Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Urganch filiali "Axborot texnologiyalari" o‘qituvchilari T. O’razmatov, B. Nurmetova, T


Download 19.64 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi19.64 Kb.
#1162426
Bog'liq
5. Ички тақриз


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Urganch filiali “Axborot texnologiyalari” o‘qituvchilari T.O’razmatov, B.Nurmetova, T.Xudaybergenovlarning 5330500 Kompyuter injiniringi yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun «Linux server boshqaruvi» fani bo‘yicha tayyorlagan «Linux server boshqaruvi» o‘quv qo‘llanmaga


TAQRIZ

T.O’razmatov, B.Nurmetova, T.Xudaybergenovlarning «Linux server boshqaruvi» fani bo‘yicha 5330500 kompyuter injiniringi yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun o‘quv qo‘llanma yozilgan. Yuqorida aytilgan fanning asosiy maqsadi talabalarga Linux server va Linux OT haqida bilimlarga ega bo‘lish, Linux server imkoniyatlari, ishchi stoli bilan tanishish, tizim utilitalari va bibliotekalarini o’rganish va sozlash kabi bir qancha ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iboratdir.


Ushbu Linux serverni boshqarish nomli o‘quv qo‘llanmada talabalarga zamonaviy server boshqarishning nazariy va amaliy bilimlarini va ularni yaratish texnologiyalarini, server boshqaruvi uchun kerak bo’ladigan zamonaviy bibliotekalarni va utilitalarni yuklab olish va ularni sozlash ishlarini amalga oshirishni avtomatik hamda kodlar orqali bajarish ko’rsatilgan. Qo’llanmada undan tashqari linux muharrirlari haqida tushinchalar berilgan va misollar orqali ko’rsatilgan, tarmoq protokollari va ularni turli xil usulda sozlash, foydalanuvchilar va ularni guruhlash orqali rollerni boshqarish dasturlari kodlari bilan keltirilgan
Ushbu o‘quv qo‘llanma muvofiq ma’ruza mavzulari, amaliy misollar, individual mashg‘ulotlar mavzulari, talabalarning mustaqil o‘rganishi uchun zarur bilimlar, nazorat savollari va qo‘shimcha ma’lumotlardan iborat.
T.O’razmatov, B.Nurmetova, T.Xudaybergenovlarning «Linux server boshqaruvi» fani bo‘yicha yozilgan o‘quv qo‘llanma yuqorida aytilgan ta’lim yo‘nalishi va ularga o‘tiladigan «Linux server boshqaruvi» faniga mos, o‘zining mazmun va moxiyatiga ega deb xisoblayman.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Urganch filiali “Axborot texnologiyalari”
kafedrasi mudiri, Ph.D.: ___________ O.K.Xo‘jayev

«_____»_________ 2023 y.
Download 19.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling