Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Skeptitsizm — olamni bilish mumkinligiga shubha bilan qaraydigan  ta’limot. Solipsizm


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet451/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

Skeptitsizm — olamni bilish mumkinligiga shubha bilan qaraydigan 
ta’limot.
Solipsizm — faqat inson va uning ongi mavjuddir degan g’oyani ilgari 
suradigan oqim. 
Sofistika — qadimgi Yunoniston falsafasida vujudga kelgan tafakkur usulidir. 
Ko’pgina darslik va qo’llanmalarda bu ibora yunon tilidagi «sopism» so’zi asosida, 
ya’ni ataylab xilma-xil ma’noga ega bo’lgan tushunchalarni ishlatish orqali ker
aqli, ammo haqiqatga to’g’ri kelmaydigan, ko’chma ma’no-mazmunga erishish 
usuli, deb ta’kidlanadi.
Sofistika — soxta donolik usuli 
Sofistlar - maktabi yunon falsafasida katta o’ringa ega bo’lgan 
yo’nalishlardan biridir.. Sofistlar antropologiya (inson haqidagi fan) va 
gnoseologiya (bilish to’g’risidagi fan) muammolari bilan shug’ullangan. Sofistlar 
yangi kasblarning mohir ustalari, ya’ni o’qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud 
mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo’lib, haqiqat, osoyishtalik
adolat o’rnatishga xizmat qilgan. ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum 
darajada ta’sir ko’rsatgan. 
Ss 
Substantsiya — (lotincha Substantia — mohiyat) — moddiy asos, mohiyat. 
Substantsiya – muayyan narsalar, hodisalar, voqealar va jarayonlarning xilma-xil 
ko’rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va ular orqali namoyon bo’luvchi 




507
 
mohiyatdir. Olamning asosida bitta mohiyat — substantsiya yotadi, deb hisoblovchi 
ta’limotni monizm deb atashadi. Faylasuflar substantsiya sifatida biror jismni, 
hodisani, materiyani, g’oyani yoki ruhni olishgan.
Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi 
YUnon faylasufi. «Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi 
bilan shug’ullangan, hurfikrli inson, kambag’aldan chiqqan, tosh yo’nuvchining 
o’g’li, o’ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo’lgan. 
Sunna - hadislar majmui bo’lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to’ldiradi. 
Unda Muhammad payg’ambarning so’zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis sh
aklida jamlangan. 
Sxolastika - so’zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo’lib, «o’qish 
joyi»,»maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o’qituvchilik 
qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o’qituvchilarni sxolastlar deb 
ataganlar. SHuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta asr olimlarini 
ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga 
moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish deb ham 
baholash mumkin.
Stsientizm (lot scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy 
muammolarni hal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini 
asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Stsientizm g’oyalari, neopozitivizm, texnologik 
determinizm kabi ta’limotlarning asosini tashkil etadi 

Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling