Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali «telekommunikatsiya texnologiyalar va kasb ta’limi»
O‘qitish bo‘yicha talabalar uchun maxsus qo’llanma tayyorlash
Download 0.75 Mb.
|
INDIVIDUAL LOYIHA (Komiljon TEMIROV)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-bob. TAQDIMOTLARNI INTERFAOLLIGINI ORTTIRISH USULLARI va tayyorlash texnologiyalari
O‘qitish bo‘yicha talabalar uchun maxsus qo’llanma tayyorlash:Agar o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan qo‘llanma yaxshi o’ylab tuzilgan bo‘lsa, undagi topshiriqlar o‘quvchi (talaba)larga matn mazmunidagi mavjud ma’lumotlami chuqur fikrlagan va topshiriqga ijodiy yondashgan holda to‘plashga va umumlashuv hosil qilishga yordam beradi. Albatta, bunda bajarilgan ishlardan xulosa chiqarish deb ataladigan va alohida ahamiyatga molik bo‘lgan bosqichni ham aslo yoddan chiqarmaslik zarur. Chunki har bir talaba o’z tajribasi va bilimidan kelib chiqqan xolda muqobil va o‘ziga xos ko‘rinishdagi yechimlarga kelishi tabiiy. Bu esa, o‘z navbatida, talabalar orasida jonli muloqot hamda qizg‘in munozarani amalga oshiradi va ushbu munozara haqiqatning mezoni sifatida xizmat qiladi.
O‘ylang/Birgalikda ishlang/Fikr almashing: Bu faoliyat turi o‘quvchilar (talabalar)ni matn mazmuni hamda mohiyati haqida atroflicha fikr yuritishga va unga oid ma’lum bir xulosa ehiqarishga undaydi. Buni tashkil etish uchun o‘qituvchi talabalarni chuqur o‘ylashga va mushohadayuritishga undaydigan savollar tayyorlaydi. Keyin har bir talabaga ushbu savollarga qisqa va lo‘nda javob yozishni so‘raydi. Shundan so‘ng talabalar juftliklarga bo‘linib, bir-birlari bilan mavzu haqida fikr almashadilar va ikkala talabaning javobini ham hisobga olgan holda bir butun javob tayyorlashga harakat qiladilar. Mashg‘ulot oxirida o’qituvchi talabalar juftliklariga qisqa muddatda o‘z ishlarining yakunini (muhokamalarining natijasini) guruhga so‘zlab berishlarini so‘raydi. Bu mashg‘ulot ularni faollikka, o‘zaro fikr almashishga, tanqidiy mulohazaga va ijodiy fikrlashga undaydi. II-bob. TAQDIMOTLARNI INTERFAOLLIGINI ORTTIRISH USULLARI va tayyorlash texnologiyalari2.1 Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha.Har qanday mutaxassis oʻzining ish faoliyati davomida hamkasabalariga yoki boshqa mutaxassislarga oʻzining qilayotgan ishi yoki faoliyati xaqida, rejalari va takliflari xaqida soʻzlab berish uchun ma’ruza qilishiga toʻgʻri keladi. Bunday paytlarda u ma’ruzani tez, yaxshi, sifatli, tushunarli va chiroyli qilib tayyorlashi zarur boʻladi. Ushbu muammoni xal qilish uchun u qanday dasturviy ta’minot turlaridan foydalanishi mumkin? Bir necha xil dasturlardan foydanish va ularning natijalarini umumlashtirish tezda kerakli echimga olib kelishi mumkinmi? Power Point dasturi MICROSOFT OFFICE firmasining WINDOWS qobigʻi yordamida yaratilgan boʻlib, dastur prezentatsiyalar bilan ishlash (tanishtirish, taqdimotlar qilish) uchun eng qulay dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali xilma-xil turdagi koʻrgazmali qurollarni yaratish mumkin va ayrim joylarda esa uni ma’lumotlar bazasi sifatida ham qoʻllash mumkin. Ayrim xollarda esa bu dasturda multimedia vositalarni boshqarish va ularni qoʻllab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Slayd – ma’lum bir oʻlchamga ega boʻlgan muloqat varaqalari hisoblanadi. Ularda yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. Prezentatsiya – yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya1-PowerPoint dasturi ochilganda, sarlavhalar qatori paydo boʻlib, unda yaratilayotgan yoki yaratilgan prezentatsiyaning ayni vaqtdagi nomi hosil boʻladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling