borish tartibida tuziladigan Reyting natijalarining oylik jadvali rasmiylashtiriladi hamda vzvod (bo‘linma) komandirlarining o‘rinbosarlari bilan kelishilgan holda har oyning to‘rtinchi payshanba kuni batalon (batalonga tenglashtirilgan bo‘linma) komandiriga taqdim etiladi. Reyting natijalarining oylik jadvali muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.
13. Batalon komandiri vzvod (bo‘linma) komandirlari tomonidan taqdim qilingan muddatli harbiy xizmatchilarning reytingi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishni tashkillashtirib, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq O‘rtacha ko‘rsatkichlar reyting jadvalini rasmiylashtiradi va batalon komandirining o‘rinbosarlari bilan kelishgan holda har oyning to‘rtinchi juma kuni harbiy qism komandiriga taqdim etadi. O‘rtacha ko‘rsatkichlar reyting jadvali muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin besh yil davomida saqlanadi.
14. Harbiy qism komandiri butun o‘quv yili davomida muddatli harbiy xizmatchilar reyting natijalarining oylik monitoringi olib borilishini ta’minlashi lozim.
15. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik jurnallari muddatli harbiy xizmatchilarning baholari qayd etib boriladigan asosiy hujjat hisoblanadi hamda ularga o‘zgartirishlar kiritilmasligi va but holatda saqlanishi uchun guruh (bo‘linma) komandirlari mas’ul bo‘ladi.
Ushbu jurnallarning to‘g‘ri yuritilishi va baholarning haqqoniyligini tekshirib borish maqsadida har oyda bir marta vzvod (bo‘linma), batalon komandiri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘rganish tadbirlari o‘tkaziladi. O‘rganish natijalari unda ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolangan holda tegishli jurnallarga qayd etib boriladi.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling