Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti amaliy topshiriq


Download 453.25 Kb.
bet3/9
Sana02.12.2023
Hajmi453.25 Kb.
#1780766
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reja va strukturani yaratish

G2C (ingl. Government-to-Citizen) – hukumat va fuqaro oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar.
my.gov.uz ning “sog’liqni saqlash” (donorlik) obyektining loyiha g’oyasini ishlab chiqish
Yagona portal missiyasi
Jismoniy va yuridik shaxslarning elektron portal orqali davlat organlari bilan o‘zaro aloqasi, ya’ni hukumat tomonidan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishi raqamli iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu maqsadda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Yagona portal – davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portalda jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan elektron davlat xizmatlari alohida sohalarga ajratilgan holda taqdim etiladi.
Yagona portal yordamida elektron davlat xizmatlaridan uydan chiqmasdan turib foydalanish mumkin. Shunchaki kerakli xizmatdan foydalanish uchun elektron shakldagi so‘rovnoma to‘ldiriladi va ariza yuboriladi. Masalan bolani bog‘chaga joylashtirish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma olish, oylik ish haqi, mehnat daftarchasi, soliqdan qarzi yoki pensiya hisobvarag‘ini tekshirish kabi ko‘plab xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Yagona portalning maqsad va vazifalari
- ariza beruvchilar uchun raqamli hukumat doirasida davlat organlari bilan munosabatlarni amalga oshirish uchun butun mamlakat bo‘ylab imkoniyatlar yaratish;
- ariza beruvchilar bilan munosabatlarni amalga oshirishda davlat boshqaruvi tizimida “bir darcha” prinsipini amalga oshirish;
- davlat xizmatlari ko‘rsatishning shaffof mexanizmlarini yaratish, muddatlarni qisqartirish va ularni ko‘rsatish tartibining bajarilishini markazlashtirilgan nazorat qilish yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish;
- davlat xizmatlarini olishda aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari xarajatlarini kamaytirish.

Download 453.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling