Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali mustaqil ish
Download 390.2 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdujalilov Abduvali Kompyuter tashkil etilishi mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Printerlar
Iqtisodiy qism
Sichqoncha - kompyuter bilan foydalanuvchi muloqotini yengillashtiruvchi manipulyator. Kompyuterga axborotni kiritish qurilmasi hisoblanadi. Uning sichkoncha nomi tashqi ko’rinishidan kelib chiqqan. Sichqoncha qo’lga bemalol joylashuvchi bir necha tugmali quticha. Sichkoncha stol yoki maxsus yuzada(gilamchada) harakati tufayli ekrandagi kursorni mos ravishda harakatlantiradi. Biror bir buyruqni bajarish uchun sichkonchaning mos tugmasi bosiladi. Bir xil amaliy dasturlar faqatgina sichqoncha bilan ishlashga moslashgan. Printerlar - ma’lumotlarni kog’ozga chiqaruvchi qurilma. Barcha printerlar matnli ma’lumotni, ko’pchiligi esa rasm va grafiklarni ham kog’ozga chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham bor.Printerlarning quyidagi turlari mavjud: ignali (matritsali yoki nuqtali matritsali), siyohli(purkagichli) va lazerli. Matritsali printerlar keng tarqalgan printerlar turi bo’lib ,ularning ishlash qoidasi quydagicha: printerning yozish boshchasida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Boshcha yozuv satri bo’ylab harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo’yalgan lenta orqali kog’ozga uriladi natijada kog’ozda belgi yoki tasvir paydo bo’ladi. Ignalar soniga ko’ra bu printerlar bir necha turga bo’linadi: 9-ignali, 24-ignali, 48-ignali. 9-ignali printerda yozuv sifati pastroq. Sifatini oshirish uchun yozishni 2 yoki 4 yurishda bajarish kerak. 24 ignali printer sifatli va tezroq ishlaydi. 48 ignalisini yozuvni juda sifatli chiqaradi. Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha vaqt oraligi ketadi. Siyohli (purkagichli) printerlarda ma’lumotlar kog‘ozga maxsus qurilma(siyohdonlar) orqali purkalanayotgan siyoh tomchilari orqali chop qilinadi. Siyohli printerlar sifati lazerli printerlar sifatiga yaqin va narxi ham arzondir. Siyohli printer shovqinsiz ishlaydi. Shuning uchun hozirgi kunda ko‘pchilik undan foydalanmoqda. Teligi bir bet uchun 15 dan 100 sekundgacha vaqt oralig‘ini tashkil etadi. Lazerli printerlar bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yozuvni ta’minlaydi. U ishlash nuqtai nazaridan. Nusxa ko‘chiruvchi kseroksga yaqin, bunda faqat bosuvchi baraban kompyuter buyrug‘i yordamida elektrlandi. Bo‘yoq donachalari zarblanib barabanga yopishadi. Va tasvir hosil buladi. Tezligi bir bet matn uchun 3 dan 15 sekundgacha. Rasm uchun ko‘proq, katta rasmlar uchun 3 minutgacha vaqt talab qiladi. Hozirgi kunda minutiga 15-40 betgacha ma’lumotni chop etadigan lazerli printerlar mavjud. Download 390.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling