141
taraqqiyotiga ilm-fan nuqtai nazaridan yondashishga qaratilgan ilmiy-falsafiy
fikrlarning vujudga kelishi bilan tavsiflanad
Ushbu davri rus falsafasining yirik namoyondalaridan biri M.V.Lomonosov
(1711-1765 yy.) edi. Uning ijodiy faoliyati nihoyatda har tomonlama bo'lib u
kimyo, fizika, filologiya, she'riyat, tarix va boshqa fanlarning rivojlanishiga katta
hissa qo'shgan.
Lomonosov o'z davrining madaniyatida hukmron bo'lgan safsatabozlik
qarashlariga qarshi chiqdi. Idealistik nazariyalarga u tabiat jismlarining tabiiy kelib
chiqishi haqidagi g'oyalarini qarama-qarshi qo'ydi. “Yer qatlamlari” asarida
o'simlik va hayvonot olamining evolyutsiyasi haqidagi farazni ilgari surdi va
tabiatni o'rganish zarurligini isbotlab berdi.
Lomonosov fikricha, tabiatdagi hamma narsalar materiyadan (atomlardan)
tashkil topgan. U qadimgi atomistik nazariyani qo'llab-quvvatladi. Barcha narsalar
atomdan tashkil topgan bo'lib, ular o'z navbatida mayda zarrachalar
(korpuskulalardan) iborat, deb hisobladi. Korpuskulalar yoki molekulalarning
turlicha qo'shiluvi narsalarning xilma-xilligini belgilaydi.
Tabiat o'z qonuniga ega bo'lib, jismlardan tortib atomlargacha barcha
hodisalar va o'zgarish jarayoni ana shu qonuniyatga bo'ysunadi, unga muvofiq
vujudga keladi. Shuning uchun ular qandaydir tashqi kuchga muhtoj emas.
Lomonosov materiya doimo harakatda, rivojlanishda degan g'oyani olg'a
surgan, u materiya va harakatning saqlanish umumiy qonunini kashf etadi. Bu
qonunni u 1748 yil 5 iyul kuni Eylerga yozgan maktubida ta'riflab bergan edi.
Uning bu kashfiyoti XVIII asr tabiat fanlarida ilmda hukmron bo'lgan salbiy
qarashlarga qat'iy zarba beradi.
Lomonosov “Issiq va sovuqning sababi haqida o'ylar” asarida issiqlik
yaratuvchi materiyaning alohida turli sifatidagi teplorod tushunchasini rad etadi va
issiqlik jarayonlarining sababini materiya zarralarining harakatidan izlamoq kerak
deb ko'rsatadi. Uningcha, materiyaning asosiy xossalari: ko'lamlilik, inertsiya
kuchi, shakl, o'tkazmaslik va mexanik harakatdan iborat. Shuningdek, Lomonosov
Do'stlaringiz bilan baham: |