Muhamedova Dilafruz 404-guruh 2-oraliq nazorat


Download 27.65 Kb.
Sana21.05.2020
Hajmi27.65 Kb.
#108378
Bog'liq
Qiyosiy a.


Muhamedova Dilafruz 404-guruh

2-oraliq nazorat.

1.Birinchi O’zbek romani “O’tkan kunlar “ maqolasi tahlili.

2.U.Jo’raqulovning Navoiy ijodiga oid maqolalari haqida.

3.U.Jo’raqulovning jahon adabiyotiga oid qarashlari haqida.

1.Birinchi o'zbek romani Habibullo Qodiriy “Otam haqida” kitobida “O’tkan kunlar”ning yakunlanib, bosilib chiqishi haqida xotirlaydi: (mazmuni)Bir kuni otam o’zlarining ijodxonalarida yig’lab o’tirardilar. Bibim bilan shu xonaga kirdik. Keyin chiqib ketdim. Bibimdan otamga nima bo’ldi deb so’raganlarida, ular “Otang jinni bo’lib qoldi…” deb javob qilgandilar. Keyin bilsam, bu paytda dadam “O’tkan kunlar”ning so’nggi bobini yozayotgan ekanlar.

Dadamning yaqin do’stlaridan Akbarxo’ja amakining xotirlashicha, ular har hafta “gap” yeyisharkan. Har yig’ilishda dadam yozgan “O’tkan kunlar”ning boblarini peshma-pesh o’qib berarkanlar. Bir kuni otam kechroq kelibdilar. O’rtoqlari davomini eshitaylik deyishganda, avval norinni yeb olaylik, keyin yeyolmay qolasizlar, desalar ham ko’nishmabdi. Keyin oxirgi boblarni o’qib berganlarida, hammalari yum-yum yig’lashgan ekan. Norinni ham yemay, uylariga tarqalishgan ekan.Abdulla Qodiriy shunday degan edilar: Yozganing agar o’zingni yig’latmasa-kuldirmasa, o’zgani hech yig’latmas-kuldirmas!”“O’tkan kunlar” chop etilishi bilan hali siyohi qurimasdan kitobxonlar ommasiga yetib borardi. Roman yangi bosilib chiqqach (10000 nusxa), do’konlarda ko’p turmay, tezda sotilib ketgan ekan.Baxt va baxtsizlik Har gal "O'tkan kunlar"ni o'qir ekanman, Usta Alimning hikoyasiga kelganda ajib bir shavqu zavq meni qamrab oladi. Hikoyaning o'ta samimiyligi, usta Alim va Saodatning qiziq sevgi tarixlarini muallif juda ishonchli va aytish mumkinki, mehr bilan tasvirlagan. O'qiguvchi Usta Alim bilan o'zini do'stdek tasavvur qiladi. Uning hikoyasini yonida aytib berayotgandek, usta baxtidan suyunadi, chehrasi ochiladi. Butun vujudi quloqqa aylanib, hikoyani tinglaydi. Ba’zida esa o’zini Usta Alimning o’rniga qo’yadi. Unikidek buyuk muhabbat, “manim uchun to’qib berolmaysizmi?” so’zi bilan boshlangan samimiy tuyg’ular o’ziga ham yor bo’lishini ich-ichidan istaydi.Lekin har gal hikoyaning yakuniga kelganda uni davom ettirgim kelmaydi, Baxtning ketidan kelgan yovuz baxtsizlik hikoyasidan esankirab qolaman-u, shartta kitobni yopib qo’yaman. Bo’ldi, do’stimning hayoti kulga aylandi! Uxlay deyma-u, uyqum kelmaydi, o’zimni qayta-qayta Usta Alimning o’rniga qo’yaman. Bir balo qilib uxlab olganimdan keyin, Usta Alimni tushimda ham ko’raman, uning baxtidan yana quvonaman, sevinchim ichimga sig’maydi, qani uyg’onmasam... Lekin bir payt qorong’u zulmat ichidan bostirib kelgan baxtsizlik tushimni ham azaga aylantiradi... Usta Alimning u o’ldi?! degan so’zidan keyin... uyg’onib ketaman. Yana kitobni ochaman:

“… Saodatning oy-kuni yaqinlashdi… yaqinlashdi… lekin abadiy baxtsizlik kunlarim, manhus soatlarim ham yaqinlashdi… Dunyog’a

kelib ko’rgan birdan-bir quvonchimdan ayrilg’an edim. Hayotning hamma umrimga kifoya qilarliq mudhish zarbasini shodliq ichida qarshilag’an edim. Oylar bo’yuncha ko’z yoshimni yog’mur kabi to’kdim. Chunki menga bundan boshqa ovunchoq qolmag’an edi…”

2. - Navoiy davridan XX asrgacha bo'lgan mumtoz adabiyotshunoslik an'anasida biror ijodkor yoki muayyan asarni bugun biz o'rgangan usullarda tadqiq etish, o'quvchiga "chaynab berish" rasm bo'lmagan. Navoiyshunoslik umumiy e'tiroflar, sharhlar va nasriy bayonlar tarzida shakllangan. Chunki Navoiyning e'tiqodi, dunyoqarashi, u taqdim etgan syujetlar, obrazlar, uslubiy tizim davr o'quvchisi ruhiyatiga yaqin edi. Mumtoz an'analar ichida yashagan o'quvchi Navoiy badiiyatini ham tabiiy ravishda qabul qilar edi. XX asrda boshlangan turli ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar ayni silsilaning uzilishiga sabab bo'ldiki, buning tafsilotlari haqida ko'p gapirilgan. Bu birinchidan.Ikkinchidan, Navoiyni to'g'ridan-to'g'ri his etish, badiiy qabullashdagi muammoni faqat tilning arxaikligi, jumla, bayt va misra tuzilishidagi murakkabliklar, metaforizatsiya, ko'pplanlilik, ko'pqatlamlilik bilan izohlash ham to'g'ri emas. O'ylashimcha, bu bizda Navoiy ijodiga nisbatan sun'iy fobiya uyg'otadi va, ayni paytda, leksik zaxiramizning qashshoqlashuviga olib keladi. Badiiy tilimiz asl jozibasini his eta olmaslik kasalini keltirib chiqaradi.

Uchinchidan, Navoiy o'z asarlarini bir nechta tillar (arab, urdu, hind, mo'g'ul, fors) kesishgan ko'p tilli tafakkur sathida ijod etgan bo'lsa-da, uning badiiy nutqi, uslubi asosini bugungi jonli tilimizda faol qo'llanayotgan uch buyuk lahja tashkil qiladi. O'g'uz, qipchoq, qorluq nomlanadigan, har biri o'z tarkibida o'nlab, hatto yuzlab dialekt va shevalarni, ko'plab davlat tillarini mujassam etgan tarixiy va hozirgi o'zbek jonli tili Navoiy ijodining buyukligi, o'ziga xosligini ta'min etgan asos hisoblanadi. Navoiy badiiy tilida forsiy so'zlarning bisyorligi haqidagi "bashorat"lar esa aniq faktik asosga ega emasligi bilan bir qatorda, badiiy qabullash jarayonlaridagi psixologik fobiyani shakllantirgan va bugungacha jadal rivojlantirib kelayotgan quruq gipotezadan boshqa narsa emas. Zotan, bugungacha biror tadqiqotchi Navoiy asarlarida qo'llangan forsiy so'zlarning turkiy so'zlar bilan nisbati xususida ilmiy bir xulosa bera olgan emas, bera olmaydi ham. Navoiy ijodi bilan shug'ullanayotgan kichik bir mutaxassis sifatida ishoch bilan ayta olamanki, Navoiy asarlarida istifoda etilgan forsiy so'zlar nisbati bugungi jonli nutqimizga singib ketgan forsiy o'zlashmalar nisbatidan ko'p emas. Fojiaviy tomoni, Navoiy tilidagi forsiy so'zlarni emas, ko'proq sof turkiy so'zlarimizni unutib qo'yganimizda, aniqrog'i, bugun biz ilmiy, publitsistik, metodik sathlarda fikrlayotgan adabiy tilning uch buyuk lahjamizdan haddan tashqari uzoqlashib ketganida, deb o'ylayman. Bu jihat Navoiy ijodida jumla, bayt, misra, hatto so'z konstruktsiyasi sifatida namoyon bo'ladigan badiiy fikrni anglashimizda eng katta to'siqdir. Demak, xulosa qilish mumkinki, Navoiy olamiga kirishning muhim shartlari: navoiyshunoslik metodologiyasini uning dunyoqarashi va e'tiqodidan kelib chiqib qayta ishlab chiqish; ilmiy-adabiy idroklash mexanizmi - adabiy til va estetik tafakkur shaklini o'zgartirish, Navoiy fikrlagan uch buyuk lahja imkoniyatlarini tiriltirish; turli sun'iy psixologik fobiyalardan qutilishdan iborat.

3. Jahon xalqlari oʻrtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab keng miqyosda rivojlana boshlagan. Bu jarayon bir-biridan uzoq boʻlgan mintaqalardagi adabiyotlarning oʻzaro aloqalari, badiiy jihatdan bir-biriga taʼsirining kuchayishiga sabab boʻldi hamda jahon madaniyatining sifat va mazmun sirasida yangi bosqichga koʻtarilishini taʼminladi, qaysidir bir maʼnoda yangi shakllarning paydo boʻlishiga olib keldi. Ushbu yangilanish, zamonga qarab oʻzgarish adabiy jarayonda toʻliq anglab olindi va bu borada mashhur nemis shoiri Gyote oʻz ijobiy fikrini bildirib, ilk dafʼa “jahon adabiyoti” atamasini isteʼmolga kiritdi.XIX asrda shakllangan “jahon adabiyoti” tushunchasi, uni anglash tamoyili keyinchalik barcha milliy va mintaqaviy adabiyotlarni bir-biriga yaqinlashtirdi. XX asr soʻnggida ushbu yaqinlik yangi xususiyat kasb etib, “jahon adabiyoti” tushunchasidan “umuminsoniy adabiyot” tushunchasi sari oʻzgara bordi. Toʻgʻrisi, ushbu yangi jarayonning yuzaga kelayotganligi nazariy jihatdan oʻz vaqtida ilgʻab olinmadi. Bir-biridan uzoq, turli mintaqalarda joylashgan mamlakat va xalqlarning oʻzaro iqtisodiy va madaniy aloqalari faollashuvi va jadal suratda taraqqiy etishi jahon adabiyotidan umuminsoniy adabiyotga oʻtishning ragʻbatlantiruvchi omili sifatida xizmat qildi hamda mantiqiy ravishda har xil milliy adabiyotlarning bir-birini boyitishi, bir-biriga singib ketishi, oʻzaro taʼsir etish jarayonlarida aks etmasdan qolmadi. Oʻtgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab sifatli tarjimalarning ortib borishi, xorijiy tillarni keng koʻlamda oʻrganish, yangi metodologiyalarga boy adabiyotshunoslik ilmining yuzaga kelishi umuminsoniy adabiyotning shakllanishida ragʻbatlantiruvchi omilga aylandi. Darhaqiqat, oʻtgan asrning 60-70 yillarida Gʻarb mamlakatlarida vujudga kelgan “yangi adabiyotshunoslik” (R. Bart, S. Todorov, Yu. Kristeva va boshqalar) tillarni badiiy matn tahlili va talqini orqali chuqurroq tushunish hamda oʻzlashtirishda asosiy tamoyil sifatida qabul qildi. Ushbu jarayonda Sharq va Gʻarb, Osiyo va Yevropa, Lotin Amerikasi va Yevropa kabi jugʻrofiy va tarixiy jihatdan bir-biridan yiroq boʻlgan mintaqalardagi adabiyotlarning oʻzaro taʼsiri, shuningdek, zamonaviy adabiyotning qadim adabiyot bilan uzviy bogʻliqligi muhim ahamiyat kasb etdi. Madaniyatlarning bir-biriga oʻzaro taʼsiri, hamkorlik aloqalari, televideniye va internet tarmogʻi kabi yangi kommunikatsiya vositalarining paydo boʻlishiga sabab boʻldi.



Roman xotimasi reallik va matn oʻrtasidagi oʻziga xos oʻzaro aloqadorlikni, oʻzaro harakatni yana bir karra taʼkidlaydi. Butun boshli asarda koʻp qiyofali va nimaga qodirligini oldindan payqab boʻlmaydigan reallik qatʼiy qoidalardan xoli, ochiqdan-ochiq romaniy shaklda gavdalanadi, bu shakl bir taxlitda, bir maʼnoli tushunishni istisno qiladi, talqinlarning koʻpligini taqozo etadi. Jumladan, dunyo miqyosidagi oʻzgarishlar, dunyoni larzaga keltiruvchi kulfat, halokat va fojialarni boshdan kechirayotgan davrda butun borliq, real voqelik, qolaversa, inson hayotining dudmalligi va maʼnosizligini oʻzida mujassam etadi.Fojiali shaxs, insoniyat tarixini, inson tafakkuri va dardu azobini (“Qadim ahd” va “Yangi ahd”dan olingan parafrazalar, Injilda keltirilgan ism va nomlar, Polineziya maʼbudalariyu Misr xudolari, katolik va pravoslav bayram hamda eʼtiqodlari, buyuk fransuz mutafakkiri Blez Paskalning “Fikrlari”, xitoy va nemis donishmandlari, fransuz naturalizmi tarafdorlari gʻoyalari, badiiy adabiyot qahramonlari va hokazo) oʻzida aks ettirib, teatr, musiqa, kino, sheʼriyat, mumtoz psixologik roman va zamonaviy sanʼat kabi har xil sanʼatlarning badiiy tajribasini oʻz tarkibiga singdirib, polilog jarayonga kirishishga harakat qiladi, oʻzaro kelishuvga, murosaga bormoqchi boʻladi, jumlai olamdagi mavjud umumbashariy, teran birlikning birdamlikka erishishiga harakat qiladi.Rang-barang “kamalak”, “chiroyli mozaika” moduli “umuminsoniy adabiyoti”ning shakllanishi, qaror topishi yoʻllarini oldindan belgilab beruvchi behad koʻp, oʻzaro chatishib ketgan madaniy aynan oʻxshashliklarning variantidek namoyon boʻlmoqda. Bu holat M. Fermin (Maxence Fermine) qalamiga mansub “Qor” (“Neige”, 1999) nomli romanda oʻz aksini topgan; aytish kerakki, bu romanda mumtoz yapon va zamonaviy yevropacha adabiyotning oʻzaro chatishib ketgan yaxlitligi ajoyib tarzda mujassamlantirilgandir. Romanning butun qurilmasi va poetikasida chatishib ketgan ushbu yaxlitlik xokku anʼanaviy yapon sheʼriyati va simvolizm ruhining uygʻun birikmasi hosilasidir. “Narsalarning gʻamgin sehri va maʼyus tarovati” yapon estetikasi va shozistlarga xos boʻlgan narsalar dunyosini chetdan turib qayd etish va odamlarni “moddiylashtirish” xususiyati, dialogga kirishib, taqqoslana olmaydigan tushunchalarning birligida, birdamligida dunyoga kelgan yangi maʼnoni anglashga olib keladi. Hayot falsafasidek, haqiqiy bilishdek namoyon boʻluvchi mushohada poeziyasi, “qarash”ning yangi roman nazariyasi va yevropacha simvolizm anʼanalari, bir-birini yaqqol ifodalab, boʻrttirib tasvirlab, qolaversa, taʼkidlab, oʻzida yangi romaniy yaxlitlikni tugʻdiradi.Qahramonlar bolaligi paytida Shanxayda boʻlib oʻtgan xalqaro anjuman turli madaniyatlarning rang-barang va xilma-xilligi, ayni paytda esa, maʼnodosh hamda birdamligining ramziy maʼnosi, namunasi tarzida xizmat qiladi; unda ishtirok etgan xitoy, yapon, ingliz, fransuz, arab, rus va amerikalik bolalar oʻzlarini yagona oiladek his qilishadi, bir-birini soʻzsiz tushunishadi. Shanxay ular tasavvurida “yagona umumiy uy”ga aylanadi. Aslida, dushmanlik va adovat ruhiga toʻla dunyoning tashvishlari bu uyda yashayotgan yetim bolalarda ham shakllangan; oʻz madaniyatidan uzoqlashtirilgan, “yetti yot begona” madaniyatlarni oʻzlashtirib olgan va oʻziniki deb hisoblovchi bu bolalar oʻz “ota-onasi”, “qadrdon uy”ining asta-sekin yoʻqolib borayotgan soyalari ortidan butun umri izma-iz taʼqib qilishga mahkum etilgandir. Ota-ona, uy, kurrai zamindagi har bir joy arxetipi falsafiy, psixologik hamda hayotiy jihatdan mazmunsiz, maʼnosiz boʻlib qoladi. Bolalar “jannat”dan, oʻziga tegishli boʻlgan uydan, aslida, haydab chiqarilgan, qardoshlik va hamjihatlik rishtalari urush tomonidan barbod qilingan. Angliyada tahsil olib, mashhur detektivga aylangan Kristofer bu yurtda “oʻziniki” boʻlaolmay, Shanxayga qaytadi. Ota yurtga kelib, u qachonlardir oʻgʻirlab ketilgan ota-onasining aniqlanmagan “jinoyat”ini ochishga, hech boʻlmaganda, ularning izini topishga harakat qiladi. Uning oʻtmishga qilgan “sayohat”i bugungi kunning aqlbovar qilmaydigan real voqeligiga aylanib ketadi.
Download 27.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling