Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

146
 
Odamlarning bolalik davriga xos bo'lgan iztiroblari, kechinmalari ong 
tomonidan «esdan chiqarib», ongsizlik diyoriga qarab siqib yuborilgan. Har bir 
kishi o'zida katta miqdorda qo'rquv, ilohiy kuchlarga ishonch hissiyotlarini saqlab 
yuribdilar. Ular kishilarni qiynab har xil asab kasalliklarini keltirib chiqarishga 
sabab bo'lmoqdalar. 
Z.Freyd o'zining «Я», «Оно», «Тотем и табу», «Толкование 
сновидений», «Психопаталогия обыденной жизни» va boshqa asarlarida inson 
ongi uchta darajadan tarkib topgan, deydi: 1. Mendan yuqori (Сверх Я — 
сверхсозанание). Unga odob-axloq qoidalari, axloqiy nazorat, ota-onalar 
tomonidan man etilgan qoidalar kiradi. 2. Ong-Men (Я). 3.Ongsizlik-U (Оно). 
Bunga ong tomonidan siqib chiqarilgan instinktlar, iztiroblar, jinsiy, agressiya 
instinktlari kabilar kiradi. Mazkur instinktlar insonlarga ilgarigi hayvoniy va 
ibtidoiy hayotdan meros bo'lib o'tgan. 
Ongga (Menga) doimiy ravishda, bir tomondan, Mendan yuqori (сверх Я) 
tomonidan man qilingan qoidalar, ikkinchi tomondan, ong ostidagi-ongsizlik — U 
(Оно) instinktlari ta'sir ko'rsatib turadi. Shu tufayli kishilar turli asab kasalliklariga 
mubtalo bo'ladi. 
Oddiy kishilar mazkur holatdan o'zidagi ongsizlikni san'at, fan, ijtimoiy 
faoliyatga safarbar etish orqali chiqishga muyassar bo'ladilar. Shuning uchun ham 
buyuk san'at asarlari, ilmiy kashfiyotlar, odatda ongsizlik instinktlarining ta'siri 
ostida yuzaga keladi. 
Z.Freyd ta'limotini uning shogirdi K.Yung yanada rivojlantiradi, mazmunan 
boyitadi. K.Yung kishilarda shaxsiy ongsizlikdan tashqari kollektiv, «urug'» 
ongsizlik mavjud degan g'oyani ilgari suradi. 
Kollektiv ongsizlik, ajdodlarimiz tabiat bag'rida yashagan davrda 
mujassamlashgan 
va 
avloddan-avlodga 
meros 
bo'lib 
o'tib 
kelayotgan 
kechinmalarni, iztiroblarni tashkil etadi. Inson ongi ham shaxsiy ham kollektiv 
kechinmalar, iztiroblar ta'siri ostida rivojlanadi. Mazkur kechinmalar odatda 
uxlagan vaqtda tush ko'rish jarayonida yaqqol namoyon bo'ladi, deydi K.Yung. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling