Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Utilitarizm — foydalikni aql-odob mezoni deb hisoblaydigan yo’nalish.  Ff


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet453/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

Utilitarizm — foydalikni aql-odob mezoni deb hisoblaydigan yo’nalish. 
Ff 
Fazo — narsalarning bir-biridan uzoqligini, ularning ko’lamini, joylashish 
tartibini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha. Shuningdek, fazo - narsalarning 
ko’lamini, hajmini, o’zaro joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalovchi 
borliqning yashash usullaridan biridir.Fazo va vaqt tushunchalari, ko’p hollarda, forsiy 
til ta’sirida yozilgan adabiyotlarda makon va zamon deb ham ataladi. Bu tushunchalar 
fazo va vaqtning tashqi, nisbiy xususiyatlarinigina aks ettiradi, xolos. Fazo narsalar 
joylashadigan joy ma’nosida, vaqt esa hodisalar bo’lib o’tadigan muddat ma’nosida 




509
 
ishlatiladi. 
Falsafa — (yunoncha «fileo» — sevaman va «sofia» —donolik) donolikni 
sevaman. Tabiat, jamiyat, inson, uning tafakkurida amal qiluvchi eng umumiy 
qonunlarni o’rganuvchi fandir 
Fan — ilmiy bilimlar tizimidir. Fan o’zining ilmiy tushuncha uslublari va 
metodologiyasiga ega bo’lgan, olamni bilish va o’zlashtirishning maxsus usuli, ilmiy 
bilimlar tizimidir. SHuningdek, fan ijtimoiy ong shakllaridan biridir. 
Fenomenologiya — «Sof ong» falsafaning predmetini tashkil etadi deb 
hisoblovchi falsafiy oqim. 
Futuvvat — tasavvuf tariqatining bir bo’lagi. 
Xx 
Xavfsizlik — biror davlatga yoki kimsaga xavf tug’dirmaslik, osoyishtalik 
holati 
Haqiqatkishilarning tasavvur, tushunchalarining ob’ektiv olamga mos 
kelishi. 
Harakat — borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini 
ifoda etuvchi xususiyatidir. Harakatnarsa va hodisalarning har qanday 
o’zgarishlarini ifodalovchi tushunchadir. Chunki borliq harakatsiz o’zining 
strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi. 

Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling