511
so’rgan atomchilik ta’limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog’onaga
ko’targan va tegishli qarashlar bilan boyitgan faylasuf. Epikur ta’limoticha,
olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar — bo’linmas, olam — jism va
bo’shliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni
Epikur ikki guruhga
bo’lgan.
Qq
Qadriyat - narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo’llanilmasdan,
balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqelikning shakllari, holatlari,
narsalar,
voqealar, hodisalar, jarayonlar,
holatlar, sifatlar, talab va tartiblar va
boshqalarning qadrini va ijtimoiy ahamiyatini ifodalash
uchun ishlatiladigan
falsafiy kategoriyadir. Qadriyatlar — inson manfaatlarini ifodalaydigan, shuning
uchun ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat hodisalaridir.
Qarama-qarshilik - narsa, voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va
shu bilan birga bir-birini
inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o’zaro
munosabatiga aytiladi. Qarama-qarshiliklar o’rtasidagi munosabatni ziddiyat degan
tushuncha ifodalaydi. Ko’p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir
maxrajga kelishi, me’yoriy o’zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot,
yangilanish
jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va
ziddiyatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo’lgan
abadiy va azaliy murakkab jarayondir.
Qonun -dunyoning mavjudligi botiniy va zohiriy o’zgarishlarning abadiy
takrorlanib turishini ifodaloydi.Takrorlanishlar esa o’z
mohiyati va xususiyatlarini
saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olg’an. Qonun olamdagi narsa
va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog’lanishlari,
o’zaro aloqalari va munosabatlarining namoyon bo’lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: