Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
152
yashashlikning asosida yotadigan kechinmasi deb hisoblaydilar. Qo'rquvning bilish sohasidagi ahamiyati, ekzistentsialistlar ko'rsatib o'tishicha shundan iboratki, u yaxshilikning o'zining poyoniga, nihoyasiga ro'para qilib qo'yadi, uni yo'qlik yoki hech narsa bilan qarama-qarshi qilib taqqoslaydi. Hech narsaga bo'lgan yashashlik munosabatida yashashlikning o'zi oydinlashadi. Qo'rquv sharoitida dunyo qavsga olinganday bo'ladi va inson o'zi bilan tanholikda, o'zining mavjudligida qoladi. K.Yaspersning taxminicha, inson yashashi (hayoti) «chegara vaziyati»da oydinlashadi. Bu o'lim, azob, uqubat, kurash, aybdorlik, diniy jazava, ma'naviy nogironlik va hokazolar. Faqat mana shu paytlarda inson haqiqiy bo'lmagan, kundalik, oddiy sharoitlarda yashiringan o'zining chinakam yashash usulini o'z ixtiyori bilan tanlab oladi. Albatta kishilar hayotida qayg'u ham, kasallik ham, azob ham bo'ladi, ularning borligini inkor qilish mumkin emas. Ammo azob, qo'rquv va o'limni inson yashashining asosi va negizi deb hisoblash uchun, ijtimoiy hayotning tanazzuliga yuz tutgan davri uchun xarakterli bo'lgan aqliy kayfiyat bo'lishi kerak. S.Kerkegorning fikricha, inson yashashining cheklanganligini oshkora etuvchi qo'rquvda inson o'limiga, hech narsaga, o'zining munosabatini tanlash zaruriyatiga ro'baro' keladi, ana shu tanlash imkoniyatiga ega o'z navbatida erkinlikni ko'rsatadi. Ekzistentsialistlar insonning erkinligi uning aktiv faoliyatida emas, uni o'rab olgan muhitni qayta o'zgartirishda ham emas, balki qo'rquvda namoyon bo'ladi, degan bema'ni fikrni qabul qilib oladilar. Ekzistentsialistlarning ta'kidlashicha, inson o'zining mohiyatini o'zi erkin tanlaydi, u o'zini hayotga qanday hozirlasa, shunday bo'lib qolaveradi. Inson — bu qandaydir tugallanmagan narsa, bu doimiy imkoniyat, loyiha. U kelajakka intiladi va o'zini oldindan uzluksiz rejalab boradi, o'z-o'zining chegarasidan chiqadi. U ixtiyoriy tarzda — «o'zini tanlaydi» va o'zini tanlashga to'la ma'suliyat his qiladi. Barcha ekzistentsialistlar erkinlikka alohida tayanadi, chunki ular erkinlik faqat insonga xos bo'libgina qolmasdan, balki uning yashashligini tashkil qiladi. Ular — inson erkinlik deb ta'kidlamoqdalar. Mana shu asosda ekzistentsialistlar o'zlarining erkinlik haqidagi ta'limotini o'z falsafasining gumanistik xarakterini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling