Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali
Download 201.03 Kb.
|
6-ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron hukumat doirasida amalga oshirilayotgan ishlar
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish loyihalari
- O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasi (AA va TT davlat qomitasi) tashabbuskorligida amalga oshirilayotgan loyihalar quyidagilar
- 2. “Malumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha davlat markazini shakllantirish” loyihasi.
- 5. “Yuridik shaxslarning malumotlar bazasini shakllantirish” loyihasi.
- 10. “Davlat tekshiruvi faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha namunali axborot tizimini ishlab chiqish” loyihasi.
- Dasturiy ta’minot mahsulotlari
- Yurtimiz dasturiy taminot mahsulotlari ishlab chiquvchilari, mavjud mahsulotlar, ehtiyojlar, dasturchilar togrisida bilmoqchi bolsangiz www.software.uz manziliga tashrif buyuring.
SAMARQAND-2020 MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI AXBOROT XAVFSIZLIGI KAFEDRASI ELEKTRON HUKUMAT FANI Mavzu: Elektron hukumat ilovalari va turlari Axborot xavfsizligi kafedrasi assistenti Rahmatullayev I. Reja:
Elektron hukumat doirasida amalga oshirilayotgan ishlarO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tegishli qarorlarining bajarilishi yuzasidan vazirlikda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O`zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1989-sonli qaroriga muvofiq Iqtisodiyot vazirligi O`zbekiston Respublikasida “Elektron hukumat” tizimini shakllantirish doirasida Davlat boshqaruv organlarini yig`ma statistik ma’lumotlar bilan ta’minlovchi “Davlat boshqaruvi” axborot tizimi kompleksi loyihasi bo`yicha ishtirok etadi.Tadbirkorlik sub'ektlarining Mahalliylashtirish dasturiga kiritishga doir talabnomalarini taqdim etish va ularning ekspert komissiya tomonidan ko`rib chiqilish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan samarali qo'llagan holda tadbirkorlik sub'ektlari uchun ular tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish va ko`rib chiqishda qulayliklar yaratish maqsadida tegishli tizim - "Mahalliylashtirish dasturi pasportlarini ishlab chiqish va ko'rib chiqish avtomatlashtirilgan tizimi" joriy etilgan.Elektron hukumat doirasida amalga oshirilayotgan ishlarO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164-sonli "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, 2014 yil 1 iyundan boshlab, tadbirkorlik sub'yektlariga "bir darcha" tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik sub'yektlarining Mahalliylashtirish dasturiga kiritishga doir talabnomalarini ko‘rib chiqish uchun Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga onlayn taqdim etilishi yo'lga qo'yilgan.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli "O'zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq vazirlik rasmiy veb-saytida idoraviy me'yoriy-huquqiy va tegishliligi bo'yicha boshqa hujjatlarni joylashtirib borish yo'lga qo'yildi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-sonli "Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Iqtisodiyot vazirligida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushadigan murojaatlarni o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqish yo'lga qo'yilgan.Elektron hukumat doirasida amalga oshirilayotgan ishlarShuningdek, barcha davlat organlari kabi Iqtisodiyot vazirligi rahbariyati Yagona portal orqali rahbariyat qabuli to'g'risida kelib tushgan murojaatlar asosida ham fuqarolarni qabul qiladi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 27 oktyabrdagi 289-sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va ko‘nikmalarini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Iqtisodiyot vazirligi xodimlari o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilib tegishli tarzda "KSBT" hamda "KSBT Plus" sertifikatlariga ega bo'lishlariga erishildi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-sonli "O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq vazirlikning rasmiy veb-saytini qonunchilik talablariga moslash maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish loyihalariO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989 son qarori, hamda 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisining 2-sonli Bayonnomasining ijrosi yuzasidan, davlat buyurtmasiga kiritilgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish bo‘yicha 20 ta loyihani muvofiqlashtirishni amalga oshirmoqda.O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasi (AA va TT davlat qo'mitasi) tashabbuskorligida amalga oshirilayotgan