Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
149
tamoyilidir. Agar «ko'chada yomg'ir yog'moqda» degan gapni tushunishimiz kerak bo'lsa, uni biz, ko'chaga qarab tekshirib ko'ramiz. Bu elementar usulni umumiy tamoyilga aylantirish noto'g'ri bo'ladi, chunki fanning ko'pgina haqiqatini hissiy verifikatsiya yo'li bilan isbotlab berish mumkin emas. XX asrning 30-yillarning o'rtalariga kelib, mantiqiy pozitivistlar o'zlarining ta'limotini qayta ko'rib chiqishga majbur bo'ldilar. Agar ilgari ular fan tilining mazmun tomoniga e'tibor bermasdan faqat shaklan sintaksis qoidalari bilan shug'ullanib kelgan bo'lsalar, 30-yillarning oxiriga kelib mantiqiy pozitivistlar ishlarida ko'pincha semantik problemalarga, ya'ni so'z va ifodalarning mazmuni muammolariga e'tibor bera boshladilar. Semantik muammolar mantiqi A.Tarskiy va pragmatizmga yaqinroq bo'lgan amerikalik pozitivist U.Morrisning ishlarida yaqqol ko'rina boshladi. Shundan boshlab tilni tahlil qilish uch sohaga ajratiladi. Tilning uni qo'llayotganlarga munosabati — pragmatika; uning yordamida ta'bir qilinayotgan narsa o'rtasidagi munosabat — semantika; til ifodalari o'rtasidagi munosabat — sintaksis. Uch qismdan iborat ta'limot semantika nomini oldi. Neopozitivistlar so'z va belgilarning mazmuniga e'tibor berishga o'tish bilan o'zlarining tahlil qilish ob'ektiga katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan (masalan, elektron hisoblash kurilmasini yaratish uchun bir qator mantiqiy, lingvistik, psixologik) muammolarni kiritadi. Semantika muammolarning umumiy zaminida tilning kommunikatsiya shakllari va ahamiyatini tahlil qilishga turli tomonlardan yondashgan har xil maktablar va oqimlar uchrashadilar. Karnap va Tarskiy guruhi matematik mantiqiy masalalar bilan bog'langan simvolik ifodalarni tadqiq qilishga kirishdilar. Richard Ogden tarafdorlari lingvistika bilan bog'liq holda semantika muammolarini ishlay boshladilar. Korjibskiy, S.Cheyz va boshqalarning «umumiy semantika» deb nomlangan guruh ijtimoiy munosabatlarni «yaxshilash», ijtimoiy ziddiyatlarni «hal qilish» uchun tilni semantik tahlil qilishdan foydalanishga urindilar. So'nggi guruh tarafdorlarining fikriga ko'ra, mazkur so'zni ifodalaydigan unga mos «referent» yoki yagona hissiy faktni topish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling