140
Kant agnostitsizmini tanqid qildi. U moddiy dunyoda inson tomonidan hali
bilinmagan narsa va hodisalar juda ko'p ekanligini ta'kidlaydi, lekin inson ularni
fan va amaliyotning taraqqiyoti davomida bilib olishga qodir, deb hisoblaydi.
XIX asrning o'rtasida nemis faylasuflari Karl Marks (1818-1883 yy.) va
Fridrix Engels (1820-1895 yy.) dialektik va tarixiy materializm deb nomlangan
falsafani yaratdilar. V.I.Lenin (1870-1924yy.) tomonidan rivojlantirib sobiq
Ittifoqda 70 yil davomida hukmron mafkura sifatida kishilarning ongiga majburan
singdirilib kelingan mazkur falsafiy ta'limot ijtimoiy hayot, madaniyat, fan va
boshqa sohalarda ko'pgina salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi.
3.5. Rus falsafasi
Rus falsafasi taraqqyoti ikkita bir-biridan sifat jihatidan ajralib turadigan
davr mavjudligi bilan tavsiflanadi: 1) XI-XVII asrlar; 2) XVII asr oxiridan XIX
asrgacha bo'lgan vaqtni o'z ichiga qamrab oladi.
Birinchi davrda asosan diniy-falsafiy qarashlar taraqqiy etib, unda olam
Xudo tomonidan yaratilgan, insoniyat tarixi Xudoning marhamati bilan iblisning
qora niyati o'rtasidagi kurashdan iborat, inson hayotining o'tkinchi, ruhning
o'lmasligi, abadiyligi haqidagi g'oyalar o'z aksini topadi. X asrda qadimgi rus
o'lkalarida yashagan xalqlar tomonidan xristianlik dinining qabul qilinishi bu yerda
falsafiy fikrning shakllanishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu borada
kievlik metrapolit Illarionning “Qonun va yaxshilik haqida so'z”, “Ibodat” kabi
asarlarini ko'rsatib o'tish joizdir. Shuningdek, “Igor qo'shini haqida so'z” (XII asr),
“O'tkinchi yillar qissasi” (XI-XII asrlar) va boshqa adabiy yodgorliklar rus
xalqining tarixi, madaniyati, ijtimoiy-falsafiy qarashlari to'g'risida qimmatbaho
manbalar bo'lib hisoblanadi.
XVII asrning oxiridan boshlab rus falsafasi taraqqiyotida yangi davr
boshlandi. Bu davr Pyotr I ning Yevropa madaniyati, fan va texnika yutuqlarini
Rossiyaga singdirish harakatlari bilan uzviy bog'langan bo'lib, u tabiat va jamiyat
Do'stlaringiz bilan baham: |