Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Ziddiyat — qarama-qarshiliklar o’rtasidagi munosabatlar. Ii


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet445/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

Ziddiyat — qarama-qarshiliklar o’rtasidagi munosabatlar.
Ii 
Idealizm — olamning asosida ruh yoki g’oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo 
voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy yo’nalish. 
Imkoniyat va voqelik – falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa 
va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendentsiyasini ta’minlaydigan, 
muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan 
rivojlanishning namoyon bo’lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham
bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko’ra, boshqa kategoriyalar bilan 
bog’liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar 
rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-




500
 
sharoitlarini, 
sabablarini, 
zaruriy 
qonuniyatlarini, 
mohiyatini 
o’zida 
mujassamlashtirgan. 
Inkor — rad etish, qabul qilmaslik.
Integratsiya — kirib borish, to’ldirish, o’zaro yaqinlashish 
In’ikos - kamida ikkita ob’ektning o’zaro ta’siri natijasida yuz beruvchi 
jarayondir. Eng umumiy ma’noda, har qanday predmetlarning u bilan 
ta’sirlashuvda bo’lgan boshqa predmetlarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi 
bilan bog’liq xossasiga in’ikos deyiladi. 
Kk 
Kant Immanuil (1724-1804) nemis falsafasining asoschilaridan biri.faqat 
mashhur faylasufgina bo’lib qolmasdan, yirik tabiatshunos olim hamdir. Kant 
tomonidan yaratilgan gaz holatidagi ulkan tumanlikdan quyosh sistemasining kelib 
chiqishi haqidagi nazariya hozirgi davrda ham astronomiya sohasidagi eng muhim 
ta’limotlardan biridir. Kantning tabiiy-ilmiy qarashlari tabiat hodisalarini metafizik 
ruhda tushuntiruvchi ta’limotlarga zarba berdi. Kant o’z davri tabiatshunosligi 
erishgan yutuqlarni faqat Koinot tuzilishi masalasiga emas, shu bilan birga Koinot 
genezisi va rivojlanishi masalalariga ham tatbiq qildi. Kantning inson irqlarining 
tabiiy kelib chiqishi haqidagi nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega. 
Kategoriya - qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib: «izohlash», 
«tushuntirish», «ko’rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi 
bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo’nalishiga aylangan.  

Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling