139
uning asarlarida falsafaning barcha kategoriyalari ham tavsiflanib berilgan. Bilish
nazariyasiga Gegelning qo'shgan hissasi shundan iboratki, u mantiqiy (mantiq) va
bilish nazariyasining birligini asoslab berish bilan bir qatorda dialektik mantiqning
birinchi kengaytirilgan tizimini yaratadi. Gegel bilish jarayonining xususiyatlari,
haqiqatga erishish dialektikasi kabi masalalarni har tomonlama asoslab berdi. U
dialektika qonuniyatlarini tabiat va ijtimoiy fanlarga tatbiq etib falsafaning hamma
sohalarida chuqur iz qoldirdi. Gegel mantiq haqidagi ta'limotida mavjud olam bilan
nazariy va amaliy faoliyatining muhim qonuniyatlari aloqador ekanligini ko'rsatib
bergan edi.
Nemis klassik falsafasining buyuk vakili faylasuf Lyudvig Feyerbax (1804-
1872 yy.)dir. Feyerbax falsafada antropomantiqiy yo'nalish tarafdori edi. Ularning
ta'biricha, inson tabiatining bir qismi, uning gultojidir. Shuning uchun dunyodagi
hamma narsa insonga xizmat qilishi lozim. Falsafaning mavzusi inson va uning
faoliyatidadir. Din insonga uning vafotidan keyingi dunyo haqida yo'l ko'rsatadi,
falsafa unga shu dunyoda qanday yashashi kerakligini ko'rsatadi.
Feyerbax fikricha, tabiat faqat inson orqali o'z-o'zini payqaydi va o'zi
to`g`risida fikrlaydi. Tafakkurni borliqdan, ongni materiyadan ajratib qo'yuvchi
idealistlarni u keskin tanqid qilib, tafakkurning borliqqa munosabati masalasi eng
avvalo inson masalasi ekanligini ta'kidlaydi, chunki anglash va fikr qilish
insonning xususiyatidir.
Feyerbax ta'limotiga ko'ra, fazo va vaqt materiyaning borliq, shakllari,
atributidir, harakat esa materiyaning mavjudlik usulidir.
Feyerbax Gegelning idealistik falsafasini din bilan yaqin aloqada deb
hisobladi. Shu tufayli, uning fikricha, dindan qutilish uchun Gegelning
idealizmdan mutlaq ozod bo'lishi lozim. Feyerbax Gegel falsafasini, uning
idealizmini tanqid qilish jarayonida undagi «ratsional mag'zini» ko'ra olmadi, ya'ni
u Gegelning dialektik usulini, undagi o'zaro bog'lanish va taraqqiyot ta'limotini
uning idealizmi bilan birga rad etdi.
Feyerbax dunyo va uning qonunlarini bilish mumkinligini inkor qiluvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |