144
rivojlanishda va o'zgarishda, deb hisoblaydilar. Hayot, Belinskiy fikricha, betinim
harakat va rivojlanishdadir. “Yashash” olg'a qarab rivojlanish”, demakdir, degan
qoidaga asoslanib, Gegelning “doira bo'ylab taraqqiyot” ta'limotiga qarshi
chiqdilar.
Harakat va rivojlanishning sababini narsa va hodisalarning o'zidan
qidiradilar. Rivojlanishning manbai ichki qarama-qarshiliklar kurashidadir.
Rus taraqqiyparvarlari falsafa tarixida birinchi bo'lib falsafiy ta'limotlarni
sinflar va siyosiy partiyalar kurashi bilan sug'orilganligini ko'rsatdilar. Ular
siyosiy va falsafiy nazariyalar har doim ham yuz berayotgan hodisalar ta'sirida
bo'lishini, bular esa hayot hodisalari yuz berishini tezlashtirishga yoki
sekinlashtirishga qaratilganini ta'kidlaydilar.
Rus ilg'or demokratlarining falsafa tarixida tutgan o'ziga xos o'rni, ular
dunyo hodisalarini tushuntirishda XVII asr faylasuflariga nisbatan bir qadam
oldinda bo'lganliklaridadir. Shuningdek, ular falsafasi, oldingi materialistik
ta'limotlardan farqli o'laroq, jamiyat a'zolarini harakatga, jamiyatni o'zgartirishga
undaydigan ta'limot edi.
Rus falsafasida materialistik dunyoqarash bilan bir qatorda diniy falsafiy
qarashlar ham taraqqiy etgan. Ular markazida e'tiqod va bilim asosiy o'rin egalladi.
Diniy falsafaning yirik namoyondalari V.Solovev (1853-1900 yy.),
Berdyaev (1870-1948 yy.), slavyanofillar falsafasining tarafdorlari S.N.Bulgakov,
P.A.Florenskiy, kantchilik guruhiga N.O.Losskiy, S.L.Frank, G.G.Shpnetlar
ham o'ziga xos falsafiy fikrlarni bildirishga muvaffaq bo'lganlar.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rus falsafasi taraqqiyotida uchinchi
davr boshlandi. Bunda G.V.Plexanov (1856-1918 yy.) katta rol o'ynadi.
Plexanovning falsafiy fikrlari uning “Tarixga monistik qarashning rivojlanishi
masalasiga doir”, “Materializm tarixiga oid ocherklar”, “Tarixda shaxsning roli
masalasiga doir” va boshqa asarlarda bayon etilgan.
Plexanov tarixni materialistik g'oyalar asosida tahlil etib, ijtimoiy borliq va
ijtimoiy ong munosabatlarining murakkabligini ko'rsatdi. U dinning kelib chiqishi,
Do'stlaringiz bilan baham: |