Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter tizimlari kafedrasi
Download 60.93 Kb.
|
Marjona raqamli qurilmalarni loyihalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: : RAQAMLI QURILMALARGA OLID ASBOBLAR VA STANDARTLAR Guruh: 720_21 Bajardi: Abdug’aniyeva Marjona
- Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish haqida tushuncha
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYLAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI “Raqamli qurilmalarni loyihalash” Fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: : RAQAMLI QURILMALARGA OLID ASBOBLAR VA STANDARTLAR Guruh: 720_21 Bajardi: Abdug’aniyeva Marjona Tekshirdi: Ismoilov. M Mavzu: : RAQAMLI QURILMALARGA OLID ASBOBLAR VA STANDARTLAR REJA: Raqamli qurilmalarni loyihalash faniga kirish. Raqamli qurilmalarga oid asboblar Raqamli qurilmalarga oid standartlar Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish haqida tushuncha Elektron qurilmalar, jumladan, komputerlarda qayta ishlanayotgan ma’lumotlar, natijalar va boshqa axborotlar ko‘p hollarda elektr signallar ko‘rinishida ifodalanadi. Axborotni ikki usulda ifodalash mumkin: analog (uzluksiz) va raqamli (diskret). Birinchi usulda ifodalanayotgan kattalik, unga proporsional bo‘lgan bir signal ko’rinishida, ikkinchi usulda esa, har biri berilgan kattalikning bitta raqamiga mos keluvchi bir nechta signallar ketma-ketligi ko’rinishida ifodalanadi. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari murakkab tizimlar sinfiga 5 mansub bo‘lib, ular turli murakkablikdagi raqamli integral mirosxemalardan tashkil topgan. Shuning uchun ushbu tizimlarni shakllantiruvchi raqamli qurilmalarni o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fa va kommunikatsiya texnologiyalarida ishlatiladigan raqamli qurilmalar turlarini, xarakteristikalarini, ularning tuzilishi, ishlash mexanizimlari va ular yordamida yaratiladigan murakkab qurilmalarning texnologik va sxemotexnik xususiyatlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari ushbu fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda va keyinchalik esa ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarni o‘rgatadi. Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish fan va texnika sohasi bo‘lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlashga ishlatiladigan raqamli qurilmalarni loyihalashtirish usullarini o‘rganish hamda ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Raqamli yoki diskret axborotlarni murakab sistemalarda qayta ishlashda alohida elementar operatsiyalarni ketma-ket bajarish orqali erishiladi. Bunday elementar operatsiyalarni EHMlarning operatsion elementlari yoki uzellari bajaradi. Bu operatsion elementlar yoki uzellar kombinatsion va ketma-ket tuzilgan mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Operatsion elementlar tomonidan bajariladigan elementar operatsiyalarga quyidagilar kiradi: O‘rnatish-ma’lum konstantali ikkilik kodni operatsion elementga yozish. Misol: hisoblagichning barcha razryadlariga «0» ni o‘rnatish, yoki tezkor xotiraga «1» ni yozish. Download 60.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling