Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti amaliy topshiriq


Download 453.25 Kb.
bet4/9
Sana02.12.2023
Hajmi453.25 Kb.
#1780766
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yagona portalning Mobil ilovasi
Yagona portalning mobil ilovasi yordamida elektron davlat xizmatlaridan istalgan vaqtda mobil telefonlar orqali foydalanish mumkin.
Mobil ilova orqali foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
- elektron davlat xizmatlaridan foydalanish;
- Yagona portal yoki davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan arizalar holatini kuzatib borish va natijasini yuklab olish;
- arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni to‘g‘risida xabarnomalar olish;
- soliq va jarimalar holatini doimiy kuzatib turish va boshqalar.
Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish
Yagona portaldagi xizmatlardan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tiladi. Buning uchun jismoniy shaxsdan tug‘ilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami, elektron pochta manzili va telefon raqamini kiritish talab etiladi.
Nima uchun aynan Yagona portal?
Elektron xizmatlardan 24/7 tartibida foydalanish mumkinligi va bunda navbatlarning mavjud emasligi;
Davlat xizmatlari uchun to‘lovlarga 10 foiz hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foizlik chegirmalarning mavjudligi;
Soliq va jarimalar bo‘yicha qarzdorlikni aniqlash va to‘lash imkoniyati;
100 ga yaqin kommunal va davlat xizmatlari uchun elektron to‘lovlarni amalga oshirish;
Barcha hujjatlarning himoyalangan QR-kod qo‘yilgan tartibda shakllanishi;
Call-markaz 1242 qisqa raqami, elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolar bilan qayta aloqaning yo‘lga qo‘yilganligi 
Yagona portal jamoasi
“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM hamda Yagona integrator “UZINFOCOM” MChJning 40 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislari.

Yagona portal – oson, tez va qulay!






Download 453.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling