Muhaddislar Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari
Qur’onning muqaddas falsafiy-axloqiy asar sifatida o’rganilishi
Download 56.2 Kb.
|
I. asosiy qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Qur’on”
- Qur’oni Karim
2.Qur’onning muqaddas falsafiy-axloqiy asar sifatida o’rganilishi.
G’arb va SHarq tadqiqotchilari “Qur’on”ni jahon madaniyatining eng nodir asarlaridan biri deb hisoblaydilar. Xat-savodi bo’lgan Abu Bakr as-Siddiq, Umar ibn al-Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Koaablar “Qur’on” oyatlarini yigirma uch yil davomida yod olib borganlar va xat bilan bitganlar. Uchinchi xalifa Usmon ibn Affonning topshirig’iga ko’ra “Qur’on” suralari va oyatlari birinchi bo’lib sahoba Zayd ibn Sobit tomonidan kiyik terisidan tayyorlangan sahifalarga bitilgan. So’ngra ushbu manbadan 6 nusxa ko’chirtirilib, markaziy shaharlarga bitta nusxadan yuborilgan hamda qur’onning faqat ana shu nusxalaridan foydalanishga farmon berilgan. SHunday qilib, “Qur’on” musulmonlarning diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotida asosiy qo’llanma bo’lib qoladi. Ma’lumki, islom g’oyalari, musulmonchilikning talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlari “Qur’on” va uning tafsirlari, “Hadisi SHarif”, shariat qoidalari bitilgan qo’llanmalar hamda ilohiyotga oid adabiyotlari mazmunida batafsil ifodalangan. “Qur’on”- dunyo madaniyatining ulkan boyligi, musulmonlarning muqaddas kitobi bo’lib, arab tilida “qiroat” ma’nosini anglatadi. “Qur’on” 114 suradan iborat bo’lib, ularning 9O tasi Muhammad Alayhis-salom Makka shahrida, 24 tasi esa Madina shahrida istiqomat qilgan davrlarda nozil bo’linganligi to’g’risida manbalarda ma’lumotlar keltiriladi. “qur’on” g’oyalari kishilarni tenglik, birodarlik, tinch-totuv yashash va ezgulikka undaydi. SHunga ko’ra, u katta axloqiy qimmatga ega. “qur’on”g’oyalarining ma’naviy-axloqiy xususiyatlari xususida so’z yuritilar ekan, uning insonning ma’naviy kamolga yetishida qay darajada muhim o’ringa ega ekanligiga amin bo’lamiz. SHuning uchun u mana necha asrlardan beri insoniyatning eng ulug’ qadriyati sifatida e’zozlanib kelinmoqda. Qur’oni Karim kishilarni tinch-totuv yashash, birodarlik, tenglik, saxiylik va bir-biriga mehr-muhabbat ko’rsatishga undaydi. SHunga ko’ra u katta axloqiy ahamiyatga ega. “Qur’on”ning axloqiy qimmati uning insonni ma’naviy kamolotga erishishida rioya etishi lozim bo’lgan talablarni bir butun holda mujassam eta olganligi bilan belgilanadi. SHu bois u necha asrlardan buyon insoniyatning eng ulug’ qadriyatlaridan biri sifatida e’zozlanib kelinmoqda. Aslini olganda, islomda ilohiy va dunyoviy hodisalar alohida-alohida olib qaralmaydi. Islom ta’limotida insonning ruhiy va jismoniy kamolotiga ham birdek e’tibor beriladi. Islomiy g’oyalar odamlarni yaxshilikka da’vat etadi, ularni yomonlikdan qaytaradi. Insonparvarlikni targ’ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-ma’naviy poklik, mehnat qilish hamda yer yuzini obod va go’zal etishga undaydi. U adolat, tenglik, tinchlik, erkni targ’ib etadi. Buni biz “Qur’on”ning inson kamolotga erishishidagi ahamiyati, uning insonga va butun borliqqa nisbatan munosabati mazmunidan ham bilsak bo’ladi. Sura va oyatlar vositasida zohir etilgan musulmon olami, xususan, islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlarning madaniyati, ma’naviyati va ma’rifatiga oid qarashlar axloqiy me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, inson kamoloti avvalo uning bilim va tafakkur darajasi bilan belgilanadi. Islom dini asrlar davomida insonlarni chuqur bilim olish, ilm-fan sirlarini puxta egallash, o’zlashtirilgan bilimlar asosida ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga undab kelgan. Ilm-fan, ma’rifat taraqqiy etgan jamiyatgina ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi. “Qur’on”ning “Zumar” surasi 9-oyatida kishilarni ilm o’rganishga da’vat etuvchi shunday fikrlar bayon etiladi: “Ayting: Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo’lurmi? Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat qila olurlar”.1 “Qur’on”da har bir mo’min-musulmon bajarishi zarur bo’lgan yaxshi amallar inson kamolotini belgilovchi omillardir, deb tushuntiriladi. Zero, Islom dini g’oyalarining asl mohiyati ham kishilarga yomonlikning salbiy oqibatlarini ko’rsatish, ularni doimo to’g’ri yo’lda yurishga da’vat etish va yomonlikning oldini olishdan iboratdir. Beva-bechora, yetim-esir va qarovsiz kishilarga nisbatan ehson ko’rsatish, xayr qilish insonga xos bo’lgan eng muhim axloqiy xislatlardan biri ekanligi, insonda imonning o’ziga xos mezoni sanalgan saxovat, mehmonnavozlik, jasorat, sabr va qanoat, to’g’rilik, vafodorlik va sodiqlikka katta e’tibor beriladi. SHundanmi, insondagi axloqiy xislatlardan eng muhimi hayru ehson haqida alohida fikr yuritiladi. «Ehson» tushunchasi mazmunan keng qamrovli bo’lib, unda muomala ham, inson tomonidan amalga oshiriladigan barcha yaxshi amallar mohiyati ham aks etadi. O’zgalarga nisbatan ehson ko’rsatish - har bir insonning eng oddiy insoniy burchi bo’lishi lozimligi aytiladi. Zero, ikki olamning yaratguvchisi bo’lgan Olloh barcha ne’matlarni o’zi yaratgan mavjudotlarga ehson etgan. Olloh tomonidan qilingan ehsondan foydalanguvchi bandalar ham aholining eng nochor qatlami vakillariga nisbatan muruvvatli bo’lishlari, ularga xayru-ehson ko’rsatishlari lozim: “Olloh senga ehson qilgani kabi sen ham (Ollohning bandalariga) infoq-ehson qil” (“qasos” surasi, 77-oyat). SHuningdek, kim birovga ehson qilsa, uning foydasi o’ziga qaytishi, chunki birovga yaxshilik qilgan kishi o’zida ruhiy qanoat his etishi, boshqalar tomonidan hurmat-ehtiromga sazovor bo’lishi ta’kidlanadi. Mazkur fikrlar «qur’on»da quyidagicha ifodalanadi: «Kim chiroyli amal qilsa, unga o’n barobar bo’lib (qaytarilur). Kim biron yomon ish qilsa, faqat o’shaning barobarinda jazolanur» («An’om» surasi, 160-oyat). Download 56.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling