Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali «telekommunikatsiya texnologiyalar va kasb ta’limi»


Download 0.75 Mb.
bet1/9
Sana27.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1068876
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
INDIVIDUAL LOYIHA (Komiljon TEMIROV)




MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI



«TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALAR
VA KASB TA’LIMI» FAKULTETINING
«AXBOROT-TA’LIM TEXNOLOGIYALARI» KAFEDRASI
«Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
soHasida kasb ta’limi» yo’nalishi


620-20 gurux talabasi
Komiljon temirovning

iNDIVIDUAL
LOYIHA ISHI

Taqdimotlarni interfaolligini orttirish usullari va metodlari” mavzusidagi

Tayyorladi:

Komiljon TEMIROV

Qabul qildi:

Inomjon BILOLOV



Farg’ona 2022 yil
Talaba:___________________________________________________
Mavzu:___________________________________________________
_____________________________________________________________________
Vazifalar:
1. Individual loyiha mavzusini olish.
2. Mavzu bо‘yicha adabiyotlar bilan tanishish va tushuntirish xatini yozish
3. Ximoya qilish
Bajarish grafigi



Ish nomi

Muddat Xaftada

1

Individual loyiha mavzusini olish

1-3

2

Individual loyihani topshiriq varag‘ini tuzish

1-3

3

Mavzu bо‘yicha adabiyotlar bilan tanishish va tushuntirish
xatining kirish qismini yozish.

3-5

4

Nazariy qismni tayyorlash.

6-9

5

Tushuntirish xatini tayyorlash.

9-13

6

Mavzuda berilgan qurilma yoki dasturiy taominot ishini
kо‘rsatuvchi sxematik chizma tayyorlash

13-14

7

Ximoya qilish.

14-15

Mavzuni oldim:____________________________________________


(sana, talaba, imzo)

Rahbar:___________________________________________________


(imzo, sana, familiyasi, ismi, lavozimi)

MUNDARIJA



Оглавление


I. KIRISH 6
II. NAZARIY QISM: 8
I-bob. INTERFAOL TA’LIMNING MAQSADI, VAZIFASI VA TURLARI. 8
1.1. «Bilim olishning olti pog‘onasi yoki BLUM taksonomiyasi». 8
1.2 Ma’ruza usulida ta’lim berish va uni tashkil qilish. 17
II-bob. TAQDIMOTLARNI INTERFAOLLIGINI ORTTIRISH USULLARI va tayyorlash texnologiyalari 27
2.1 Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha. 27

I. KIRISH



«Kim bilimni о‘lchar dunyo, mol bilan,
U gavharni teng qilar sopol bilan».
Sa’diy SHEROZIY
Jamiyatimizdagi ko‘pchilik insonlar o'qituvchilarni kunlar, hafitalar va oylar aavomida o'qitiladigan fan bo‘yicha asta-sekinlik bilan turli xil ko‘rsatma va topshiriqlar beradigan hamda bir marorada qandaydir bilimlar majmuasini o‘quvchilarga singdiradigan zerikarli mutaxassislar sifatida tushunadilar. Lekin ularning qanday ko'rsatma va topshiriqlar berishlari hamda bunday usullar qanday samara berisliini ko‘pchilik bilmaydi yoki tushunmaydi. Shuning uchun ham yillar davomida ta’lim berishning bir qancha usullari va uslubiyati vujudga keldiki, ularning jamiyatdagi o‘mi beqiyos aharoiyatlidir. Ba’zi bir ta’lim berish uslublari yosh bolalarning bilim olish jarayonini o‘rganish asosida tashkil etilgan bo‘lsa, boshqalari dars berish jarayonida ro‘y beradigan muammolarni hisobga olgan holda tashkil etilgan. Yurtimizdao‘qitishning ta’lim berish modellari asosida tashkil etish keng miqyosda amalga oshirila boshlandi. Bunda o‘quvchi-talabalarning ma’lum bir soha yoki fandan bilim olishlari maxsus usullar, modellar, ta’lim standartlari yoki strategiyalar asosida amalga oshirilar edi. Ba’zi bir modellarda o‘qituvchi dominant rolida bo‘lib, barcha ta’lim berish vazifalarini o‘zi hal qilar, boshqalarida esa talabalarga to‘la erkinlik berilib, ulami demokratik tamoyillar asosida o‘qitilar, yana boshqa birlarida esa talaba va o‘qituvchi orasida tenglik hamda ijodiy fikr almashinish jarayoni amalga oshirilib, o‘zaro muloqot vositasida interfaol ta’lim jarayoni amalga oshirilar edi. Lekin bu modellaming ishlatilishi va samarasi o‘quvchi-talabalarning bilim darajasiga, intilishlariga, ongining rivojlanish ko‘rsatqichlariga har doim ham mos kelavermaydi. Masalan, sinfdagi talabalaming aksariyati bilim olishni istamaydigan va bunga intilmaydigan bo‘lsa-yu, ammo o‘qituvchidan ularga qandaydir usullar bilan bo‘lsa ham qandaydir bilim berish talab qilinsa, u holda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har qanday model, usul yoki strategiya ham o‘z-o‘zidan ojizlik qilib koladi. Bunday hollarda ta’lim berishning eng yangi modellaridan biri kooperativ ta’lim berish modeli bo’lib, unda talabalar va ta’lim beruvchi instruktor birgalikda ma’lum bir hayotiy masala yoki muammolarni hal qilish jarayonida tegishli malakaga yoki bilimga ega bo‘ladilar. Ammo hozirgi paytdagi ta’lim berish jarayoni asosan sinfda yoki maxsus jihozlangan xonalarda talabalar va o‘qituvchining o‘zaro muloqoti orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib, hozirgi davrdagi ta’lim berish jarayonini quyidagi asosiy jihatlar bilan ifodalash mumkin:
- O‘qituvchining faoliyati nafaqat ilmiy-amaliy asosda, balki ijodiy-artistik asosda ham amalga oshirilishi lozim.
- O‘qituvchining dars berish jarayonidagi roli ancha murakkab bo‘lib, uning o‘ziga xos tarixiy va zamonaviy jihatlari mavjud. Oldingi davrlarda o‘qituvchilaming faqatgina zamonaviy bilimlar berishi talab qilinsa, hozirda ulardan tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy, siyosiy va amaliy bilimlar berish ham talab qilinadi.
- Ko‘pchilik talabalar turli xil viloyatlardan kelganliklari va ularning bilim darajasi bir-biridan anchagina farq qilishini hisobga olganda, o‘qituvchilarning ishi yanada murakkablashadi, - endi ular ilgarigidan farqli-o‘laroq, turli xil bilim darajasi va turli amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar jamoasida ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa ulardan ta’lim berishda yangi usullami va uslubiyatlami qo‘llashni taqozo qiladi.
- O‘qituvchilarga bo‘lgan talab ham sezilarli darajada oshdi va endi ular nafaqat ilmiy, balki ma’rifiy va amaliy bilimlarni ham puxta egallashlari zarur bo‘layapti.
- Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanib borishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, informatsion texnologiya vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilayapti.
- O‘qituvchilaming faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan barcha muammolar va salbiy jihatlardan qutulish hamda ta’lim sifatini oshirishning eng asosiy yo’llaridan biri interfaol ta’lim berish usullari bo‘lib, quyida biz ushbu individual lohiya ishida zamonaviy ta’lim berish uslubiyatining bir qancha yo‘l-yo‘riqlari va qonun-qoidalari bilan imkoniyat darajasida tanishib chiqamiz.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling