145
jamiyatda tutgan o'rni hamda uning ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan
aloqadorligi haqida o'z fikrlarini bayon etdi.
Rossiya falsafiy tafakkurini rivojlantirishda V.I.Lenin (1870-1924 yy.)
o'ziga xos hissa qo'shgan. U XIX asr oxirida tabiat fanlari sohasida ro'y bergan tub
o'zgarishlarning sabablarini tahlil qilib, fizikaviy idealizmning mohiyatini ochib
berdi. U o'zining asarlarida dialektika nazariyasi, dialektika va metafizikaning
qarama-qarshiligi, idealizmning gnoseologik ildizlari, shuningdek jamiyat
taraqqiyotiga oid bir qancha masalalarni yoritib berdi.
3.6. XX asr falsafasi
Demak, qadimgi Sharq, O'rta Osiyo, Garb falsafasining markazida borliq,
tabiat, ong, inson, jamiyat, ularning mohiyati va rivojlanish qonuniyatlari, bir-
biriga ta'siri va o'zaro aloqadorligi, voqelikni bilish yo'llari kabi muammolar asosiy
o'rinni egallab kelgan. Mazkur muammolar hozirgi davr falsafasining ham diqqat
markazida turibdi. Lekin, avvalgi davrlarga nisbatan, yuqorida ko'rsatib o'tilgan
muammolar hozirgi kunda keng va chuqurroq qiziqish uyg'otmoqda. Buning boisi
shundaki, fan taraqqiyoti va amaliyot bizga mazkur masalalarning yangi tomonlari,
murakkab qirralarini ochib bermoqda, ular esa o'z navbatida yangicha falsafiy
yondashishni taqozo etmoqda.
XX asr falsafasining xususiyati shundan iboratki, falsafaning yuqorida qayd
qilingan an'anaviy masalalari bilan bir qatorda hozirgi davr taraqqiyotidan kelib
chiqqan bir qator yangi muammolarda ham o'z ifodasini topgan. Buni biz
psixoanaliz (ruhiy tahlil) falsafasidan yaqqol ko'rishimiz mumkin. Mazkur falsafiy
oqimning yirik namoyondalari Zigmund Freyd (1856-1939 yy.), K.Yung (1875-
1961 yy.), E.Fromm (1900-1980 yy.) hisoblanadi.
Z.Freydning fikricha, har bir kishida ong va ongsizlik tomonlari mavjud.
Ong ostida katta miqdorda ilgaridan saqlanib kelayotgan ichki kechinmalari,
iztiroblari uning tashqi ong faoliyati va harakatlarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |