142
“birinchi turtki”ni ham tabiatning rivojlanish sabablaridan biri deb hisoblaydi.
Lomonosovning bilish nazariyasiga ko'ra, tashqi olam sezgilarimizning
manbaidir. U Dekartning “tug'ma g'oyalar”i bilan Lokkning “ikkilamchi sifatlar”
ta'limotiga qarshi chiqdi. Predmet va hodisalarning ichki sababini bilish uchun
tajriba bilan tafakkur birligi zarur va u nazariy xulosalar orqali tekshirilishi lozim.
Hissiy qabul qilish va ilmiy tushuncha birligi moddiy olamning turli qiyofasini
beradi .
Ijtimoiy hodisalarni tushunishda Lomonosov ma'rifatchilik nuqtai nazariga
qo'shiladi va jamiyat hayotini faqat maorif vositasi bilan va xulq-atvorni
takomillashtirish yo'li bilan yaxshilash mumkin, deb o'ylaydi.
A.N.Radishchev
(1749-1802
yy.)
Rossiyadagi
ilg'or
fikrlarning
namoyondasi. Uning falsafiy qarashlari “Inson, uning o'lishi va o'lmasligi haqida”
asarida o'z ifodasini topgan. U moddiy dunyo ob'ektiv mavjud, u turli xil sifat,
xususiyatlarga: og'irlik, shakl, harakat, rang va boshqalarga ega, materiya va
harakat bir-biri bilan uzviy bog'liq, degan edi. Inson o'limidan keyin uning ruhi
abadiy yashashi mumkinligini tasdiqlaydigan hech narsa yo'qligini ko'rsatgan.
Bilish nazariyasiga doir fikrlarini bildirganda uningcha inson o'z bilimlarni sezgilar
yordamida olamdan oladi, deb hisoblagan. U Dekartning “tug'ma g'oyalariga”
qarshi chiqdi hamda tashqi olam inson bilimining manbai ekanligini asosladi.
XIX asrda Rossiyada ijod qilgan V.G.Belinskiy (1811-1848 yy.),
A.I.Gertsen
(1828-1889
yy.),
N.G.Chernishevsiy
(1820-1880
yy.),
N.A.Dabrolyubov (1836-1861 yy.), N.P.Ogaryov (1813-1877 yy.)lar ham falsafiy
tafakkur rivojiga katta hissa qo'shganlar. Ular M.V.Lomonosov, A.I.Radishchev
hamda nemis klassik faylasuflari Gegel, Feyerbaxlarning ilmiy falsafiy merosini
atroflicha o'rganib chiqishdi, undagi ilg'or fikrlarni hisobga olib, yangi falsafiy
ta'limot yaratdilar. Ular fikricha materiya birlamchi, ong yuksak darajada tashkil
topgan materiyaning mahsuli, shu tufayli u ikkilamchidir. Dobrolyubov dunyodagi
barcha jismlar harakat va rivojlanishda bo'lgan yagona materiyaning turli-tuman
holatlaridan iborat: materiya abadiy, u hech kim tomonidan yaratilmagan va
Do'stlaringiz bilan baham: |