og’zaki tilda ko’chmanchi deb ataladi. Ularning xusuyatlari ko’chmas ShK
lar ishchi stantsiyalar xususiyatiga o’xshashdir: kuchli mikroprotsessorli,
ko’pincha RISC turidagi, 300 MGts.gacha bo’lgan taktli chastotali, 64
Mbaytgacha sigimdagi operativ xotirali, gigabaytli
diskli jamgaruvchilarga
ega, 4 Mbayt qadar videoxotirali tez xarakatlanuvchi interfeys va qudratli
videoadapterlari bo’lgan kompyuterlardir.
Mohiyatiga ko’ra ular tarmoqdan ta’minlovchi oddiy
ishchi stantsiyalar, biroq tashqi qobig’i(korpusi) ko’tarib
yurish uchun qulay qilib tayyorlangan va boshqa ko’chma ShK lar
kabi VGA sinflaridan yuqori bo’lmagan yassi suyuq kristalli
videomonitoriga ega. Ular odatda modemlarga ega va hisoblash tarmog’ida
ishlash uchun aloqa kanallarga tezkor ulanishi mumkin.
Bir xil ko’chma kompyuterlar ayniqsa multemidia vositalari mavjud
bo’lganda joylarda borib foydalanish samarali, biroq ko’chmas variantini
ish stolini tejab, muvaffaqiyatli qo’llash mumkin.
"Lap Top"tipidagi protativ(tizmaband) kompyuterlar "diplomat"
hajmdagi kichik chemodonlar ko’rinishida tayyorlanadi, ularning og’irligi
odatda 5-10 kg atrofida bo’ladi. Zamonviy "Lap Top"
larda ko’pincha katta
taktlichastotali(200MGts,gacha) Pentium, Pentium Pro mikroprotsessorlard
an foydalaniladi; operativ xotirasi 64 Mbaytgacha bo’ladi; sig’imi 1200
Mbaytgacha bo’lgan sig’imli qattiq diskda jamlovchisi mavjud; CD
ROM va boshqa multemidia ta’minotidan foydalanish mumkin.
Shaxsiy kompyuterlarning tarkibi va qo`shimcha qurilmalari
IBM PC tipidagi shaxsiy kompyuterlar quydagi asosiy qurilmalardan
tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: