3.4-rasm. Ijtimoiy ta`sirlarning shaxs tomonidan anglanishi.
Shaxs muammosi va fanning metodologik darajalari
Shaxs muammosini o`rgnishga yondashuvlarning bir jihati uning ongini o`rganishga yo`nalganligidir. Psixologiya shasning uslub jihatini o`rganishda tabiiy fanlarning metodlarini modifikatsiya qilish asoida erishdi. V.Vund va boshqa psixologlar inson tabiatini o`rganishda tabiiy – ilmiy fanlar ta’sirida uni insonning aqlini o`rganishda foydalandilar. Ushbu tadqiqotlarda psixik jarayonlar eksperimental o`rganilgan bo`lsada, ammo ularda cheklanishlar bor edi.
XX asrning dastlabki 10 yilligida amerikalik olim Djon B.Uotson biologik masalalarni o`rganishga e’tibor qaratdi va bu esa shaxs xulq – alvorini o`rganishga qaratilgan bo`lib. V.Vuntning qarashlariga zid edi. Uotsonning bu harakatlari bexeviorizm deb nomlandi. U psixologiya inson tabiatining moddiyjihatlarini o`rganishga qaratilgan bo`lishi kerak degan g`oyani ilgari surdi. Uning g`oyasicha, tashqi xulq – atvor psixologiyaning o`rganish asosi bo`la oladi. Bu esa xulq – atvorni o`rganishga ehtiyoj tug`diradi. Bexiviorizm esa inson tabiatini mexanik tasvirini o`zida mujassam etadi. Keyinchalik bu go`yani Skinner boyitdi. Shaxs psixologiyasi metodalogik masalalarining boshlang`ich bo`ginlaridan biri sifatida Z.Freyd faoliyatni qad etgan. U o`zini g psixoanalizig asos solan. Bu esa uning vrachlik faoliyatida emotsional buzulishlardan aziyat chekkan insonlarni o`rganish orqali o`zining ilmiy yondashuviga asos soldi. U o`zining uzoq vaqtli seanslari asosida bemor hayotining ijodiy talqinlarini taqdim etdi. Uning yondashuvi eksperimental o`rganishdan keskin farq qildi. Freydning psioanalitik yondashuvi inson tabiati haqidagi noyob qarashlarni ishlab chiqishga sabab bo`ldi. G.Olpordning xizmatlari hisobida o`tgan asrning 30 yillariga qadar Garvard universitetida shaxs psixologiyasi amerika psixologiyasida bir tizimga keltirishga erishildi. Uning ishlari natijasida psixologiyada nomotetik va ediografik yondashuvlarning qo`llash hamda ularning muvofiqlik masalalari muhokama qilindi.
3.5-rasm. SHaxs va guruh.
Do'stlaringiz bilan baham: |