loyihalar quyidagilar:Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish loyihalari1. “Litsenziya va ruxsatnomalarni elektron tarzda avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazish yagona tizimini idorolararo joriy etish” loyihasi.2. “Ma'lumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha davlat markazini shakllantirish” loyihasi.3. “Avtotransportlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobini yuritishning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish” loyihasi.4. “Jismoniy shaxslarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish” loyihasi.5. “Yuridik shaxslarning ma'lumotlar bazasini shakllantirish” loyihasi.6. “Elektron hukumat” tizimining baza platformasi yadrosini yaratish va yagona identifikatsiya tizimini joriy etish” loyihasi.7. “G‘o‘za, don ekini holatini, erga qayta ishlov berish va terim jarayonini kompleks monitoring qilish tizimini joriy etish” loyihasi.8. “Interektiv xizmatlar ko‘rsatish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobini yuritish bo‘yicha “Tadbirkorlik” axborot tizimi majmuining loyiha hujjatlarini tayyorlash va axborot tizimini shakllantirish” loyihasi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish loyihalari9. “Hududlarning davlat hokimiyati organlarida boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi (“Elektron hokimiyat”) bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash, uni shaklllantirish va joriy etish” loyihasi.10. “Davlat tekshiruvi faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha namunali axborot tizimini ishlab chiqish” loyihasi.11. “Fuqarolik sudlari faoliyatida AKTni joriy qilish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash” loyihasi.12. “Davlat organlari xodimlari haqida malumotlarni tizimlashtirish va saqlash bo‘yicha “Kadrlar” namunali tizimining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va joriy etish” loyihasi.Dasturiy ta’minot mahsulotlariBugungi kunda axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishning asosi hisoblangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim sharti sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Hayotimizning har jabhasida faol qo‘llanilayotgan axborot almashinuv texnologiyalaridan samarali foydalanish ulardagi dasturiy ta’minotlarning o‘ziga xosligi, ommabopligi va innovatsion yangiligiga bog‘liq. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “EHM dasturlari va ma’lumotlar bazasini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.Bugun yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Bu esa, o‘z navbatida, softver sanoatining izchil rivojlanishiga keng yo‘l ochmoqda. Xususan, hozirgi kunda mamlakatimizda dasturiy mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish va joriy qilish bilan shug‘ullanuvchi 260 dan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritmoqda.Mamlakatimizda dasturiy ta’minot sanoatini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar, sohaga daxldor mustahkam qonunchilik bazasini yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Hozirgacha 10 dan ziyod qonun, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qator farmon hamda qarorlari qabul qilindi. Dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 20 sentyabrida imzolangan “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘ldagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.Dasturiy ta’minot mahsulotlariMa’lumki, dasturiy ta’minot yaratuvchilarining asosiy daromadi xodimlarga ish haqi to‘lash, zarur moddiy-texnik bazani muntazam mustahkamlab borishga sarflanadi. Shu ma’noda, qarorga binoan Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar 2017 yilning 1 yanvariga qadar muddatda barcha turdagi soliqlar hamda majburiy ajratmalar to‘lashdan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga boj to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilingani, ayniqsa, e’tiborlidir. Mazkur mablag‘lar dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining xodimlarini rag‘batlantirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga yo‘naltiriladi.Hozirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari dasturiy mahsulotlarning faol iste’molchisi hisoblanadi. Keyingi vaqtda mamlakatimizda vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxonalarning xarajat smetasi va biznes rejalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot tizimlari va resurslarini yaratish, dasturiy mahsulotlar hamda interfaol davlat xizmatlarini joriy etishga qaratilgan xarajatlarni nazarda tutish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda. Joriy yildan e’tiboran davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etish, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini yaratish, “Elektron hukumat” tizimini hamda internet tarmog‘ining milliy segmentini shakllantirish bo‘yicha loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish borasidagi ishlar boshlab yuborilgan.Dasturiy ta’minot mahsulotlariMazkur hujjat dasturiy ta’minot sanoatini rivojlantirish, davlat organlarida ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, “Elektron hukumat” loyihasini amalga oshirishda mahalliy kompaniyalarning faol ishtirokini rag‘batlantiradi.Qarorga muvofiq, www.software.uz veb-sayti internet-portalida joylashtirilgan dasturiy mahsulotlar va ishlab chiquvchilarning milliy katalogi negizida shakllantiriladigan Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining Milliy reyestri mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron bankini tashkil etish va istiqbolli loyihalar hamda innovatsion kompyuter texnologiyalarini yaratish bilan mashg‘ul iste’dodli yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorining holati va salohiyati to‘g‘risida axborot berish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni rag‘batlantirish, bu sohada istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.Milliy reyestr elektron shaklda on-layn rejimida yuritiladi. O‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, tatbiq etish va sotishdan olingan daromadlari ular sotgan tovarlar, ishlar, xizmatlar umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar Milliy reyestrga ixtiyoriy va bepul asosda kiritiladi. Shuningdek, Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar uchun ushbu qarorda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati, agar ularning o‘zlari ishlab chiqargan dasturiy ta’minot vositalarini eksport qilish hajmi ular sotgan tovarlar, ishlar, xizmatlar umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etgan taqdirda, 2 yilga uzaytiriladi.Dasturiy ta’minot mahsulotlariShu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining amal qilishi Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilariga, agar ular xonadonlarda ishlovchi (kasanachi) jismoniy shaxslar bilan mehnat shartnomalari tuzadigan bo‘lsa, tatbiq etishlari ham qarorda ko‘rsatilgan.Yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha yangi texnologiya uskunalarini xarid qilish chog‘ida soliqqa tortiladigan bazani kamaytirishga doir amaldagi tartib respublika korxonalari va tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturiga kiritiladigan axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dasturiy ta’minot vositalarini sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdoriga joriy qilinadi.Endi dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda xizmatlarni internet tarmog‘ining on-layn do‘konlari orqali eksport shartnomasi mavjud bo‘lmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish huquqiga ega bo‘ldilar.Dasturiy ta’minot mahsulotlariAyni kunda Apple Store, Google Play va boshqa bir qator on-layn tizimda faoliyat ko‘rsatuvchi do‘konlar o‘z standartlariga muvofiq keluvchi dasturiy ta’minotlar uchun o‘z platformalaridan joy ajratishadi va dasturchilarga o‘z mahsulotlarini mazkur do‘konlarning kataloglari orqali sotish huquqini berishadi. Mazkur katalogdagi dasturiy ta’minotlarni Yer yuzining xohlagan nuqtasidagi mijozlar on-layn to‘lovlar orqali sotib olishlari mumkin. Xullas, Prezidentimiz qaroriga muvofiq tashkil etiladigan Milliy reyestr yurtimiz dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga bevosita internet orqali mahsulotlarini sotish, xalqaro shartnomalar tuzish imkoniyatini ham beradi.2006 yildan buyon “Best Soft Uzbekistan” dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etib kelinmoqda. Milliy dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasida sohada erishilgan muvaffaqiyatlar namoyish etilib, mahorat darslari, taqdimotlar va ta’lim seminarlarida respublikadagi soft industriyaning dolzarb loyihalari va istiqbollari sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirokida muhokama qilinadi. Ko‘rgazmada xalqaro va mahalliy kompaniya — dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar hamda integratorlar, kontent-ishlab chiqaruvchilar, provayderlar, ilmiy va ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar vakillari ham ishtirok etishadi.Yurtimiz dasturiy ta'minot mahsulotlari ishlab chiquvchilari, mavjud mahsulotlar, ehtiyojlar, dasturchilar to'g'risida bilmoqchi bo'lsangiz www.software.uz manziliga tashrif buyuring.Download 201.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling