Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti amaliy topshiriq


Download 453.25 Kb.
bet2/9
Sana02.12.2023
Hajmi453.25 Kb.
#1780766
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amalga oshirish maqsadi
(natijalar, yechimlar)

Fikr (muammo,vazifa)


Amalga oshirish vositasi (qaror)




(1.2-rasm. Loyihaning asosiy elementlari)

Har qanday loyihani amalga oshirish investitsiyalar bilan bevosita bog’liqdir. Shunga ko’ra, hayotda loyihalarning turli-tumanligidan kelib chiqib, unga yo’naltiriladigan investitsiyalarning ham yo’nalishlari, sohalari, manbalari, muddatlari, ishtirokchilari, investorlari, ahamiyati turlicha bo’ladi. Biroq, turli loyihalarga yo’naltirilgan investitsiyalarda shunday umumiylik saqlanib qoladiki, buni anglash maqqsadga muvofiqdir. Shunga muvofiq, biz uni “Investitsiyalar” tushunchasi mazmunini tavsiflovchi zaruriy belgilar qarab, ularni quyidagi 1.3-rasm orqali ifodalashimiz mumkin.


Loyiha atamasi bilan quyidagi tushunchalar o’zaro bog’langan:

  • loyiha davri (bosqichi);

  • loyiha tahlili;

  • loyiha menejmenti;

  • loyihani moliyalashtirish.

Bir qator iqtisodiyot tarmoqlarida, jumladan, aviatsionno-kosmik, transport, mashinasozlik, mudofa sanoati, og’ir sanoat kabi tarmoqlarda bugungi kunda yaratilayotgan ayrim ob’ektlar shu qadar murakkab tuzilmaga egaki, ular ustida kompleks ishlarni amalga oshirish loyiha tarkibida emas, aksincha, Dastur tarkibida, asosida, doirasida olib borilmoqda va bunday Dasturlar uzoqroq muddatga, kengroq ko’lamga ega bo’lib, asosiy maqsadga xizmat qiluvchi bir necha loyihani o’z ichiga olishi mumkin. Bu loyihalar dasturning xizmat muddati va ko’lami bo’yicha bir nechtani tashkil etib, maqsadi, turi bo’yicha o’zaro farq qilishi mumkin. Bunday vaziyatda “loyiha” atamasi nisbatan qisqa muddatli maqsadlar bilan bog’liqlikka ega bo’ladi.


Loyiha rahbari – yuridik shaxs bo’lib, unga buyurtmachi va investor loyihani boshqarishda, ishlarni boshqarishda hisobot beradi: rejalashtirish, nazorat va loyihaning barcha ishtirokchilari ishlarini boshqarish. Loyihaning rahbarining vazifalari va javobgarliklari tarkibi buyurtmachi bilan bo’lgan shartnoma asosida aniqlanadi. Lekin, loyiha rahbari va uning jamoasi oldida, odatda, belgilangan muddatlar, byudjet va sifatga amal qilib loyihaning ma’lum maqsad va natijalariga erishguncha loyihaning hayotiylik sikli davomida umum faoliyat rahbarligi va ishlar koordinatitsiyasi vazifasi qo’yiladi.
Loyiha jamoasi – maxsus tashkiliy tuzilma bo’lib, loyiha rahbari tomonidan boshqariladi va loyihani amalga oshirish davrida shakllantiriladi. Loyiha jamoasi vazifasi – loyihaning maqsadlari samarasiga erishishda loyihaning boshqaruv vazifalarini amalga oshirish. Loyiha jamoasi tarkibi va vazifalari loyihaning ko’lami, murakkabligi va boshqa xarakteristikalarga bog’liq; lekin, har qanday holatda jamoa o’zlariga yuklatilgan barcha majburiyatlarni yuqori professional darajada ta’minlab berishi kerak.
Shartnomachi – loyihaning tomoni yoki ishtirokchisi bo’lib, buyurtmachi bilan o’zaro munosabatda bo’ladi, shartnoma bo’yicha ishlarni bajaralishi uchun javobgarlikni o’z bo’yniga oladi – bu loyihaning to’liq yoki bir qismi bo’lishi mumkin. Shartnomachi maqsadi – mumkin bo’lgan eng yuqori foyda olish. Asosiy shartnomachi vazifalariga buyurtmachi bilan shartnoma tuzish, subshartnomalar bilan shartnoma tuzish va tanlash, ularning ishlarini boshqaruvini ta’minlash, bajaruvchilar ishlarini qabul qilish va to’lash. Shartnomachi sifatida loyiha raxbari yoki loyihaning boshqa faol ishtirokchilari chiqishi mumkin.
Subshartnomachi – yuqoriroq darajadagi shartnomachi yoki subshartnomachi bilan shartnoma aloqalariga kirishida. Shartnoma bo’yicha ish va xizmatlarni bajarishga javobgardir.
Loyihalovchi – yuridik shaxs bo’lib, loyiha doirasida loyihaviy izlanish ishlarini shartnoma bo’yicha bajaradi. Loyihaning asosiy shartnomachisi yoki bevosita buyurtmachi bilan shartnoma aloqalariga kirishadi.
Asosiy vositachi – yuridik shaxs bo’lib, uning taklifi buyurtmachi tomonidan qabul qilingan. Shartnoma asosida ishlarni bajaralishiga javobgar. Alohida ishlar va xizmatlarni bajarishga subvositachilar bilan shartnomalar tuzadi va tanlaydi. Qurilish loyihalarida asosiy vositachi vazifasini odatda qurilish yoki loyiha-qurilish firmalari va tashkilotlari bajaradi.
Ta’minotchilar – subshartnomachilar, ular shartnoma asosida turli xil yetkazib berish ishlari – materiallar, uskunalar, transport vositalari va boshqalarni amalga oshiradi.
Ruxsatnoma beruvchilar – tashkilotlar bo’lib, yer maydoniga egalik qilish huquqi, savdo qilish, ma’lum turdagi ish va xizmatlar va hakazolar uchun ruxsat beradi.
Hukumat tashkilotlari – o’z manfaatlarini loyiha ishtirokchilarida soliq solish yo’li bilan qondiruvchi tomon bo’lib, loyihani amalga oshirish bilan bog’liq. Ekologik, ijtimoiy va boshqa umumiy va davlat talablarini olg’a suradi va qo’llaydi.
Yer maydoni egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs bo’lib, loyiha jalb qilingan yer maydoni egasidir. Yerga egalik qilish yoki foydalanish xuquqini shartnoma asosida beradi va buyurtmachi bilan aloqaga kirishadi.
Loyihaning yakuniy mahsuloti ishlab chiqaruvchisi – hosil bo’lgan asosiy foizlardan foydalanishni amalga oshiradi va yakuniy mahsulotni ishlab chiqaradi.
Asosiy maqsad – tayyor mahsulotni iste’molchilarga sotishdan daromad olish. Loyihaning barcha bosqichlarida ishtirok etadi va loyihaning asosiy ishtirokchilari bilan o’zaro munosabatga kirishadi. Uning roli va vazifasi loyihaning yakuniy natijalarida mulk hissasiga bog’liq. Ko’p hollarda, loyiha buyurtmachisi va investordir.
Yakuniy mahsulot iste’molchilari – yuridik va jismoniy shaxslar bo’lib, mahsulot sotib oluvchilari va foydalanuvchilaridir, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlarga talablarni belgilab unga talabni shakllantirishadi.
Loyiha xarajatlari iste’molchilar vositalari hisobiga qoplanadi va loyihaning barcha ishtirokchilari foydasi shakllanadi.
Loyihaning boshqa ishtirokchilari. Loyihani amalga oshirishga loyiha muhitining boshqa tomonlari ham ta’sir ko’rsatib, ular loyiha ishtirokchilari bo’lishi ham mumkin, bu: asosiy ishtirokchilarning raqiblari; loyihani amalga oshirishda iqtisodiy manfaatlari to’qnashadigan ijtimoiy guruhlar va noiqtisodiy loyiha xomiylari; turli injenerlik tashkilotlari, (loyihaga jalb etilgan) va boshqalar.
Loyihani boshqarish” tushunchasi.

Loyihalarni boshqarish boshqaruv orqali amalga oshiriladi. Shunga ko’ra, aytish mumkinki, boshqaruv – bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun, uslublar va tamoyillar yig’indisi orqali biror ob’ektga maqsadga muvofiq ta’sir etish. Inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasiga ham boshqaruv jarayoniga taalluqlidir.





  1. Download 453.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling