Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy talim fakulteti talabasi


Download 104.27 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi104.27 Kb.
#1042820
TuriReferat
Bog'liq
2-AMALIY ISH



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TALIM FAKULTETI TALABASI


QURBONTURDIYEVA ZUXRANING AKADEMIK YOZUV FANIDAN BAJARGAN 2-AMALIY ISH

Referat


Hujjatchilik tаrixi va uning takomillashuvi
Reja;
I. Hujjatchilik tarixi.
II. Hujjatchilikning ijtimoiy hayotdagl o’rni, takomillashuvi va kamchiliklari
III. Dunyoning har bir mamlakatida rasmiy ish qog'ozlari
1) O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham ifodalaydi.
O‘tmishdagi hujjatlar aslida yaqindagina vujudga kelmagan. U qadim davrlarga borib taqaladi.
Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo'lgan. X- asr va undan oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Hatto M.Qoshg'ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog'ozi, shuningdek, elchilarga beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asarida yorliq va noma ma’nosi o'rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol qo‘llanishga o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. Sho'rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'lindi. Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog’il qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat topilgan. Ular milliy so‘g‘d yozuvida bo'lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy qog‘ozlariga bitilgan.
2) O'zbekiston mustaqil bo'lgach, ish yuritishning ijtimoiy hayotdagi o'rni o'zgacha tus oldi. Hujjatlarni avval rus tilida belgilangan qolipda yozilgan bo'lsa, ularni o'zbekona tayyorlash yo'liga o'tildi, e’tibor o'zgardi. Rasmiy ish qog'ozlarining ahamiyati ortdi, chunki jamiyat bilan uning a'zolari o'rtasidagi munosabat, hatto davlatlar orasidagi aloqa, davlat tashkilotlari ichidagi qonun- qoidalar davlat tilida keng yuritila boshlandi.
O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 18-avgustda 424-son qaror qabul qildi. Qaror tom ma’nodagi hujjatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo'lida muhim qadam bo'ldi. 1999- yil 29-martda 140-son qaroriga ilova qabul qilinib, unda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo'yicha namunaviy yo‘riqnoma berildi. Yo‘riqnomada umumiy qoidalar, shuningdek, hujjatlashtirish, kelgan xat-xabarlarni qabul qilish va ro'yxatga olish, jo'natish, hujjatlarning ijrosi ustidan nazorat tartiblari ko'rsatilgan. Vazirlar Mahkamasining qarorlari so‘zsiz tom ma’nodagi o‘zbek hujjatchiligini hozirgi kun talablari asosida shakllantirish va rivojlantirishda maqsadga muvofiq ish bo’ladi.
O‘zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda mavjud tajribalardan foydalanish o'rinli. Bunda. albatta o'zbek tilining o‘z qonun-qoidalariga rioya qilish kerak. Masalan, sana yozishda o‘zbek tilining tabiatga mos qilib avval yil keyin oy “2007-yil 8-mart” deb yozish to'g'ri bo'ladi. Hujjatlarni sof o'zbek tilidagi andozalarini yaratish, bular bilan bog'liq atamalarning bir xilligiga erishish takomillashtirishning muhim masalalaridan. Hujjatlar tuzish, ijro etish uslubi ustida ish olib borish, Davlat bo‘yicha yagona nusxalarini ishlab chiqish shu kunning dolzarb vazifasiga kiradi. Bu ishlarning sust borishida hujjatlarni tuzish yo'llari, shakli, tili, uslubini o'rganuvchi va belgilab beruvchi ilmiy markazning yo’qligi deb hisoblash o'rinli.
3) eramizdan avval bo'lgan Bobil (Vavilion) davlatining 1792 - 1950 - yillar podshoxi Xammurapining buyrug'i bilan tayyorlangan qonunlar majmuasi mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kira “Они писали на глине” (1984-у) asarida ma’lumot beradi. Qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo'lib, u basalt ustuniga qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik, savdo- sotiq, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar aks etgan. Bobil hozirgi Iroqning janubiga to‘g‘ri keladi.
Rossiyada hujjat yuritish IX-X asrlardan boshlangan. X-asrga kelib shartnomalarda muhrlar qo’llana boshlagan. XlV-asr oxirlaridan boshlab hujjatlar qog‘ozlarda o‘z ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar Pyotr davrida “Dokument” so‘zining ishlatila boshlaganidan darak beradi. U tor ma’noda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) o‘rnida ishlatilgan. Keng ma’noda - guvoh beruvchi, ibratli, namunali, dadil, isbotlovchi ma’nosida qo‘llanilgan.
Turkiston Respublikasidan ajralib chiqqan O'zbekiston respublikasi 1924-yil 31-dekabrda 48-raqamli “Ishlarni o‘zbek tilida yuritish” to‘g‘risida muhim qaror qabul qildi. Qarorda butun boshqaruv idoralarida hamma rasmiy ish qog'ozlari faqat o‘zbek tilida yuritish, o‘zbekcha rasmiy hujjatlar tuzish, yo'riqnomalarni tayyorlash topshirildi. Qarorni hayotda qo'llash uchun ishchi hay’at yuzaga keldi. Har bir tashkilot, muassasa va idoralarda ish yuritish bo'limlari tashkil qilindi. Qarorda dekretga bepisand qarovchilarga chora ko'rish kerakligi ta'kidlangan edi. Ish qog‘oz namunalari maxsus tayyorlandi. Ammo 30-yillarda vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa 1938-yilgi qabul qilingan “Об обязательном изучении русского языка” qaroridan keyin milliy tillar, xususan, o'zbek tilini cheklash siyosati boshlandi. Ish yuritish asosan, rus tilida yuritiladigan bo'ldi.
Download 104.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling