Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali universiteti kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi
Mashinali o‘qitishning asosiy tushunchalari
Download 2.12 Mb. Pdf ko'rish
|
ANVAROV AZAMAT SHUXRAT O\'G\'LI Kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi fan nomi Mashinali o\'qitishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashinalo o’qitishning programmadan farqi
4. Mashinali o‘qitishning asosiy tushunchalari
MO’ - bu ma'lumotlardan ma'lumot olishdir. Bu statistika, sun'iy intellekt va informatika chorrahasida joylashgan ilmiy maydon bo'lib, prognozli analitik yoki statistik o'rganish sifatida ham tanilgan. So'nggi yillarda mashinada o'qitish usullarini kundalik hayotda qo'llash odatiy holga aylandi. Ko'pgina zamonaviy veb- saytlar va qurilmalar filmlarni tomosha qilish, oziq-ovqat yoki oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish, shaxsiylashtirilgan onlayn radioeshittirishlar va fotosuratlardagi do'stlar timsollarini tanib olish uchun avtomatik tavsiyalardan tortib, kompyuterni o'rganish algoritmlaridan foydalanadilar. Facebook, Amazon yoki Netflix kabi murakkab saytni ko'rsangiz, saytning har bir bo'limida bir nechta mashinani o'rganish modellari mavjud bo'lishi ehtimoldan yiroq emas. Echimni evolyutsiyalash (evoluate solution) Mashinali o'qitish algoritmi (Train ML algoritm) Muammoni o'rganing (Study the prorblem) Ishga tushirish (Launch) Ma’lumotlar bazasi (DATA) Mashinalo o’qitishning programmadan farqi Odatiy programmaning ishlashi Programma Chiqish Ma’lumot Mashinali o’qitish Chiqish Programma Kompyuter Kompyuter 1.6-rasm. MO’ jarayoni blok sxemasi. O’qitish masalasi quyidagicha qo’yiladi: X - obyektlar to’plami, Y- javoblar to’plami uchun f:X→Y no’malum bog’liqlik maqsad funksiya(target function)ni aniqlashning hal qiluvchi (decision function) R:X→Y algoritmini qurish. Berilgan: {x 1 , . . . , x ℓ } X - o’qtiluvchi to’plam (training sample) y i = y (x i ), i = 1, . . . , ℓ - ma’lum javoblar. Mashinani o’qitish jarayoni chiziqli yoki nochiziqli bo’lishiga qaramasdan quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: muammoni aniqlash. ma’lumotlarni tayyorlash. algoritmni ishlab chiqish va baholash. natijaviy ma’lumotlar aniqligini oshirish. yakuniy natijani taqdim qilish. MO’ masalalarini yechishda qo’llaniladigan asosiy tushunchalarni keltiramiz: obyekt - nuqta yoki to’plamning elementi bo’lib, u nomga va belgilar naboriga ega bo’ladi. Masalan, obyekt sifatida bemorning ismi qatnashsa, belgilar nabori sifatida uning yoshi, harorati, bosimi, og’irligi, bo’yining uzunligi va h.k. lar hisobga olinadi; sinf deganda o’qituvchi tanlovdagi ba’zi bir obyektlar to’plami tushuniladi. Bu obyektlar to’plami o’xshash xususiyatlari bo’yicha sinflarga birlashtiriladi; timsol(timsol) – obyekt, hodisa yoki jarayon bo’lib, ular ustida tanish yoki sinflashtirish amallari amalga oshiriladi; belgi – obyektda o’lchash mumkin bo’lgan oddiy yoki murakkab xarakteristikasi; belgilar alfaviti – obyektlar guruxini tavsiflovchi barcha mumkin bo’lgan belgilar ro’yxati; invariant belgi – reseptor maydonida ba’zi almashtirishlar natijasida o’zgarmaydigan belgi; timsollar fazosi – shunday fazoki, uning o’qiga belgilar o’qi, nuqtalar fazosiga mos sinflarning obyektlar to’plami mos keladi; tanlov – bu obyektlar to’plami bo’lib, obyektlarda belgilar alfaviti aniqlangan bo’ladi; o’qituvchi tanlov – tanlovdan ixtiyoriy yoki maxsus qoidalar asosida ajratib olingan obyektlar to’plami bo’lib, ular sinflarga ajratilgan bo’ladi. Ushbu sinflarda obyektlar to’plami va ularda aniqlangan belgilar alfaviti berilgan bo’ladi. O’qituvchi tanlov predmet soha mutaxasisi tomonidan ham tanlab olinishi mumkin. O’qituvchi tanlovdan har bir sinfga xos bo’lgan namunaviy obyektlar va ularga xos belgilar tizimosti topiladi. Topilgan namunaviy obyektlar va ularga xos belgilar tizimostiga mos qaror qabul qiluvchi qoida quriladi. Bu qoidalar yangi obyektlarni tanishda qo’llaniladi. sinov tanlov – bu obyektlar to’plami bo’lib, ular o’qituvchi tanlovdan hosil qilingan qaror qabul qiluvchi funksiya yordamida sinflashtiriladi yoki taniladi; o’qitish jarayoni – bu shunday jarayonki, bunda o’qituvchi tanlovda joylashgan har bir sinfdagi obyektlarning belgilar alfavitidan har bir sinf uchun shunday muhim yoki muhim emas belgilar topiladi va ular asosida qaror qabul qiluvchi funksiya quriladi; avtomatik o’qitish jarayoni - bunda o’qituvchi tanlovni tuzishda mutaxasis(ekspert) bevosita qatnashmaydi. Bunda sinflar haqida aprior ma’lumotlar ma’lum bo’lmaydi va obyektlar hamda belgilar alfaviti berilgan bo’ladi. Sinflar avtomatik ravishda hosil qilinadi. qaror qabul qiluvchi qoida - bu o’qituvchi tanlovdan har bir sinf uchun tanlab olingan muhim yoki muhim emas belgilar tizimiga mos keluvchi funksiya bo’lib, undan sinov tanlovdagi yangi obyektlarni tanishda yoki sinflashtirishda foydalaniladi; Download 2.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling