153
ifodalovchi, insonni ulug'lovchi ta'limot ekanligini ko'rsatmoqchi bo'ladilar.
Biroq ular erkinlik individining faqat ichki holati, kayfiyati, kechinmasi, deb
tushunadilar. Zaruriyatga qarama-qarshi qo'llangan va jamiyatdan holi bo'lgan
bunday erkinlik har qanday mazmunini va ahamiyatini yo'qotib, quruq rasmiy
tamoyilga, tuturiqsiz so'zlamoqqa aylanadi.
Ekzistentsialistlar inson erkin bo'lsa ham bu erkinlik tanlash jarayoni yuz
beradigan muayyan sharoit bilan cheklangan deb hisoblaydilar. Ularcha, inson
o'zining hayoti sharoitini o'zi ta'minlaydi. Tashqi olam insondan tashqari mavjud
bo'lgan qandaydir narsa emas, balki inson yashashligi va u bilan uzviy bog'liq
bo'lgan, uning muhiti, uning tashvishlari dunyosi, deb tasavvur qilinadi.
Ekzistentsialistlar fikricha, o'lim dahshatidan qo'rqqan inson o'zicha
jamiyatdan joy izlaydi. Unga aralashib ketib, u odamlarning umuman o'limga
mahkumligi bilan o'ziga-o'zi dalda beradi va bu bilan o'zining o'limi haqidagi
fikrini haydaydi. Lekin jamiyatdagi individning hayoti haqiqiy emas: bu insonning
faqat yuzaki, tashqi, kundalik yashashligi. Uning haqiqiyligi tanxo mavjudlikda
yashiringan, bu faqat individual ozchilikka ma'lum.
Ekzistentsializm falsafasida qayta-qayta bitta g'oya takrorlanadi: inson o'lish
uchun yashaydi. M.Xaydegger uchun o'lim bu insonning so'nggi imkoniyati;
J.Sartr uchun bu barcha imkoniyatlarning oxiri, barcha ekzistentsialistlar uchun
yuqori transtsendent reallik — bu o'lim.
Ekzistentsialistlar o'limni inson yashashining maqsadi, mohiyatiga
aylantirib, mazmunsiz hayot haqida xulosa keltirib chiqaradi, ijtimoiy hayotni va
inson faoliyatini yo'qqa chiqaradi.
Hozirgi zamon diniy falsafasining eng ko'p tarqalgan maktablaridan biri
neotomizm bo'lib, u o'rta asrda yashagan Foma Akvinskiy ta'limotining
tiklanishidadir. Neotomizm katolik cherkovi markazi Vatikanning rasmiy
falsafasidir. Uning ko'zga ko'ringan vakillari J.Mariten, E.Jelson, G.Manzer va
boshqalar hisoblanadi.
Neotomizm falsafasining asosiy g'oyasi shundan iboratki, ularcha din,
Do'stlaringiz bilan baham: |