Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologilari universiteti fizikakafedrasi mustaqil ish


Abu Ali ibn Sinoning musiqiy-nazariy merosi (980–1037


Download 19.74 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi19.74 Kb.
#1503671
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qoraxoniylar

Abu Ali ibn Sinoning musiqiy-nazariy merosi (980–1037)
Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning serqirra ilmiy merosida musiqa muhim va salmoqli o’rin tutadi. Ibn Sino o’zidan oldin o’tgan yunon faylasuflari Aristotel’, Ptolomey, Evklid, shuningdek, SHarq olimlari Kindiy, Xorazmiy va Forobiy asarlarini ijobiy o’zlashtirib, musiqa ilmida mustaqil ta’limot yaratdi. Alloma qo’yilgan masalalarning kengligi, yoritilish darajasining teranligi nuqtai nazaridan o’z zamonida beqiyos bo’lgan. Ibn Sino ta’limotining ahamiyati davr doirasi bilan cheklanmasdan, balki SHarq va G’arb musiqasining keyingi rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Abu Ali ibn Sino musiqa ilmini yoshligidanoq puxta egallagan. Allomaning tarjimai holida yozilishicha, yoshligida riyoziyot (matematika), falsafa, tibbiyot ilmlarini puxta o’rgangan, Qur’oni Karimni yoddan bilgan. Ma’lumki, musiqa ilmi matematikaning tarkibiy qismi bo’lgan. Ibn Sino buyuk allomalar Ptolemey va Evklid asarlari bilan tanish bo’lgan. U 17 yoshidayoq olim sifatida shakllandi, katta nufuzli shifokor bo’lib yetishdi.
“Kitob al-qonun fit-tib” (“Tib qonunlari”)3 qomusiy asari uni jahon miqyosida katta shon-shuhrat pog’onasiga olib chiqdi. Mazkur asarning lotin tilidagi tarjimasi XV asr oxirlarida dastlabki bosma asarlar qatorida chop etilgan. 1593 yilda “Qonun”larning arabcha asl nusxasi Rimda nashr etildi va XVII asrga qadar ko’p marta chop etildi; G’arb tibbiyoti “Qonun” ta’siri ostida bo’ldi. Ibn Sino ushbu asarida avvalo musiqaning ruhiy ta’sir kuchiga baho berib, go’dak tarbiyasidagi ahamiyatini oddiygina ta’riflaydi: “Go’dak organizmining chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi onaning qo’shig’i (allasi). Birinchisi (bolaning) tanasiga, ikkinchisi – ruhiga tegishlidir”. Ibn Sinoning navqiron davri ona shahri Buxoroda o’tgan. Bu davrda Buxoro rivojlangan shaharlardan edi. O’z navbatida ta’kidlash kerakki, allomaning o’smirlik chog’lari Somoniylar hukmdorligida o’tgan bo’lsa-da, ammo ijodiy barkamollikka erishgan yillari Qoraxoniylar hukmronligi davriga to’g’ri keladi. Ibn Sino yashagan davrda, yangi talablarga buysundirilgan holda qayta o’zlashtirilgan Rost, Zangula, Zirafkand, Raxoviy, Navro’z va shunga o’xshagan qadimiy yo’llar O’rta va Yaqin SHarq mumtoz musiqasining yangi tizimi maqomlar tarkibiga singdirila boshlagan (Ibn Sino zamonida maqom iborasi hali keng joriy qilinmasdan ustozona mumtoz musiqa namunalari yuqorida zikr etilgan Iroq, Navo kabi parda nomlari bilan yuritilgan. Bular maqomlarning toifadoshlari edi).
Ibn Sino musiqa borasidagi qarashlarining asosiy xususiyati, hamda Forobiy ta’limotidan farqli tomonlaridan biri shundaki, Ibn Sino o’z musiqa nazariyasini (asosan ilmu ta’lifni) ko’proq tovushning fizik xususiyatlariga qarata tuzishga intiladi. Forobiy esa nazariyani ko’proq tajriba va idroklash qonuniyatlari bilan bog’laydi. Bunda Ibn Sino ta’limotining kuchli va zaif tomonlari namoyon bo’ladi. Zaif tomoni shundan iboratki, Ibi Sino musiqaning ichki tuzilish va idroklash konuniyatlarini absolyutlashtirmoqchi bo’ladi. Kuchli tomoni shundaki, musiqani faqat tajribaning o’ziga bog’lab qo’ymasdan, uni fan va ilmiy tafakkur yordamida rivojlantirishga da’vat etadi. Ibn Sinoning musiqaviy ta’limotida estetika, nazariya va amaliyotga oid qator dolzarb masalalar o’z aksini topgan.Musiqani inson faoliyatining mahsuloti, aloqa vositasi deb tushunishga asoslangan Ibn Sino estetikasi, O’rta asrlar musiqa tafakkurining eng ilg’or ko’rinishlaridan biridir. Ibn Sino o’zining “Javami ilmil-musiqa” asarini g’oyaviy qarashlarni to’g’ridan-to’g’ri rad qilishdan boshlaydi: “...biz musiqa pardalarining munosabatini falaksiymolar va ruhning ahloqiy xususiyatlariga qiyos qilishga e’tibor bermaymiz; chunki bu bir ilmni ikkinchisidan ajratib ololmaydiganlarning odatidir”. Bu musiqani progressiv yo’nalishlarini qo’llab-quvvatlash, idealistik qarashlardan muxofaza qilishda O’rta asrlar sharoitida juda katta ilmiy matonat edi. Ibn Sinoning ilmu ta’lif nazariyasida ham uning barcha kategoriyalari, tovushdan to murakkab tuzilmalargacha batafsil ko’rib chiqiladi. Forobiy Jadvalida tovushlar tizimining negizini tabiiy intervallar tashkil qiladi. Bu hol ayrim tadqiqotchilarga Ibn Sinoni musiqada “sof parda tizimi”ning bunyodkori deyishga asos bergan. Aslida esa Ibn Sinoda “sof parda tizimini” polifonik yoki garmonik kamsadolikning asosi deb tushunish hali bo’lmagan edi. Bu intervallarni afzal ko’rish esa musiqani tabiiy asoslarga yaqinlashtirish istagi bilan bog’liq edi (akustika qonuniga ko’ra, har bir tovush tarkibida ko’plab tovushlar mavjud. Ular obertonlar deb yuritiladi va ma’lum tartibda joylashgan bo’ladi. Obertonlar tartibi tabiiy tovushqator, intervallari esa tabiiy intervallar deyiladi). Ibn Sinoning ilmu iyqo’ borasidagi qarashlari ham diqqatta sazovor. U kuyning go’zalligini va ichki xususiyatini ko’p jihatdan mutanosib vaznga bog’laydi; va shunga ko’ra, vaznni musiqaning muhim omili deb biladi. Bu borada Ibn Sino Arastu an’analarining davomchisi bo’lib, musiqa va she’riyat masalalarini SHarq madaniyati zaminida davom ettirgan donishmanddir. SHe’riyat va musiqa orasidagi eng katta ko’prik vazn ekanligini qayd qilgan Ibn Sino, vazn masalalariga, musiqa va she’riyat tabiiy uyg’unlashuvi muammolariga alohida e’tibor bergan. Alloma she’riyat va musiqa vazni, ular mazmunining chambarchas bog’lanishi, musiqa asari mukammalligining eng muhim shartlaridan biri deb bilgan. Ibn Sino o’z navbatida musiqa cholg’ularini ham keng o’rgangan. E’tiborli tomoni shundaki, odam ovozini olim eng mukammal asbob deb bilgan va cholg’u asboblarini ham unga qiyoslab o’rgangan. Ibn Sinoning sevimli asbobi g’ijjak bo’lgan emish. U g’ijjakni odam ovoziga eng yaqin turadigan tabiiy va qoyilmaqom cholg’u asbobi deb bilgan. Bundan tashqari ud, tanbur, rubob, nay, surnay va qonun asboblari to’g’risida ma’lumotlar berib, ularning ijrochilik xususiyatlari, o’zaro qo’shilishiga tegishli ko’p masalalarga to’xtalib o’tgan.


Maqomshunos olim I.Rajabov ta’kidlaganidek, “Abu Nasr Forobiy va Ibn Sino o’zlarining risolalarida SHarq musiqa nazariyasini sharhlab, ayniqsa maqom masalalarini nazariy jihatdan asoslab beradilar va ularning asarlarida bu masala o’zining klassik ta’rifini topdi. Buyuk olimlarning maqom haqidagi izchil ta’limoti bu masalalarning yoritilishida XIII-XV asrlarda yashab ijod etgan musiqa nazariyachilari asarlari mazmunini aniqlab berdi. Bu hol Urmaviy, SHeroziy, Husayniy va Jomiy asarlarida yaqqol ko’zga tashlanadi”
Ibn Zayla (vafoti 1044) Ibn Sinoning shogirdi bo’lgan mashhur musiqashunosdir. O’rta asr manbalariga ko’ra, Abu Mansur ibn Zayla 1044 yili navqiron yoshida olamdan o’tgan. Lekin qisqa umri davomida fanning turli sohalarida puxta asarlar yaratib, o’z davrining yetuk olimlaridan hisoblanganligi uchun zamondoshlari uni al-Hakim (Donishmand) deb ataganlar. Musiqa ilmida Ibn Zaylaning yagona asari “To’liq musiqa kitobi” (“Kitob al-kafiy fil musiqa”) ma’lum. Ibn Zayla ijodi Ibn Sinoning musiqaviy qarashlarining katta ta’siri ostida shakllangan.

Download 19.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling