Detektorlash xarakteristikasi kuchlanishning o‘zgarmas tashkil etuvchisini tashuvchining axborot parametriga bog‘liqligi hisoblanadi. AMda axbrot parametri amplituda, ChMda chastota, FMda faza hisoblanadi
Ideal detektorlash xarakteristikasi koordinatalar boshidan α burchak ostida absissalar o‘qiga o‘tadigan chiziqli xarakteristika (13.4- rasm) hisoblanadi. Real detektorlash xarakteristikasi og‘ishga ega, og‘ish modulyatsiyalanadigan signalda nochiziqli buzilishlarga olib keladi.
13.4- rasm. Detektorlash xarakteristikasi
Chastotaviy xarakteristika detektorning chiqish kuchlanishi Umu amplitudasini modulyatsiyalovchi garmonik signal chastotasiga bog‘liqligi hisoblanadi. Real chastotaviy xarakteristika chiziqli xarakterga ega va Umu uchun barcha chastotalarda o‘zgarmas (13.5- rasm). Real chastotaviy xarakteristikaning ideal chastotaviy xarakteristikadan og‘ishi modulyatsiyalovchi signalning chastotaviy buzilishlariga olib keladi. Shuningdek modulyatorlar uchun chastotaviy xarakteristika bo‘yicha detektorning o‘tkazish polosasi aniqlanadi.
13.5- rasm. CHastotaviy xarakteristika
Detektorning uzatish koeffitsienti garmonik modulyasiyalovchi signal uchun aniqlanadi va garmonik signal Umu amplitudasini tashuvchining axborot parametri o‘zgarishlariga nisbatiga teng:
Kd = Umu/ΔUm.
Detektorning uzatish koeffitsientini detektorlash xarakteristikasidan aniqlash mumkin:
Kd = ktg Δ
bu yerda k – masshtabli proporsionallik koeffitsienti.
13.2. Amplitudaviy modulyatsiyalangan signallarni detektorlash
Do'stlaringiz bilan baham: |